Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 64 library.ziyonet.uz/ Ki, Yunon mulkiga qilgʻay azimat. Tariqi azm koʻsin urdi filhol, Cherik jam’iga el chorturdi filhol. Sirah oz chogʻda, mulku kishvaridin Yetishti daf’a-daf’a har saridin. Yigʻildi bir cherikkim bu kuhan dayr, Aningdek koʻrmamish tokim qilur sayr. Sirah daryosi ichra joʻsh tushti Ki, mavji charx bahrigʻa yovushti. Tikildi oʻrduyikim koʻrmamish koʻz, Xazu iksunu atlas, onchakim boʻz. Har oq uy charxi gardun korgohi, Yana garduncha oning borgohi. Duchoʻba uchi bu feruza xirgoh, Aning ikki koʻmochi mehr ila moh. Qozuq siyminu zarrinkim qoqilgʻon, Kavokibdek sirehr uzra choqilgʻon. Chekib xarrushta gʻoyatdin fuzunroq, Sarorarda nihoyatdin fuzunroq. Oʻn ikki royaligʻ bir taxti oliy, Oʻn ikki burj anga gardun misoli. Vale har burjin oning Nasri Toyir Tay etmay boʻlsa gar yuz qarn soyir, Boʻlub har royadin zarkash tanobi, Falak qutrini qat’ etkan shihobi. Kelib har borgah ayvoni Jamshed, Muzahhab har gul anda rashki xurshed. Kelib anjum adadligʻ borgohi, Vale moʻru malax yangligʻ sirohi. Bu yangligʻ yer koʻtarmas xayl birla, Bori olamni tutqon sel birla. Azimat qildi Yunon mulki sori, Sirohi ishqdek jon mulki sori. Cherik oyini boʻldi sarbasar koʻch, Yurush boʻldi muqarrar koʻch-barkoʻch. Iki kun turmayin bir yerda mahmil, Azimat aylabon manzil-bamanzil. Qayon ul azmdin ovoza borib, Eshitkan xalq hushi oza borib. Yetib har mulk fathining navidi, Kelib har qal’a quflining kalidi. Necha manzilda bir kishvar boʻlub fath, Dema kishvarki, bahru bar boʻlub fath. Necha oy qat’ etib sahrovu vodi, Koʻrundi kishvari Yunon savodi. Chu ogah boʻldilar ul mulk aro xayl Ki, xoqon xayli ul yon aylamish mayl. Kelibon oʻtru ashrofu raoyo, Chekib maqduricha har kim hadoyo. Boʻlub hikmat eliga aysh vorid, Sharaf burjigʻa yetgandek Atorid. Bori davlat bila iqbol monand, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling