Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 48 library.ziyonet.uz/ Sahardin chiqqucha kun boʻyla holi, Gah oning, gah muning birla maqoli. Yoyilgʻoch kun yana har yon urub gom, Dame bir yerda yeldek tutmay orom. Dami oʻti shafaqning hamnabardi, Uchurgʻondek sabo shingarf gardi. Samumi ohidin olamgʻa oshub, Oʻtidin nilgun toramgʻa oshub. Ayogʻigʻa tikilgan har itik tosh, Ayogʻi orqasidin oʻtkarib bosh. Yetib koʻksiga urgʻon xorarora, Yetin yoʻqkim, soʻngakni rora-rora. Solib jismigʻa tigʻi ishqi bebok, Shikof uzra shikofu chok uza chok. Tongib dardigʻa charxi qaydrayvand, Kamand uzra kamandu band uza band. Chu gʻam dashtida majnunvor yigʻlab, Unidin murgʻu mohi zor yigʻlab. Boʻlub raydo urarda tigʻi motam, Teshuklar togʻ aro, bal raxnalar ham. Jarohatlarki solib xanjari oh, Tanida dard xayligʻa kamingoh. Qayadin tigʻi ohi rora eltib, Ne rora, yuz taroshi xora eltib. Topib vodiy aro har sathliq marz, Sirishki xaylidin har sori yuz darz. Dami dudi sharori koʻh to koʻh, Yasab abri balou barqi anduh. gʻirevi toshni rajmurda aylab, Figʻoni togʻni ozurda aylab. Koʻnguldinkim figʻon tinmay chiqorib, Salodin un chekargʻa togʻ horib. Icharga qon qilibon lolani jom, Vale koʻk jomikim boʻlgʻay shafaqfom. Tilab ul jom aro ham boda to lab, Dema bir, ham damodam, ham labolab. Aning bu bodasi xunobi anduh, Dema xunob, la’li nobi anduh. Ketur soqiy, qadah gardunni aylab. Anga mamlu mayi gulgunni aylab. Yoʻq ersa boda, quy zahri halohil, Hayotu hajr mushkil keldi, mushkil. XLIII Farhod roʻzgorining qaroligʻi, ya’ni hajr shomigʻa mubtaloligʻi va ul shom tuli nihoyatsizligʻikim adami iborat aning quyoshining ayni va subhining damidin boʻlgʻay va savodining gʻoyatsizligʻikim mavti kinoyat aning humumining qalbi va zulmatining etagidin boʻla olgʻay va mundoq tiyra tunda aning xasdek tanining kuymagikim, tutun ichra axgardin afsona aytur erdi va bu yangligʻ qattigʻ kechada teshukluk bagʻrining qongʻa boʻyalmogʻikim, xora ichinda yoquti ahmardin nishona koʻrguzur erdi va mundoq tunni sham’dek gudoz bila sahargʻa yetkurgani va charxdek taku toz bila kunduzga kelturgani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling