Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
17 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu dunyoda seni zor aylabon ul,  
Qiyomatda giriftor aylabon ul.  
Boʻlub dunyou dining jahldin hech,  
Kel etma jahlu mundoq jahldin kech.  
Ushotib butni, imon ganji torqil,  
Qoʻyub bu jahl, irfon ganji torqil.  
Chu but sindiyu kufrung yelga berding,  
Musulmon boʻldung ar xud kofir erding.  
Qoʻyub vayronalarda telbalikni,  
Yana bir ganj sori sun ilikni.  
Yana bir konni qazmogʻliqqa mayl et,  
Qazib ahbob aro naqdin tufayl et.  
Bu kon qazmoqni ulkim qildi resha,  
Kerak xorofikan ilgida tesha.  
Sanga bu teshavarlik boʻlsa matlub,  
Erur Farhod hamsuhbatligʻi xoʻb.  
Bu kon ishqida teshang xorarez et,  
Ani Farhod toshi birla tez et.  
QOʻpub Farhod birla hammasof oʻl,  
Itik metin bila xoroshikof oʻl.  
Bu ishda ne tayan bir lahza, ne tin,  
Yetur metinining oʻrnigʻa metin.  
Agar Farhod oʻldi koʻp chekib ranj,  
Sanga Haq bergay oʻlmasdin burun ganj.  
Navo topib bu yangligʻ ganjdin ham,  
Xalos oʻlgʻaysen andoq ranjdin ham.  
Hazin Farhod shugʻlin ayla shirin  
Ki, torqaysen nigore oʻyla Shirin  
Ki, ul Shiringʻa bu yondoshsa bir dam  
Aning shirinligʻidin kelmagay kam.  
Boʻlub ul ganj surat dilfiribing,  
Yetib ham ganji ma’nidin nasibing.  
Qayu ganj, ulki olding beshidin bir,  
Ikinchisin olurgʻa ayla tadbir
(8)
.  
Erur sendin talab, bizdin hidoyat,  
Gadoligʻ sendinu bizdin inoyat.  
Chu hotifdin
(9)
 yetishti bu navidim,  
Oʻzumdin oʻzga nav’ oʻldi umidim,  
Qoʻyub vasvosu savdolarni bir yon,  
Yetishtim pir
(10)
 dargohigʻa giryon.  
Tushub turrogʻ ichiga zoru mahjur,  
Koʻzum chun torti ul turrogʻdin nur.  
Sirehr ollinda andoqkim ovuch xok,  
Va yoxud toʻbi atrofida xoshok.  
Demakka arzi holimni uyolib,  
Shukuhi jismima titratma solib.  
Koʻrub turrogʻda ul mehri jahontob,  
Meni titratmadin andoqki simob.  
Kulub chun subh mehr izhor qildi,  
gʻamim shomini subhosor qildi.  
Dedi: holing nedur, sharh ayla bir-bir.  
Chu soʻrdi daf’a-daf’a tushti taqrir.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling