Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 76 library.ziyonet.uz/ Uchida berkitib bir koʻhrora, Boʻlubon dastasi oning minora. Chekib boshigʻa bu andozaliq gurz Ki, gar ul teksa, tufrogʻ oʻlgʻay Alburz. Aningdek urdi yuz shahzoda sori Ki, sarsar savsani ozoda sori. Debon: «K-ey gʻaflatoyin odamizod, Bitilgan davri charx ollinggʻa bedod. Bu beshakim oʻtarda vahm etib lol, Solur babr anda ranja, sher changol. Malak oʻtsa oʻchar oning hayoti, Uqob uchsa kuyar oning qanoti. Bu kelmakdin sening nedur xayoling Ki, kirmish qoninga fikri maholing». Bu yangligʻ koʻp yasab muhlik navola, Boshigʻa gurzini qildi havola. Boʻlub shahzoda qalqonigʻa moyil, Qilich birla chorib gurzin hamoyil. Aningdekkim tushub boshigʻa toshi, Boʻlub ul toshdin ozurda boshi. Tushub oʻt Ahramangʻa koʻrgach oni, Tutub bosh, qasrigʻa qaytib ravoni. Tutub bir gurz ondin sahmginroq, Kelib avvalgʻidin rurqahru kinroq. Oni ham urgʻali eltib havogʻa, Tushurmasdin burun farmonravogʻa. Qalam aylab aningdek chustu shirin Ki, aytib devbandi charx tahsin. Necha hamlin bu yangligʻ aylagach rad, gʻazabdin Ahraman tund oʻldi behad. Chekib na’ra yuz urdi togʻ sori, Nechukkim tiyra abri koʻhsori. Olib bir togʻning toshin tamomin, Havoda koʻrguzib yeldek xiromin. Yuz urdi oʻylakim abri bahoron, Ki Farhod uzra qilgʻay sangboron. Koʻrub Farhod ani qalqongʻa kirdi, Ne qalqonkim, hasin qoʻrgʻongʻa kirdi. Toʻsh oʻlgʻoch Ahramangʻa ismi a’zam, Qoʻlidin zoʻr ketti, jismidin ham. Aningdek osmondin yerga tushti Ki, tosh ostida oʻlmakka yovushti. Dedikim sangboron aylagay yoʻq, Ham oxir sangsor oʻldi oʻzi-oʻq. Koʻrub Farhod ul xorofikanni, Dema xorofikankim, Ahramanni. Oti ollinda xoru zor aningdek, Ayogʻi ilgi ham nokor aningdek. Hamoyil aylagan tigʻin chekib bot, Boshigʻa dev yangligʻ sekretib ot, Choqindek tigʻ ila boshigʻa yetti, Ishin bir zarb ila-oʻq oxir etti. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling