Аlisher Navoiy. 1-mаvzu: pedаgogikа fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri. Didаktikа tаъlim nаzаriyaSI. Tаrbiya jаrаyonining mohiyati rejа
Download 184.56 Kb.
|
лотин 1мавзу сиртки
Metod haqida tushuncha
Metod (lotincha – metodas – yoʼl soʼzidan) tadqiqot yoʼli, nazariya, taʼlimot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» soʼzi keng maʼnoda muayyan maqsadga erishish yoʼlini, tor maʼnoda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obʼektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani oʼrganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud boʼlib, ular oʼzaro uzviy bogʼliqdir. Pedagogika fani oʼz mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarini uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan oʼrganadi. Umuman, pedagogika amaliyotida oʼqitish usullari va metodlarining katta boyligi toʼplangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, oʼqitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va oʼqitishning real jarayonlariga xos boʼlgan ichki yoʼllari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullarini qanchalik toʼgʼri tanlasa, taʼlim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Аmmo shuni taʼkidlamoq lozimki, ilmiy tadqiqot metodlari tizimi hozirgacha fanda toʼla yaratilmagan, hal etilgan emas. Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir: • adabiyotlarni oʼrganish metodi; • kuzatish metodi; • suhbat metodi; • bolalarni ijodini oʼrganish usuli; • maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; • eksperiment, tajriba-sinov usuli; • test sinovlari metodi; • statistik maʼlumotlarni tahlil qilish usuli; • matematika va kibernetika usullari; • sotsiologik tadqiqot metodi. Oʼqitish metodi oʼqituvchi va oʼquvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining taʼlimiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yoʼldir, deydi prof. R.А.Mavlonova. U oʼqish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qoʼyadi: 1. Oʼquv materialini oʼrganishning oʼqituvchi tavsiya etgan yoʼli fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Аna shu talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy tusda boʼlishi lozim. 2. Oʼqish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq boʼlishi zarur. Shundagina oʼqituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qoʼyilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib boʼlmasligini koʼra oladi. 3. Oʼqitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi. 4. Oʼqitish metodining tushunarliligi: oʼqitishning yoʼli oʼquvchi uchun qabul qilinishi va qoʼllanishi, oʼquv materialini oʼrganishning usuli esa bilimlarni oʼzlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq boʼlishi lozim. 5. Oʼqitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir. 6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga eʼtibor. 7. Oʼqitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi. Har qanday metoddan biror maqsadga erishish koʼzda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qoʼyishni, unga erishish boʼyicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Bir soʼz bilan aytganda, oʼqituvchi va oʼquvchilarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida oʼquvchilar bilim, iqtidor va koʼnikmalarga ega boʼladilar, oʼz dunyoqarashini, tafakkurini va maʼnaviyatini yuksaltirishga erishadi. Taʼlim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanadi. Yan Аmos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida» asarlarida masalaga shunday yondoshishni koʼrish mumkin. Oʼquv tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan emperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur. Download 184.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling