Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 74 library.ziyonet.uz/ Qilib boʻynigʻa qalqonni hamoyil. Tuzotti razm uchun bori shamoyil. Tutub ul devraykar uzra orom, Qoʻyubon Ahraman vodisigʻa gom. Yana xoqon chekib gardungʻa ohin, Falakdin oʻtkarib gardi sirohin. Ovuchlab Ahraman qoʻrqunchidin jon Va lekin jondin ul holatda ranjon. Oʻzin xud solibon ul yoʻlgʻa nokom, Sirohi ham urub nokomdin gom. Surub Farhod elidin ilgariroq, Kirib urgʻon sori gom ichkariroq. Koʻrunub xayligʻa gohi qarosi, Ochugʻ yorim yigʻoch chogʻliq arosi. Bu yangligʻ yoʻl kesar erdi shitobon, Dam urmay qat’ etar erdi biyobon Ki, boʻldi ollida bir besha raydo, Xiradgʻa vaz’idin andesha raydo. Ne besha Ahraman boʻstonu bogʻi, Aning ne uchi raydo, ne qirogʻi. Yigʻochi ostida koʻk sabzalar fosh, Vale koʻk sabzasidin oʻtkarib bosh. Koʻhan ashjor har yon boqsa yuz ming, Oʻtub boshi falakdin har birining. Yetib haykallari raydo mahobat, Qilib yafroqlari zohir gʻarobat. Rayoray devlox oning jiboli, Sarosar devbod oning shamoli. Boʻlub har bargi bir mir’oti vasvos, Tuta olmay xirad oʻz hushini ros. Ichinda jonvar boshdin-ayoq dev, Boʻlub har shakl birla koʻrguzub rev. Qilib har rud suyining sadosi, Ayon yuz gʻulu shayton mojarosi. Mahobat fartidin rudida har tosh, Degaysenkim yotibdur bir kesuk bosh. Hubobi gunbazi aql uyiga zid, Nechunkim gunbazi charxi musha’bid. Suyining mavji savdoning xututi, Chekib hush uzra xat oning xututi. Osilgʻon barg shoxi xizrvashdin, Yozilgʻon anda ta’viz obkashdin. Agar qilsa guzar ul sori oma, Bori sargashtalikka girdnoma. Ichi kuygan yigʻoch kovoki ochuq, Boʻlub gʻulu shayotingʻa alochuq. Xirad boshin evurub devloxi, Quruq shox anda har bir dev shoxi. Bosib maxlas yoʻlin tufrogʻi oning, Chiqib har sori ming soʻqmogʻi oning. Vale bu turfaroqkim aqli ogoh Boʻlub har sori ming yoʻl ichra Kimroh. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling