Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
54 
library.ziyonet.uz/ 
 
Xijolat zohir aylar sargaronliq.  
Tabiat serti chun mushk uzra kofur,  
Yana kofur mushk oʻlmoq ne maqdurgʻ!  
Saqol oqi oʻlumga reshravdur,  
Tiriklik sabzasi uzra qiravdur.  
Ani uzmak yigit boʻlmoq gʻamida,  
Saqol yulmoq durur oʻz motamida.  
Iki-uchni yulub yuz aylagan resh,  
Topar besh-olti kundin soʻng oʻn-oʻn besh.  
Birovkim rang etarga qilsa ohang,  
Boʻlur chun necha kun oʻtti necha rang.  
Koʻrub ul rangrezlik ishlarini,  
Tarogʻ kulmakka ochib tishlarini.  
Tarogʻ gar kulsa oncha sa’b emas hol,  
Balo ul lahzadurkim kulsa atfol.  
gʻarazkim makru hiylat birla qori,  
Yona olmas yigitlik koʻyi sori.  
Yigitlik ayshi bisyor oʻldi bisyor,  
Qarilik ranji dushvor oʻldi dushvor.  
Mangakim boʻyla dushvor ish tushubtur,  
Ishim dushvorliqqa yovushubtur.  
Agarchi umrdindur shikva chogʻi,  
Qayu shikva, qilurmen shukr dogʻi  
Ki, Haqkim andin oʻldi har hidoyat,  
Manga qildi hidoyat benihoyat.  
Yigitliq ondakim arzoni etti,  
Xitou Chin elining xoni etti.  
Qarilik koʻyiga solgʻoch xiromim,  
Seni qilmish mening qoyim maqomim.  
Jahon shomida gar bir oy kamdur,  
Quyosh chunkim tulu’ aylar ne gʻamdur.  
Chinor ar bogʻdin kam qilsa soya,  
Ne gʻam chun chiqti sarvi sidraroya.  
Ne bok ar beshadin chiqqay hizabre,  
Chu boʻlgʻay oʻrnida gʻurranda babre.  
Atokim sen kibi farzandi boʻlgʻay,  
Hayoti naxlining rayvandi boʻlgʻay.  
Oʻlum vaqti yetishgach gʻam yeqaymu,  
Agarchi oʻlsa ham oʻldum degaymugʻ  
Chu yoʻqtur e’timodi umr ishiga,  
Qachon oʻlmoq yaqin ermas kishigagʻ  
Yigit istar qariliqning navidi,  
Qarigʻa yoʻq yigit boʻlmoq umidi.  
Qariliq dardi bedarmondur oxir,  
Bir ish koʻnglumda koʻp armondur oxir  
Ki, oʻlmasdin burun ochib koʻzumni,  
Sarir uzra yigit koʻrsam oʻzumni  
Ki, ya’ni toju taxtu saltanat ham,  
Sirohu mulku molu mamlakat ham.  
Bori boʻlsa sening birla muzayyan,  
Seni oʻz oʻrnuma qilsam muayyan.  
Sanga tutsam musallam rodsholiq,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling