Аlisher Navoiy. 1-mаvzu: pedаgogikа fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri. Didаktikа tаъlim nаzаriyaSI. Tаrbiya jаrаyonining mohiyati rejа


Fanlar tizimida pedagogikaning oʼrni va ahamiyati


Download 184.56 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi184.56 Kb.
#1596871
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
лотин 1мавзу сиртки

Fanlar tizimida pedagogikaning oʼrni va ahamiyati.
Pedagogika fani tarbiya nazariyasi va dialektikaning uygʼunligi asosida insonda bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy-maʼnaviy meros, anʼanalar, urf-odatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari boʼlgan tarbiya va taʼlim berish haqidagi tushuncha, bilim, koʼnikma va malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori oʼz oʼrni va aloqadorligi bor. Pedagogika falsafa, psixologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sinergetika va informatika kabi fanlar bilan mushtarak rivojlanib kelgan.
Insonning aqliy rivojlanish qirralarini, jihatlarini oʼrganadigan boshqa fanlardan farqli oʼlaroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shugʼullanadi. Bugungi kunda pedagogika fani koʼp tarmoqli fan sifatida namoyon boʼlmoqda. Jumladan, pedagogika fanlari tizimiga etnopedagogika, maktabgacha taʼlim pedagogikasi, kasbiy taʼlim pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, axloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, harbiy pedagogika, maxsus pedagogika: kar-soqovlar (surdo) pedagogikasi, koʼrlar (tiflo) pedagogikasi, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, logopedagogika, pedagogik mahorat kiradi.
Pedagogika fanlarining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shugʼullanganligi sababli unga hamma fanlar koʼmaklashishi, tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib koʼrsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, oʼsha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Pedagogikaning metodologik asosi bilan nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalari bevosita falsafa fanining taʼsirida amalga oshiriladi. Аbu Nars Farobiy «Talxisu Navomisi Аflotun» (Аflotun qonunlarining mohiyati) asarida inson kamolotini falsafa fanining taʼsirida rivojlanishini shunday koʼrsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega boʼlgan shahar aholisi eng baxtiyor odam boʼlishi, qonunlarga ixtiyoriy boʼysinishini taʼminlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamlash uchun zarurdir». Pedagogika psixologiya, mantiq, huquq va tibbiyot fanlaridagi qonun-qoidalarga bevosita bogʼlanadi. Pedagogika fanidan bolalarni davrlarga boʼlish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigienasi fanlarning ham oʼrni kattadir.
Mustaqil Oʼzbekistonda milliy pedagogika fani bevosita iqtisod fani bilan bogʼlanib, bozor iqtisodiyotiga oʼtish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiradi.
YuNESKO maʼlumotlariga koʼra, hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bilan band boʼlgan aholining yarmidan koʼproq qismi maʼlumotlar yigʼish, ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish (uzatish) bilan shugʼullanmoqda. Bunday muhim asosni fanlarning pedagogika fani bilan oʼzaro integratsiyasi, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalarisiz va innovatsion yondashuvlarsiz amalga oshirib boʼlmaydi. Maʼlumki, taʼlim-tarbiya jarayoni va uni olib borish uchun yaratiladigan axborot texnologiyalari va tizimlari yaratilishida intellektual salohiyatli barkamol avlodning ijodiy mehnatini, izlanuvchanligini, tashabbuskorligini, yangilikka qiziquvchanligini va shu kabi innovatsion jarayonlarga kirib borishi eʼtiborga olinadi va bu jarayon rejalashtirilgan natijani qoʼlga kiritgunga qadar davom etadi. Bu biron taʼlim-tarbiya jarayonida qoʼllanilayotgan turli maqsadlardagi bilim berishning ilmiy-uslubiy yoʼllari boʼlib, bilim olishning chegarasini va ilmiy tafakkurni kengaytiradi, fazoviy fikrlashni, ijodkorlikni va sezuvchanlikni (sinchkovlikni) rivojlantiradi.

Download 184.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling