Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 78 library.ziyonet.uz/ Tushurdi qasr davrida cherigin, Ochib ul qasrning oliy eshigin. Atosi birla dasturi kiromi, Uchovning qasr aro boʻldi xiromi. Xazoyinni ikovga qildi taslim, Qilib xotam hadisin dogʻi tafhim. Yana yetti alargʻa shodmonliq, May istab zohir oʻldi komronliq. Hamul shohona bazmi ishratanjom, Tuzuldi ul sifatkim burnogʻi shom. Chu gardun Rustami xur tigʻin oldi, Zamon oq devining boʻynigʻa soldi. Halok aylab ani holi tabohi, Jahonni tiyra qildi dudi ohi. Alargʻa ayshu ishrat erdi boqiy, Boʻlubon jilvagar gulchehra soqiy. Labolab Ahraman boshi kibi jom, Tutub aylarlar erdi boda oshom. Kel, ey soqiy, manga may qil havola, Yetibon Ahraman boshin riyola Ki, qilgʻay ul qadahdin ruhi mastim, Zamone nafs devin zerdastim. XXIV Farhodning Suqrot togʻi tilismin ochargʻa kamar bogʻlab hayvonvash chashma tegrasidagi margʻzori axzarda Xizr muloqotidin sarsabz boʻlgʻoni va Xizr anga Xizri rah boʻlub gʻam zulumotidin chiqorib, hayot suyidek ta’limlar bila toza hayot bergoni va gʻam tilismi aning koʻnglidin ochilgʻonidek aning tilismi gʻamidin koʻngli ochilgʻoni va Xizrning jismi tilismida ravshan koʻnglidek tilism jismida jomi jahonnamoy torqoni va ul jomgʻa Xizr suyidek may solib Sikandar yodi bila noʻsh etgoni Chu zulmat ra’yati boʻldi nigunsor, Quyosh Iskandari koʻrguzdi ruxsor. Bezaldi gunbazi axzar tilismi, Tamom andoqki Iskandar tilismi. Yana Farhod kiydi ish libosin, Boshida toza aylab muddaosin. Atosining ayogʻigʻa dajamvor Tushub, aylab oʻzin tufroqqa hamvor. Tilab himmat, duo birla qurub tez, Jahonraymosi uzra ayladi xez. Yana ish azmigʻa boʻldi ravona, Oʻqub xotam duosin bexudona. Radid oʻldi falakdek margʻzore, Quyosh yangligʻ ichinda chashmasore (1) . Zuloliy chashmai hayvon masallik, Boʻlub har qatra andin jon masallik. Qirogʻinda daraxti koʻkka hambar, Bu hayvon suyi, ul — Xizri rayambar. Yetib Farhod anda boʻldi xurram, Yigʻochqa bogʻlabon raxshini mahkam. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling