Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 21 library.ziyonet.uz/ Yuz urgʻon mulkni axtormish erdi. Dedi bori oning ovozasidin. Sadoyi husni beandozasidin Ki, olam ichra jannat huri uldur, Quyosh yangligʻ jahon mashhuri uldur. Eshitgan birla Xusrav moyil erdi, Bular kelmak gʻarazgʻa hoyil erdi. Chu tush-tushdin bu soʻzlar boʻldi raydo, Havas bir yoʻli koʻnglin qildi shaydo. Burun qildi muni koʻngli aro jazm Ki, Arman sori filhol aylagay azm. Solib ul gulsiton sori guzarni, Kiyurgay qoʻlgʻa sarvi siymbarni (10) . Yana qildi taammul saltanatdin Ki, shahligʻdur munofi ul sifatdin. Buzurg Ummid edi yoru nadimi, Ulus donosiyu olam hakimi. Bilib ravshan samakdin to samo ul, Anga har mushkil ishda rahnamo ul. Ani xilvatda chorlab ochti rozin, Sumanbar ishqidin soʻzu gudozin. Chu qildi borcha sirrin oshkora, Tavaqqu’ ayladi ul ishga chora. Hakim ul nav’ muztar koʻrgach oni, Taammul aylabon mumtad zamoni Dedi: «Bok ermas, osondur bu tadbir, Mizojing tormayin bu ishda tagʻyir. Muayyan aylagil ravshan zamire, Risolat shevasida benazire. Ichi durri maoni birla rurjoʻsh, Sadaf yangligʻ va lekin ogʻzi xomush. Sadafdek chunki ogʻzin ochqay oxir, Hadis oʻrnigʻa gavhar sochqay oxir. Anga ham taqvo oʻlsun, ham asolat, Mihinbonugʻa yetkursun risolat. Saloming birla aylab oni e’zoz, Debon vuslat soʻzin qilsun sarafroz. Agarchi arzi johu rif’at etkay, Vale boshi bu soʻzdin koʻkka yetkay. Eshitmishmenki Bonu kordondur, Pari raykar dogʻi bisyordondur. Chu savdo torsalar bu nav’ mavjud, Ilikdin bermagaylar bu sifat sud. Yaqinkim, aylab ul ishdin mubohot, Yiborgaylar risolat noqilin bot. Javobu muddao torsoq muvofiq, Qiloli fikrin oning anga loyiq. Vagar xud ochsa uzr aytur sari qoʻl Ki, aslo aql xud bermas anga yoʻl. Sangakim borcha ishga dastrasdur Aning fikri dogʻi dushvor emasdur». Chu arz etti soʻzin donoyi davron, Risand etti borin doroyi davron. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling