Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 95 library.ziyonet.uz/ Kengashti shah tuzub majma’ ahibbo, Boʻlub hozir nekim boʻlgʻon atibbo. Aning holotida soʻz oʻtti behad, Biri soʻzni qabul etti, biri rad. Ham oxir ahli hikmat ettilar arz Ki: «Yey olam eliga qullugʻing farz! Bu yangligʻ bizga boʻlmish za’f tashxis Ki, savdodin dimogʻi torti tanqis. Mizojida harorat gʻolib erdi, Yana maygʻa mizoji tolib erdi. Mayi mufrit bila asli harorat Boʻlub bir, boʻyla koʻrguzdi sharorat. Iki-uch yoshdin oʻn bir, oʻn iki yosh, Oʻqumoq fikriga soldi quyi bosh. Iki-uch yilki mayli resha qildi, Bagʻoyat anda koʻp andesha qildi. Bularga yor boʻldi haddi yoʻq yoʻl, Yana bir ham harorat boisi ul. Bular bir yonu fikri benihoyat, Musaxxin tab’ aro ul ham bagʻoyat. Bular fikridin oʻlmay tab’i xoli, Tilism ochmoq sori tushti xayoli. Ne savdo tuxmikim koʻnglida ekti, Ne fikratlarki ul savdoda chekti Ki, ajdar qildi jismin otasholud, Zamona devi soldi boshigʻa dud. Harorat muncha torsa tab’i nori, Ajab yoʻq, boʻlsa ul bir oʻt sharori. Bu holatlar angakim boʻldi hodis, Dimogʻi yubsigʻadur borcha bois. Chu horu yobis oʻlmishdur mizoji, Naqizi birla qilmoqdur iloji. Bukunkim fasl erur javzo ayogʻi, Quyoshning oʻtidindur lola dogʻi. Samumoso kelur har soridin yel, Samum ichra samandarvash kezar el. Yaqindurkim quyosh tobidin axtar, Yerib simobdek oqqay sarosar. Quyunning dasht ichinda iztirobi, Isigʻdindur yilondek rechu tobi. Havo koʻhsor uza otashfishondur, Bulogʻlar qaynari ondin nishondur. Shafaq ermas durur magʻribda har shom, Qizormishdur qizib bu sarnigun jom. Qizigʻon koʻradin gardun nishona, Quyoshdin onda oʻt tortib zabona. Kemur shomu dam onda subhdam bil, Shihob ul koʻradin chiqqon alam bil. Emas har yon oqor suvlar bila yer Ki, yer har yon isigʻdin oqizur ter. Quyoshdin soya qochmoqliqqa moyil, Apoda aylabon shaxsini hoyil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling