Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
48 
library.ziyonet.uz/ 
 
Shajar gar boʻlmasa tovus bogʻi,  
Nedin tovusdek boʻldi ayogʻigʻ  
Magar onglab oʻziga uyqu chogʻin.  
Rari ichra oʻgʻurlab bir ayogʻin.  
Qilib noranj oltundin ayon ganj,  
Libos aylab oʻziga bargi noranj
(4)
.  
Uyotdin ishqrechon bargi rechon,  
Chiqib har shox uza yuz ishqrechon.  
Yashil safha chamanning margʻzori,  
Kumush jadvaldek oning joʻybori.  
Samar suvlar boʻlub oyinaohang,  
Oʻlang aylab ayon ul koʻzguda zang.  
Yoʻq, ul suv bogʻning ruxsori ongla,  
Anga sabza xati zangori ongla.  
Bu fasl ichraki zebi olam oʻldi,  
Bori ofoq sabzu xurram oʻldi.  
Qilib ul gulshani miyno sori azm,  
Tuzub ul sabzai ra’no uza bazm.  
Falakvash qasri axzar ichra maynoʻsh  
Ki, aylab charxi axzarni faromoʻsh.  
Qilib Farhodu xoqon hulla chini,  
Boʻlub Chin taxtining masnadnishini.  
Yashil toʻn ichra har yon siymbarlar,  
Yashil barg ichra andoqkim shajarlar.  
Qizil rohu yashil chini riyola,  
Nechukkim sabza sahni ichra lola.  
Mayi gulrang chini sogʻar ichra,  
Shafaq andoqki charxi axzar ichra.  
Ayoqchiliq etib har sori oyin,  
Achigʻ may tutqali bir sabzi shirin.  
Boʻlub may shirasidin otashangez,  
Berib ul oʻtqa taskin qursi kashnez.  
Taom ichra takalluflargʻa dastur,  
Ham andoqkim burunroq boʻldi mazkur.  
Boʻlub ham qasri miyno ichra uch oy,  
Nishotu aysh birla bodaraymoy.  
Chu qildi kahrabogun mehri gardun,  
Yigʻochlar bargi rangin kahrabogun.  
Yetishti kahrabogun qasr chogʻi.  
Ochildi kahrabogun qasr bogʻi.  
Shajar yafrogʻi boʻldi kahrabodek,  
Demakim kahrabo, mehri samodek.  
Bu nav’ oʻt sori boʻlgʻoch yel guzori,  
Sochib har sori gulrezi chinori.  
Chinorekim ichiga oʻt tutoshib,  
Ul oʻtning shu’lasi bargidin oshib.  
Sabo qilgʻoch suv ichra zar fishonligʻ,  
Suning tigʻini aylab zar nishonligʻ
(5)
.  
Uchub barg oʻtidin har yon sharora,  
Nechukkim zarvaraqdin rora-rora.  
Sarigʻ yafrogʻ uzakim oʻlturub zogʻ,  
Boʻlub andogʻki sorigʻ lolada dogʻ.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling