Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
23 
library.ziyonet.uz/ 
 
Tafakkur yoʻq, tahayyur olamigʻa.  
Desa zohir qilay ul ish rizosin,  
gʻanimat onglabon davlat asosin.  
Kelib yodigʻa Farhodi sitamkash,  
Hazin koʻngli boʻlur erdi mushavvash.  
Bu soʻz raddin qilurgʻa boʻlsa mashgʻul,  
Torilmay hech nav’i uzri ma’qul.  
Desa Xusravni oʻzdin kam emastur,  
Oʻzin tengsiz desa, ul ham emastur.  
Agar farzan, oʻzi boʻlsa rizomand,  
Boʻlurmu rozi ul shoʻxi shakarxandgʻ  
Agar kuch birla boʻlsa oy rizosi,  
Ne boʻlgʻay bu rizoning intihosigʻ  
Vagar qilsa ibo tarhini bunyod,  
gʻazanfardin yetar jayranga bedod
(4)
.  
Harif ermas yolingʻa hulla chandon,  
Ushotur shisha yuz ming boʻlsa sandon
(5)
.  
Bu ma’nida base aylab madoro  
Ki, yaxshi uzre etkay oshkoro.  
Taxayyul tuxmini yuz nav’ ekti,  
Ham oxir oyni ul roy ichra chekti  
Ki, gardundin bu ish voqe’ durur bil,  
Yamon gar yaxshisin ham fikrini qil.  
Eshitgach qissani huri Parizod,  
Qoʻyub tufrogʻ uza yuz, qildi faryod  
Ki: «Yey na’layning oʻrni qiblagohim!  
Harimi nazhating gʻamdin ranohim!  
Necha yetkay sanga mendin malolat,  
Necha kelgay manga ondin xijolat.  
Boshimgʻa tigʻi gʻam sursang ne boʻlgʻay,  
Bu soʻz deguncha oʻltursang ne boʻlgʻay.  
Meni hindudek otashgahgʻa boshla,  
Uzorim xolidek oʻt ichra tashla  
Ki, jismim boʻlsa ul oʻt ichra nobud,  
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.  
Malolimdin bari olam qutulsin,  
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.  
Manga Farhod ishqi tuhmati bas  
Ki, chehram koʻrmayin ul zoru bekas.  
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,  
Koʻnguldin nolai jonkoh tortib.  
Qulogʻi mustami’ boʻlmay soʻzumga,  
Koʻzi oylar oʻtub tushmay yuzumga.  
Togʻ ichra sel yangligʻ oqizib yosh,  
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.  
Xayolim birla koʻnglin qone’ aylab,  
Firoqim ichra umrin zoye’ aylab.  
Yuzumdin didai giryoni mahrum,  
Visolimdin balokash joni mahrum.  
Qolib men ham yiroq ul notavondin,  
Nechukkim mendin ul, men dogʻi ondin.  
Bu bizga holu yuz nav’ elda shuhrat,  
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav’ tuhmat.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling