Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
49 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu bazmi gʻussa ichra bodaraymoy,  
Boʻlur har lahza mundoq majlisoroy  
Kim, ul anduh bahrining nahangi,  
Balou dard togʻining palangi.  
Junun vodiysining Majnunnihodi,  
Ne Majnunkim, bu vodi devbodi.  
Malomat bodasining bahrnoʻshi,  
Mazallat togʻining majnunxurushi.  
Mashaqqat gʻori ichra ajdahovash,  
Malolat jomidin zahri balokash.  
Firogʻ oʻtigʻa otashgoh koʻngli,  
Yuz otashgahcha chekkon oh koʻngli.  
Jahonni dudi ohi tiyra qilgʻon,  
Murodi subhigʻa ul tun yorilgʻon.  
Falak bahrigʻa boʻlgʻon ashki hamdast,  
Umidi qasrin ul sel aylagan rast.  
Tosh otqonda balo koʻrgach, ani ur,  
Qilib ul tosh maqsudi koʻzin koʻr.  
Baloi hajr shomi dardnoki,  
Bu tunda ya’s zahrining haloki.  
Yegan joni falakdin tigʻi bedod,  
Balo afloki, furqat togʻi Farhod.  
Chu andoq hajri beroyongʻa qoldi,  
Ne hijron, dardi bedarmongʻa qoldi.  
Oʻtub kunduz bu yangligʻ roʻzgori,  
Sahardin tungʻacha afgʻonu zori.  
Chu boʻldi shom to subhi dilafroʻz,  
Ishi kunduzgacha yuz dard ila soʻz.  
Kishining boʻlsa har kun ming balosi,  
Qatiq ul nav’ emaskim tun balosi2.  
Anga bu hajr ayyomida bir shom,  
Savode yoydi mehnat zulfidin dom.  
Ne shom anduh mulkining savodi,  
Vale qilmay Xoʻtan iqlimi yodi.  
Savodi dudi olamgʻa yorib qiyr,  
Vale ul qiyr hajr ahligʻa damgir.  
Boʻlub ofoq aro zulmat saboti,  
Itib koʻkdin quyosh obi hayoti.  
Ziyo Iskandari holi tabahdin,  
Koʻrub navmid oʻzin bir Xizri rahdin.  
Sirehr oʻrtab jahoni benavoni,  
Kuli birla qaro aylab havoni.  
Dema kul, gʻam tuni sham’igʻa duda,  
Qarorib olam aylab oni suda.  
Qarongʻu mehr otashgohidin dud  
Valek ul dud qiyri zulmatandud.  
Kavokib sayr qilmoqdin muarro,  
Savobitdek taharrukdin mubarro.  
Falak yotib ayogʻ ilgin uzotib,  
Yeshak yangligʻ qaro balchiqqa botib.  
Oʻzin a’mo Koʻrub arbobi binish,  
Qaro bosqon kishidek ofarinish.  
Yeru suv qa’rin istab murgʻu mohi,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling