Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 89 library.ziyonet.uz/ Ne bu oʻz holidin gʻamgin, ne ul shod. Quyosh Suqroti chun yer qildi maskan, Kecha Luqmoni bunyod etti shevan. Yasab koʻku qaro birla libosin, Toʻkub ashk ayladi zohir azosin. Alar Suqrot soʻgidin topib dard, Vale Chin yodi birla darddin fard. Tuzub bazm ul kecha ham komu nokom, Ichib achchiqqa-achchiq bir necha jom. Kel, ey soqiyu hikmat ayla oyin, Manga tutgʻil mayi mamzuj rangin. Qadah sarchashmasigʻa solibon joʻsh, Meni qil joʻshdin bir lahza xomoʻsh. XXVI Farhodning Xoqon bila Chin azmigʻa dashtraymoligʻi va Chinda yuz koʻrguzgan oyinai chiniy gʻamidin shaydoligʻi va ul koʻzguga tamosho qilgʻoch, Arman kishvari, balki Eram bogʻi va Arman vodiysi, balki hayrat togʻi anga hulyai namoyish va jilvai oroyish qilmogʻi va Shirinning jamoli koʻzgusin ul koʻzgu jamolida mushohada qilib, oh urub yiqilgʻoni va aning ohi ul koʻzgu yuzin tiyra qilgʻoni Sahar sarchashmasi chun boʻldi ravshan, Falakning margʻzorin qildi gulshan, Safo topib falak Yunon zamini Sirah chekti quyosh Xoqoni Chini. Qilib Xoqon yana Chin mulkiga mayl, Dema Xoqonki Farhodu bori xayl. Xazoyingʻa qoʻyubon mu’tamadlar, Berib har birga mingdin koʻp madadlar. Azimat Chingʻa boʻldi koʻch-barkoʻch, Ishi yoʻq erdi ul yoʻlda magar koʻch. Demay yoʻl qat’igʻa chunkim qoʻyub yuz, Kechani kechau kunduzni kunduz. Yetib Xoqon yana Chin kishvarigʻa Nabi ul nav’kim din kishvarigʻa. Tushub taxtigʻa shohi kishvaroroy, Aningdekkim sharaf burji aro oy. Qoʻyub Farhod chun Chin shahrigʻa gom, Taraddud ichra tutmay koʻngli orom. Qilib koʻzgu xayolining umidin, Tilab filhol maxzanlar kalidin. Eshiklarni ochib qolmay qarori, Sarosima yugurdi koʻzgu sori. Koʻrungach ul bulurin raykari pok, Boʻlub andeshaligʻ koʻngli tarabnok. Tushurdi ul latofat huqqasini, Latofat yoʻqki, ofat huqqasini. Kalidin istabon xozindin olib, Oʻzin yuz ming balo bandigʻa solib. Kalid aylab zabona shaklidin til, Boʻlub oni ochar man’igʻa qoyil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling