Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 46 library.ziyonet.uz/ [XVII] Bahor nasimi nafas bila lola oʻtin yorutub, gʻuncha rardasin ochqonda, balki lolau gul yafrogʻlarin chaman gulruxlari boshigʻa sochqonda xoqon Farhod bila gulnoriy qasr mayli qilib, gulgun may oʻti bila bazm ravshan etib; chaman rayohindin xoli boʻlub, ashjor xizrvash yafrogʻlar bila sirehri axzardin namuna boʻlgʻonda rayhoniy qasrda tarab bargin tuzotib, rohi rayhoniy ichib; daraxt yashil kisvatin za’faroniy hullalarga badal qilgʻonda za’faroniy qasrda oltun sogʻargʻa asfar may toʻkub; day tojiri bogʻ libosin kofurkirdor qilib, balki togʻu sahrogʻa kofurbor boʻlgʻonda qasri kofuriy aro billurgun qadah ichra kofuriymizoj may noʻsh etib, har hadiqada uch oy nishot qilib, bir yilni bu nav’ tarab bila oʻtkarib xoqon Farhodning mizojigʻa iloj qila olmogʻoni Hamal tahvili etkach mehri gulchehr, Ochar yuz gul zamona koʻrgach ul mehr. Qilur mashshotai sun’ oshkoro, Arusi dahrning husnigʻa oro. Qilur tun birla zulfu kun bila eng, Yetar lekin boʻyi birla sochin teng (1) . Rutubat yetkurub har sori yogʻin, Tar aylab qatradin gullar dimogʻin. Bulut aylab rutubat ul sifat fosh Ki, nargis urkudar solib quyi bosh. Koʻrub nargisda mundoq turfa uyqu, Qizortur gʻunchani har lahza kulgu. Tilar chun gʻuncha shakkar xanda qilmoq, Topar ul kulgudin gul-gul ochilmoq. Bulutkim gʻuncha uzra jola otib, Hamono kulgusidin bagʻri qotib. Munikim gʻuncha tinmas kulgusidin, Muhaqqaq bilma nargis uyqusidin. Ochar nargis muza’far tosi chandon, Boʻlur ul za’farondin gʻuncha xandon. Agar xud noʻsh qilmas gʻuncha oni, Nedin bas komin aylar za’faronigʻ Hamonokim emastur za’faron ul Kim, aylar xurda ogʻzida nihon ul, Chun aylar xurda yigʻmogʻliqqa ohang, Tutar bu xurdadin dahr oni diltang. Hamono xurda toʻkmakka nigundur, Belida yoʻqsa oning ne tugundurgʻ Chekar bogʻ ichra bulbul oncha afgʻon, Ki, afgʻoni qilur gul bagʻrini qon. Va yo gul koʻrguzur bir raykar ondin, Qizil har bargi bir oʻtluq rar ondin. Chu bulbuldin boʻlur raykorguzin gul, Bu ma’ni birla derlar otashin gul. Qachon yel qilsa har bargini rora, Uchar har sori ul oʻtdin sharora. Boʻlur gulshan harimi sarbasar gul, Latofat ichra bir gulshancha har gul. Nasimi subh oʻlur bogʻ ichra gulbor, Boʻlur bogʻ otashin gul birla gulnor (2) . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling