Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 57 library.ziyonet.uz/ Bu yangligʻ ayladi hangomaoro Ki, chun xoqon bu soʻz e’lomi birla, Javobin torti andoq komi birla. Nishotu aysh asbobini yigʻmay, Tarabdin balki Chin mulkiga sigʻmay. Qilib shahzodagʻa oncha rioyat Ki, tormay aql anga haddu nihoyat. Tilab qilmoq jahon oning fidosi, Jahonni qoʻyki, jon oning fidosi. Anga mundoqki ayshu zavq yetti, Yevaz oʻtrusida yuz fikrat etti Ki, ne sochgʻay boshigʻa bahru kondin Ki, boʻlgʻay munbasit shahzoda ondin. Chu bas oliy edi mehmon janobi, Boʻlub gavhar qoshida tosh hisobi. Bu ishdin mizbongʻa ajz gʻolib, Aning koʻngli tilar ashyogʻa tolib. gʻarobat maxzan ichra chun koʻp erdi, Tutub ilgin xazoyin ichra kirdi. Xazoyin demakim, yuz bahr ila kon, Toshib naqdina anda ulcha imkon. Adadsiz uy bori ganj ustida ganj, Xirad ganjuri arzidin alamsanj. Burun qirq uy boʻlub oltun makoni, Har evda qirq xumi xusravoni. Bu maxzanda gʻarobatdin bu ma’lum Ki, bir xum oltun erdi oʻylakim mum. Ani kim mum deb ilgiga olib, Nekim andin yasay degach, yasolib. Yana qirq uy aro ajnosi zebo, Bir uyda qirq tung iksunu debo. gʻarobat munda behaddu nihoyat, Torilmay bulajab san’atqa gʻoyat. Tuman ming jinsi chiniyu xitoyi, Basar torining oʻlmay rahnamoyi. Boʻlub yuz rang irak birla musavvar, Biridek koʻrmayin charxi mudavvar. Boʻlub tasvirida yuz chehra raydo Ki, Aqli Kull boʻlub husnigʻa shaydo. Tikilgan toʻn hisobin kimsa bilmay, Birisi ham kesilmay, ham tikilmay. Hunarvardin bari omoda boʻlgʻon, Mukammal korgoh ichra toʻqulgʻon. Harir onchaki yoʻq royoni oning, Yuz oncha hullakim, yoʻq soni oning. Aningdek hullalar kelturdi ganjur Ki, andin kiysa gar oʻn hulla bir hur. Hanuz oʻlgʻoy tanu andomi ma’lum, Tanining rangi nasrinfomi ma’lum. Oʻkulgan nofadin xarvor-xarvor, Toʻkulgan mushk xud anbor-anbor. Javohir onchakim fikrat dabiri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling