Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
87 
library.ziyonet.uz/ 
 
Aning vasli sori qat’ aylamak yoʻl.  
Gar ul mahbub vasli boʻldi ummid,  
Budur iqboli sarmad, baxti jovid.  
Vale bu davlatedur asru oliy,  
Erur mushkil anga yetmak xayoli.  
Bu yoʻl ichraki behad dardu gʻamdur,  
Uzoq tortar, vale ikki qadamdur.  
Kim ul ikki qadamning qat’i ming yil,  
Kishi ursa qadam mumkin emas bil.  
Biri oʻzlukni qilmoq boʻldi foniy,  
Yana bir dogʻi tormoq boʻldi oni.  
Kishi oʻzlukni qoʻymay oni tormas,  
Tengiz kesmay duri yaktoni tormas.  
Bu oʻzlukdin qutulmoq chorasozi,  
Nima yoʻq oʻylakim ishqi majoziy.  
Angakim qoldi gʻam shomigʻa jovid,  
Burun subh oʻldi tole’, soʻngra xurshed.  
Majoziy ishq
(11)
 boʻldi subhi anvar,  
Haqiqiy ishq
(12)
 anga xurshedi xovar.  
Qilib ishqi majoziy zoru gʻamnok,  
Yetar oshiq tanin andoqki xoshok.  
Haroratlar etib ul xasqa moyil,  
Qilur oʻt yetgach oʻrtanmakka qobil.  
Choqilgʻoch barqi ishqi jovidoni,  
Yetishgach bir sharar kul aylar oni.  
Sening ollingdadur ishqi majoziy  
Ki, jisming oʻrtabon soʻzu gudozi.  
Ham ovozangni ofoq ichra solgʻay,  
Ham ovozing kuhan toq ichra solgʻay.  
Qilib ishqing oʻti olamni ravshan,  
Ne olam, nilgun toramni ravshan.  
Toʻla qilgʻay gʻami ishqing jahonni,  
Jahonni qoʻyki, toʻqquz osmonni.  
Qayonkim ishq aro bir fard boʻlgʻay,  
Koʻzi nuri yoʻlungdin gard boʻlgʻay.  
Yetib toʻqquz falak toqigʻa hoʻyung,  
Yeti kishvarni tutqay guftu goʻyung.  
Yigʻilsa ishq eli xaylu sirohi,  
Sen oʻlgʻaysen borining rodshohi.  
Majoziy ishqdin oʻrtansa joning,  
Borib seli fanogʻa xonumoning.  
Haqiqiy ishqdin esgay nasime,  
Yetib oning nasimidin shamime.  
Boʻlub ma’shuqi asli chorasozing,  
Haqiqatqa badal boʻlgʻay majozing.  
Yetib mazhargʻa bexudluq qiyosi,  
Kelib mazhargʻa ishqing intihosi.  
Baqo mulkida torqung qahramonliq,  
Haqiqat taxtida sohibqironliq.  
Atongdek yuz tuman Xoqonu qaysar,  
Unut boʻlgʻay jahon ahligʻa yaksar.  
Sening qolgʻay jahon ichra sifoting,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling