Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
86 
library.ziyonet.uz/ 
 
Va gar yetsa qoriliq inkisori.  
Qachon ul muhrani ogʻzinggʻa tutsang,  
Yevursang har yonu suyini yutsang.  
Maraz — sihhat bila boʻlgʻay mubaddal,  
Ano — quvvat bila boʻlgʻay mubaddal.  
Qariliq ranji daf’ oʻlgʻay tamomi,  
Shabob oʻlgʻay aning qoyim maqomi.  
Chu Mulkorogʻa fosh etti bashorat,  
Bu nav’ etti bashoratligʻ ishorat  
Ki, chun sen dogʻi tortib koʻp alamni,  
Bu sori ranjagʻa solding qadamni,  
Necha shah boʻlsa olam taxtgiri,  
Sen-oʻq boʻlgʻaysen ollinda vaziri.  
Qachonkim yetsa ranju za’fdin band,  
Seni ham muhradin qilgʻay barumand.  
Va lekin ollingizda bir xatar bor  
Ki, ondin borchagʻa joyi hazar bor.  
Anosirning ikisidin durur bu,  
Gʻalat gar qilmasam: yel boʻlgʻayu suv
(9)
.  
Agarchi boʻlgʻusi koʻp ranja boʻlmoq,  
Xudoy etkay nasib ondin qutulmoq.  
Chu ondin oʻtti ersa umr rosi,  
Boʻlur aql etsa besh yuz yil qiyosi.  
Alargʻa tegurub bu mujdalarni,  
Chiqordi uzr ila evdin alarni.  
Dedi shahzodani, kelgil yaqinroq,  
Oʻziga qildi hamrozu qarinroq.  
Koʻzin ochib jamolin yaxshi koʻrdi,  
Base diljoʻyluqlar birla soʻrdi.  
QOʻpub ollinda chun yer oʻrti Farhod,  
Hakimi donishomuz etti bunyod  
Ki: «Yey dardu alam birla sirishting,  
Azaldin ishq boʻlgʻon sarnavishting.  
Safo kelturdungu xush kelding oxir,  
Qarongʻu uyni ravshan qilding oxir.  
Erur ming yilki boʻlub koʻhsori,  
Chekarmen maqdamingning intizori.  
Yuzung koʻrdi koʻzum, alhamdulilloh,  
Seni torti oʻzum, alhamdulilloh.  
Eshit, bir necha soʻzkim vaqt erur tang  
Ki, aylarmen baqo koʻyigʻa ohang.  
Muni bilkim jahon fonidur asru,  
Haqiqat ahli zindonidur asru.  
Agar torsa Sikandar mulki zoting,  
Gar oʻlsa Nuh
(10)
 umricha hayoting.  
Chu ketmoqlik keraktur bot, agar kech,  
Hamul davlat bila bu umr erur hech.  
Bukim Haq ayladi insonni mavjud,  
Anga mavjudliqdin borcha maqsud.  
Erur Haq amrigʻa ma’mur boʻlmoq,  
Bu ishdan oʻzgadin ma’zur boʻlmoq.  
Chu mahbubi haqiqiy uldurur ul,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling