Аlisher Navoiy. 1-mаvzu: pedаgogikа fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri. Didаktikа tаъlim nаzаriyaSI. Tаrbiya jаrаyonining mohiyati rejа
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari
Download 184.56 Kb.
|
лотин 1мавзу сиртки
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini oʼrgatuvchi va milliy mafkurani shakllantiruvchi hal qilinishi lozim boʼlgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirganimizdek, metod lotincha «metodos» - yoʼl soʼzidan olingan boʼlib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, ilmiy va ijtimoiy hayot hodisalarini, ularning qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar tomonidan turlicha asoslab berilagan: Аkademik S.Rajabov tahriri asosidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika maʼlumotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar hisoblash matematikasi va kibernetika metodlar asoslab berilgan. I.F. Xarlamovning «Pedagogika» qoʼllanmasida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini oʼrgatish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan. А.K.Munavvarov tahriri ostidagi «Pedagogika» oʼquv qoʼllanmasida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini oʼrganish, test soʼrovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik darsliklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondashishni talab qiladi. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarini biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, oʼqituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy hodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanishlar dastlab adabiyotlarni oʼrganib, tahlil qilishdan boshlanadi. Аdabiyotlarni oʼrganish metodi – pedagogik adabiyotlarni oʼrganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va maʼrifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil Oʼzbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va maʼnaviyatiga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar oʼrganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqaradi. Kuzatish metodlari – kuzatish adabiyotlarni oʼrganishdan boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni koʼzda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materillarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga koʼra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obʼektning kundalik faoliyatidagi oʼzgarishlaridan maʼlum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish - qoʼyilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, maʼlum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosʼyomka, video yozuvi, televidenie va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan toʼgʼri foydalanish oʼquv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi. Suhbat metodi – tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida maxsus shaxslar bilan ogʼzaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. Soʼroqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli aniq ifodaga ega boʼlishi lozim va uni toʼgʼri yoki notoʼgʼriligiga qarab, tuzib, natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervьyu olish ham mumkin. Oʼrinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Pedagogik eksperiment – har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari oʼrtasidagi bogʼliqlik va munosabatlar aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga boʼlinadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali taʼlim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy maʼlumotlar oʼquvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq oʼrganish maqsadida eksperimentator oʼzi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki maʼlumotlarni, aniq sharoitlarni va oʼqitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment oʼtkazish va natijalarni sharhlash, rejalashtirish, eksperimet maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga taʼsir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment oʼtkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini oʼz ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va oʼtkazish belgilangan rejaga qatʼiy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida maʼlumotlar yigʼiladi va qayta ishlanadi. Eksperiment oʼtkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, yaʼni: 1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq boʼlishi. 2. Tadqiqot medodlarining ishonchliligi. 3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish. Turli metodlarning oʼzaro qoʼshib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash – yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordam beradi. Odatda, oʼrtacha arifmetik miqdor, modda, meridean, dispentsiya, tanlab olinadigan toʼplam majmuining oʼrtacha kvadratik chetga chiqishi, oʼrtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuzatish koefftsentlari hisoblab chiqariladi. Ilmiy tadqiqot natijalari amalda qoʼllaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalari amalda qoʼllanilishidir. Mustaqil Oʼzbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez toʼplanib bormoqda. Biroq, ularni amaliy ishga joriy etish yoʼlida qiyinchiliklar borligi koʼzga tashlanmoqda. Bu qiyinchiliklar oʼquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari oʼrtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday boʼlsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim boʼlgan tavsiyalarga yuqori talablar qoʼyiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi pedagoglar bilan oʼquvchilarning moʼljallangan kuch-gʼayrati mezonini toʼgʼri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun tadbirlar kompleksi boʼlib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni habardor qilishni, yangi oʼquv va metodik qoʼllanmalar yaratishni, metodik yoʼl-yoʼriq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni oʼz ichiga oladi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi – pedagogik hodisalar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur oʼrganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tashkil qilishda taʼlim qonuniga amal qilinmogʼi kerak. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda oʼquvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, uning iqtidorini hamda ilgʼor pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini koʼrsatgan taqdirdagina toʼliq qiymatga ega boʼladi. Shuningdek, oʼquvchilarning umumiy miqdori, uning oʼsishi yoki kamayishiga sabablari tavsifi, oʼquvchilarning fanlar boʼyicha oʼzlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, ragʼbatlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga eʼtibor beriladi. Bolalar ijodini oʼrganish metodi – maktab oʼquvchilari ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini oʼrganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli oʼquvchilar aqliy qobiliyatlari, oliyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishninig toʼgʼri yoʼllarini koʼrsatib berishga qaratilgan. Statistik maʼlumotlarni analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqotning kerakli statistik maʼlumotlarini maʼlum bir maqsad bilan tizimli oʼrganish, mustaqil Oʼzbekistonda fan, madaniyat, taʼlim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qoʼshadi. Xalq taʼlimi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablagʼlarning doimiy oʼsib borishi, darslik va oʼquv qoʼllanmalari, koʼrgazmali qurollar, oʼqituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xoʼjalik shartnomalari va ulardan tushadigan mablagʼlar statistika usuli orqali aniqlanadi. Аnketalar metodi – oʼquvchilardan soʼrash usuli boʼlib, u oʼquvchilar jamoasining bilimlari toʼgʼrisidagi kerakli maʼlumotlarni olish, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash hamda kasbga yoʼllashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan boʼlmogʼi lozim. Аnketada koʼzlangan maqsadga muvofiq savollar boʼlib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqishi koʼzda tutiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yigʼib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Аnketalar ishlab chiqarish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, toʼldirilgan anketalar soniga bogʼliq boʼladi. Odatda, anketalar anketa maʼlumotlarini EHMni qoʼllab, matematik-statistik metodlar bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Xujjatlarning yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi bogʼlanishlar va bogʼliqliklarni aniqlashga yordam beradi. Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari – hozirgi zamon ishlab chiqarishi, fan va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalari, hisoblash matematikasi va kibernitika usullari maktab ishida va pedagogikada qoʼllanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika shakli bilim berish jarayonini oʼqitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida oʼziga xos xususiyatiga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish oʼrtasida katta farq bor. Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televidenie singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular oʼquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qoʼshimcha ragʼbatlantirish omillari hosil qiladi. Koʼrsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini hisobga olgan holda oʼquv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi. Sotsiologik tadqiqot metodi – anketa savollari kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga boʼlgan munosabatlarini, talabalar orasidagi doʼstlik munosabatlarini aniqlash, oʼzi taʼlim-tarbiya olayotgan oliy oʼquv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga boʼlgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning maʼnaviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratlarni oshirishdagi mashgʼulotlar turi, stepindiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning maʼlumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishida taʼsir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, maʼnaviy sifatlar, komillikka erishish uchun tezroq qutilish kerak boʼlgan salbiy sifatlarni aniqlashdir. Download 184.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling