Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
61 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yengim gulbargidin boʻlgʻonda mahzun,  
Yuzung gul-gul qilurmu ashki gulgungʻ  
Qilib xolim gʻami koʻnglungga kinlar,  
Qoʻnarmu ul yarang uzra chibinlargʻ  
Yuzum hajrida toʻksa koʻzlaring suv,  
Quyosh ruxsorigʻa boqqung kelurmugʻ  
Koʻzung la’lim gʻamidin toʻksa qon yosh,  
Boʻlurmu la’l ul qon birla har toshgʻ  
Tiling qilsa hadisimdin rivoyat,  
Oʻzung birla qilursenmu hikoyatgʻ  
Tishim yodida koʻnglung cheksa nola,  
Yoshingni sovuq oh aylarmu jolagʻ  
Zamiring qilsa ogʻzimni tavahhum,  
Adam yoʻlida aylarmu oʻzin Kimgʻ  
Zanaxdonim bila zulfi girihgir,  
Hazin koʻnglungga erkin chohu zanjirgʻ  
Qarogʻim durri ashking qilsa kavkab,  
Boʻlurmu koʻzlaring durdin labo-labgʻ  
Qadim hijroni boʻlsa kinaxohing,  
Chiqormu sarv yangligʻ dudi ohinggʻ  
Xayol etsang xiromimdin shamoyil,  
Ravoning chiqqali boʻlurmu moyilgʻ  
Belimdin za’f boʻlsa koʻnglunga hol,  
Boʻlurmu moʻyadin moʻ, noladin nolgʻ  
Tanim siymi ichingni qilsa mahzun,  
Boʻlur erkin yuzung ul gʻamdin oltungʻ  
Maqoming togʻ yo sahromu erkin,  
Yoningda bistaring xoromu erkingʻ  
Humoyi ishrating ma’dum ekinmu,  
Boshinggʻa soya solgʻon bum ekinmugʻ  
Kiyik erkin yururda rahnamoying,  
Qulon erkin samandi bodroyinggʻ  
Sharafdin boʻlgʻon ermishsen Sulaymon,  
Mening birla unutma ahdu paymon!
(4)
  
Vuhush ermish sening ollingda xodim,  
Sibo’ ermish tobugʻingda mulozim.  
Bahoyim tobii farmoning ermish,  
Janohi tayr shodurvoning ermish.  
Chu sen torting Sulaymonliq maqomin,  
Demon qil manga Bilqis ehtiromin
(5)
.  
Agar Bilqisdek yoru azizing  
Boʻla olmon, ham oʻlgʻaymen kanizing.  
Bir ish Bilqisliqqa boʻlsa mone’,  
Sulaymongʻa Pari ham keldi tobe’.  
Agar Bilqis boʻlmoq yoʻqsa haddim,  
Pariliqdin xud oʻlmas qilsa raddim.  
Ne boʻlgʻay erdi charxi zulmresha,  
Meni sendin judo qilmay hamesha.  
Xiroming chogʻi yoʻldosh oʻlsam erdi,  
Sukuning vaqti qoʻldosh oʻlsam erdi.  
Quyosh yangligʻ boʻlub kunduz qarining,  
Boʻlub tun soya yangligʻ hamnishining.  
Tikon kirsa kafinggʻa kinasidin,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling