Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 66 library.ziyonet.uz/ Boʻlub shahzoda koʻngli shodmona. Rikob ahli ravoni chektilar ot, Ato birla oʻgʻul otlandilar bot. Boʻlub ul hikmat ahli borcha hamroh, Alardin nuktajoʻ shahzodau shoh. Koʻrundi dasht aro bir qulla rora, Hakim onda nihon boʻlgʻon magʻora. Tushub markablaridin borcha nokom, Yayoq ul gʻor sori urdilar gom. Biri ul hikmat ahlidin nihoni, Kirib gʻor ichra ogah qildi oni Ki, hamrahligʻ etib iqboli jovid, Atorud sori kelmish oyu xurshed (4) . Suhaylo chun eshitti ul iborat, Alar ihzorigʻa qildi ishorat. Adab birla kirib shahzodau shoh, QOʻpub oʻz oʻrnidin donoi ogoh. Koʻrushti ikkisi birla kulub shod, Alar ham oʻrtilar ilgin boʻlub shod. Hakim oʻlturdi mushkil qilgʻali hal, Alarning ikkisin oʻlturtub avval. Surub yoʻl ranjidin shahlarni bir-bir, Kelur kayfiyatidin soʻrdi taqrir Ki, qat’ etmakda bu yangligʻ uzun yoʻl, gʻarazni onglatingkim qaysidur ul. Dedi shah sarbasar shahzoda holin, Boshigʻa koʻzgudin tushgan xayolin. Hakimi nuktadon chun bildi holat, Ham oʻldi shodu ham torti malolat. Quchub shahzodani koʻnglin qilib shod, Dedi: «Sen, senki oting keldi Farhod». Suhaylo chun otin tahqiq qildi, Nekim ul soʻrdi, bu tasdiq qildi. Oʻpub mongloyini donoyi ogoh, Sujud aylab, dedi: «Alhamdulilloh Ki, oncha oʻlmadimkim, charxi gʻammoz Meni bu komima qildi sarafroz. Necha yuz yil durur gʻor ichradurmen, Necha yuz ranju timor ichradurmen. Manga Jomosrdin erdi bu e’lom, Oʻzidin soʻngki yozmish erdi ahkom (5) Ki, mendin soʻngra garduni sabukray Chu ming yil aylasa yer davrasin tay. Chiqib shahzodaye Chin kishvaridin, Kelib Yunongʻa davlat rahbaridin, Oti Farhodu har donishda mohir, Saodat farri ruxsorinda zohir, Tutub ranju anogʻa jonu jismin, Ochar Iskandari Rumiy tilismin Va lekin ikki manzil boʻlgʻusidur, Ki oning qat’i mushkil boʻlgʻusidur. Birida ajdar aylab jonsitonligʻ, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling