Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
61 
library.ziyonet.uz/ 
 
Nekim boʻlmish azaldin sarnavishti,  
Ani to koʻrmagay imkon emastur,  
Xirad ollinda bu rinhon emastur.  
Agar shoh, ar gadodur odamizod,  
Emas boʻyni qazo hukmidin ozod.  
Yozilgʻon nuktani tagʻyir qilmoq,  
Erur suv uzra xat tahrir qilmoq.  
Qazo kilki ne xatkim qildi mastur,  
Emas hargiz ani tagʻyiri dastur.  
Zamonning bori ishda zufununi,  
Erur gardun fununining zabuni.  
Kishining yer yuziga hukmi yetsun,  
Qazoyi osmoni yetsa, netsungʻ  
Xaloyiq ajzidinkim nuktaronmen,  
Bulardin men dogʻi bir notavonmen.  
Nekim ollimgʻa yozmish kilki taqdir,  
Manga yoʻqtur ani koʻrmakka tadbir.  
Azalda bu emish Haqning qazosi,  
Mening ollimgʻa bu ish ibtilosi.  
Aningkim koʻngli tormish aqldin nur.  
Kerak tutsa meni bu ishda ma’zur.  
Bukun ollimgʻa tushmish turfa holat,  
Agarchi elga bor andin malolat,  
Mening hech anda yoʻqtur ixtiyorim  
Ki, ollimgʻa yozibtur Kirdigorim.  
Bilurmen mushkul ishdur asru, lekin  
Qila olmon qazo oʻtini sokin.  
Kerakkim aylasang Xoqongʻa taqrir,  
Mening ollimgʻa kelturganni taqdir.  
Atoliq haqqi chun bordur apoda,  
Ijozat istaram bu mojapoda.  
Dagʻi yoʻlumgʻa himmat zod qilsun,  
Va gah-gohi duoda yod qilsun.  
Aning himmat bila gar boʻlsa yodi,  
Shak ermas tormogʻim bu ish kushodi.  
Ijozat bermasa Tengri tonuqdur,  
Haq ollinda bu asrorim ochuqdur  
Ki, besomon boʻlub bechoraliqdin,  
Guzirim yoʻqturur ovoraliqdin.  
Olib boshim, demay obod ila choʻl,  
Hamul maqsad sori tutqum durur yoʻl.  
Yoʻlumda devdur, gar ajdahodur,  
Tilism ichra agar yuz ming balodur,  
Yumub borcha tahoshidin koʻzumni,  
Ul ofatlargʻa urgʻumdur oʻzumni.  
Ishim chun man’ koʻyidin yiroqdur,  
Ijozat boʻlsa shahdin yaxshiroqdur».  
Bu muhlik ruq’a chun irod qildi,  
Yana muhlik qasam ham yod qildi  
Ki: «Yoʻl tormas bu maqsudimgʻa tagʻyir,  
Sen emdi sa’y etarda qilma taqsir».  
Chu Mulkoro eshitti bu fasona,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling