Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 59 library.ziyonet.uz/ Eshitgach boʻyla soʻz sham’i Tirozi, Kuyub, zohir boʻlub ashki niyozi. Dedi: «K-ey misli yoʻq ustodi naqqosh, Demay naqqoshkim, yoru qarindosh. Ne der boʻlsang oʻzungni tutma ma’zur». Ravon bunyod qildi xasta Shorur. Ishin Farhodning andoqki bildi, Borin Shirin qoshida arz qildi. Anga tegruki holi ul tirikdur, Vale hajringda holi bas irikdur. Borur erdim anga zoru jigarxor, Dedim avval seni aylay xabardor. Agar mahvashqa yoʻl tormay maloli, Iki-uch nukta yozsa sharhi holi. Borib ollinda moʻjiz koʻrguzurmen Ki, oʻlgan boʻlsa dogʻi tirguzurmen. Pari raykar dedi, jonimgʻa minnat, Ravon qoʻrtiyu qildi azmi xilvat. Bitidi dard ila bir turfa maktub, Demay har satrikim, har lafzi margʻub. Chiqib Shorurgʻa torshurdi filhol, Ul olib yoʻl sori gom urdi filhol. Qilib yoʻl qat’ini eldin nihoni, Angachakim eshitmish erdi oni. Yetishti ul saharkim, shomi Farhod Tong otquncha qilib jonigʻa bedod. Borib erdi oʻzidin zoru mahjur Ki, yetti qoshigʻa farzona Shorur. Qilib ram tegrasidin vahsh ila tayr, Borib qoshigʻa ul rayki sabuksayr. Koʻrub andoqki oni koʻrmasun koʻz, Ne jismi ichra jon, ne ogʻzida soʻz. Chekib afgʻon olib qoʻynigʻa boshin, Yuziga ul sifat yogʻdurdi yoshin Ki, ul yangligʻ gulob urgʻoch yuziga, Ochib bedil koʻzin, keldi oʻziga. Chu ul koʻrdi muni, bu koʻrdi oni, Ikovlon tortibon muhlik navoni. Solibon bir-birining boʻynigʻa qoʻl, Anga gah bu, munga gah yigʻladi ul. Chekib andoq bu oshub imtidodi Ki, qon yigʻlab alargʻa togʻu vodi. Ayogʻin oʻrti Shoruri gʻamandud, Chiqordi qoʻynidin maktubi maqsud. Olib Farhod chunkim ochti noma, Tani za’f ayladi andoqki xoma. Oʻqumoq boshlagʻoch ul zori mahzun, Bu erdi noma alfozigʻa mazmun. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling