Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 70 library.ziyonet.uz/ Hamul oʻt dudi yangligʻ rechu tobi. Damidin shu’la sekrib pora-pora Ki, ondin olam oʻrtab har sharora. Tutun yangligʻ dami abri kasofat, Shararlar anda har bir barqi ofat. Tani ranju baloning koʻhsori Va lekin ogʻzi ul koʻhsor gʻori. Oʻtu rechida dud ul gʻor ichinda, Aningdekkim, oʻzi koʻhsor ichinda. Uzolgʻon togʻdek andomi oning, Vale yoʻq seldek oromi oning. Oʻzi xud togʻu tumshugʻdek anga bosh, Vale tumshugʻkim ul boʻlgʻay qaro tosh. Boʻlub ikki koʻzi nazzora chogʻi, Nechukkim naftning oʻtlugʻ bulogʻi (1) . Teshuklar burnida vahshat tanuri, Tanuri yoʻqki, naft oʻtigʻa moʻri. Ne oʻtkim ogʻzidin tortib zabona, Boʻlub nafti yorutqondin nishona, Falakraykar tani koʻhi baloye, Qoʻlu but har biri bir ajdahoye. Ajal sarranjasidek toʻrt ranja, BErurdek yetti gardungʻa shikanja. Boʻlub har ranjaning tirnogʻi besh dos Ki, hiddat ichra har dos oʻlgʻay olmos. Kelib xokistari a’zosi rangi, Kemurdek nuqtalar birla ralangi. Chiqorib quyrugʻin gardungʻa har dam, Aningdek berk urub homungʻa har dam Ki, tiyra aylabon olamni gardi, Boʻlub kuhli sirehri lojuvardi. Bu hay’at birla chiqti gʻordin tez, Tishi xunrezu ogʻzi otashangez. Koʻzi tushkan zamon shahzoda sori, gʻazabdan qolmayin sabru qarori. Yuz urdi ul sori andogʻ gʻazabnok Ki, jon qasdigʻa ajdarhoyi aflok. Ochib ogʻzin balo darvozasidek, Tomugʻ otashgahi andozasidek. Dami oʻt sochmoq etti oshkoro Ki, avval tu’masin qilgʻay muharro. Chu rishti aylagay bir luqmai xom, Berib oʻz luqmagohi ichra orom. Muni tuz totmoq onglab ishtahosi, Keyin, qolgʻon cherik boʻlgʻay gʻizosi. Chu oʻtdin yoʻq edi shahzodagʻa bim, Hamul yangligʻki tormish erdi ta’lim. Oʻti chun boʻlmadi ul dam asarliq, Anga boʻldi fuzun shoʻridasarliq. Ochib ogʻzin yutargʻa ayladi xez, Qilib Haq yodini shahzoda ham tez. Chekib qavsi quzahni bedarangi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling