Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
81 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yana boru uza yuz novakafkan,  
Chekib oʻqlar, kiyib borisi javshan.  
Xadangin borcha ul yon tortibon tuz  
Ki, Farhod anda koʻrguzmish edi yuz.  
Koʻrub Farhod mundoq ibtiloni,  
Bir-oʻq jonigʻa yuz tiyri baloni.  
Tavahhum aylamay ul ranjraymoy,  
Taanni birla olib oʻq ila yoy.  
Chu tortib novakin aylab darange,  
Aningdek urdi koʻzguga xadange  
Ki, mahbub urgʻay asrab gʻamza chogʻin,  
Muhib koʻksiga qoʻygʻon eski dogʻin.  
Chu tegdi ul xadangi barqosor,  
Yiqildi bu xadangafkan nigunsor.  
Yiqilgʻoch bu, hamul yuz roʻyitanvash  
Ki, boru uzra erdilar kamonkash.  
Alar ham borcha yerga boʻldilar rast,  
Quyigʻi novakafkan birla hamdast.  
Yana Farhod koʻrgach boʻyla ahvol,  
Tilin mundogʻ gʻarobatlar qilib lol.  
Solib Haq hamdigʻa filhol tilini,  
Sanogʻa qildi goʻyo lol tilini.  
Qadam qoʻydi ravon darvoza sori,  
Hamul oshubi beandoza sori.  
Bori oshubdin xoli Koʻrub yoʻl,  
Hisor ichra azimat ayladi ul.  
gʻanimat koʻrdi har yon haddin afzun,  
Oʻkulgan har taraf yuz ganji Qorun  
Ki, Iskandarki olib yetti kishvar,  
Hududi boxtardin to ba xovar.  
Jahon ochmoqdakim koʻp ranj topib  
Va lekin har ne naqdu ganj topib,  
Tilism aylab bu gardunvash hisorin,  
Qilib maxzun hisori ichra borin.  
Hisori markazida bir imorat  
Ki, ojiz vasfidin yuz ming iborat.  
Ziyo har yon sochib, andoqki shid
(4)
 ul,  
Bagʻoyat muxtasar, lekin mufid ul.  
Eshik ochib anga chun qoʻydi gome,  
Koʻrundi toqida raxshanda jomi
(5)
.  
Safou tob aro andoqki xurshed,  
Dema xurshed, balkim jomi Jamshed.  
Boʻlub geti aro mehri samo ul,  
Hamul oyinai getinamo ul.  
Bori maxfiy umur izhori anda,  
Jahon holoti ravshan bori anda.  
Tashida jilva aylab markazi xok,  
Ichinda lek toʻqquz davri aflok.  
Tashi ul nav’kim komil zamiri,  
Ichi andoqki sohibdil zamiri.  
Ani chun torti Farhodi taabnok,  
Bagʻoyat boʻldi xushholu tarabnok.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling