Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 75 library.ziyonet.uz/ Boʻlub shaytonu gʻul oning vuhushi, Firibu fitna borining xurushi. Shagʻoli tortibon afgʻoni anduh, Chekib kirgon kishining holigʻa vuh. Tikonlarkim chekib har sori domon, Debonkim: bormagʻil ul yon xiromon. Ilib dastorni har shoxi gustox. Shajar shoxi demakim, dev urub shox. Qushi anduhu dard alhoni tortib, Musofir elga soʻg afgʻoni tortib. Sahobekim boʻlub durbor yigʻlab, Anga kirgan kishiga zor yigʻlab. Shamolikim solib har yon gʻirevi Degilkim, na’ra aylar narra devi. Boʻlub har sabza noʻgi nishtari tez, Ne nishtar, qon toʻkarga xanjari tez. Qayonkim yel yetishgach tebratib shox Ishoratkim: bu sori kirma gustox. Chinori tebratib ilgini har yon Ki, ey kirgan kishi, Tengri uchun yon! Ul aylab Haq taologʻa tavakkul, Bu besha ichra surdi betaammul. Kesib yoʻl oʻylakim oshuftaroye Ki, boʻldi beshada raydo fazoye. Sarosar ul fazoda sabzau vard, Va lekin sabzai ranju guli dard. Chu qildi ul sori surmak xayoli, Koʻrundi ollida bir qasri oliy. Surub ul qasr sori devzodin, Qilib devu Pari Tengrisi yodin. Tovush chun ongladi ifriti qattol, Chiqardi boshki, fahm etkay nedur hol. Ne koʻrdikim yiroqtin shahsuvori, Kelur rarvosiz oning qasri sori. Koʻrunub hay’atidin tezhushluk, Bilinib raykaridin devkushluk. Chu koʻrdi Ahraman ul kavkabi sa’d, Urub bir qahqaha ul nav’ikim ra’d. Chiqib keldi sahobi qahr yangligʻ, Ayogʻdin-boshqa tegru zahr yangligʻ. Sochib olamgʻa jismi beqarori, Qiyomat oʻtiyu doʻzax sharori. gʻururidin zamon boʻstonigʻa larz, Xurushidin falak ayvonigʻa darz. Tanida har sari moʻ bir sinondek, Sinon yoʻq, balki ajdarvash yilondek. Tomib chun jismidin har qatrai rev, Yetib tadrij ila charx oni bir dev. Qaroliqdin yuzi shomi malolat, Uzunluqda boʻyi roʻzi qiyomat. Qoʻlida bir sutun balkim chinore, Tuzu hamvor andoqkim minore. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling