Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
53 
library.ziyonet.uz/ 
 
Boʻlur tadrij birla tab’i mu’tod.  
Bu ishning lazzatin chun torti komi,  
Boʻlur har lahza koʻrrak ehtimomi.  
Bu ra’yi birla xoqon xushdil oʻldi  
Ki, ya’ni borcha komi hosil oʻldi.  
Torildi ishga chun bu nav’i taqrib,  
Ravon shohona jashne qildi tartib.  
Tilab arkoni davlatning tamomin,  
Qilib hozir eshikning xosu omin.  
Berib shahzodagʻa yonida manzil,  
Soʻz ogʻoz etti oson, lek mushkil  
Ki, chun Haq aylabon zohir hidoyat,  
Manga qildi jahonbonligʻ inoyat.  
Xitou Chingʻa berdi komronligʻ,  
Qayon azm aylasam kishvarsitonligʻ.  
Tajammul haddi imkondin fuzunroq,  
Nekim qilsam Kimon ondin fuzunroq.  
Ne komekim taxayyul ichra sigʻmay,  
Ne ayshekim taaqqul oni yigʻmay.  
Borigʻa qildi koʻnglumni barumand,  
Karomat qildi borin gʻayri farzand.  
Bukim mulkumga yoʻq erdi valiahd,  
Ogʻu ta’mi bErur erdi yesam shahd.  
Bu gʻamdin muttasil rajmurda erdim,  
Hayotim bogʻidin ozurda erdim.  
Chu yigʻlab yerga koʻp qoʻydum yuzumni,  
Yorutti Haq sening birla koʻzumni.  
Bihamdillah, nekim qildim tamanno,  
Borin iqboldin tortim muhayyo.  
Bu kun yuz shukrkim qildi Oʻgʻonim,  
Seni ming onchakim boʻlgʻay Kimonim.  
Chu Haq zotingni koni ma’ni etmish,  
Xaloyiq vasfidin mustagʻni etmish.  
Ne ishtin boʻlsa shahligʻ e’tibori,  
Bukun mavjud erur zotingda bori.  
Falak rili sahardin cheksa xartum,  
Qoshingda rashsha xartumicha ma’lum.  
Ulumung bahridin olsoq hisobi,  
Atorud shaklidur andin hubobi.  
Zamiring vasfi mustahsan emastur,  
Quyosh ravshan demak ahsan emastur.  
Seni dono demak yoxud xiradmand,  
Demakdurkim achigʻ maydur, chuchuk – qand.  
Bukun andinki bor Haqning qazosi,  
Kuhulat birla shayxuxat arosi.  
Yoshim ellik bavodisin tay etmish,  
Ne ellik, oltmish haddigʻa yetmish.  
Ishimga dam-badam qilsam taaqqul,  
Erur holimgʻa kun-kundin tanazzul.  
Qariliq aybini yoshursa boʻlmas,  
Borur chogʻ boʻldi, boqib tursa boʻlmas.  
Havas boʻlsa qarigʻa navjavonliq  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling