Аlisher Navoiy. 1-mаvzu: pedаgogikа fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri. Didаktikа tаъlim nаzаriyaSI. Tаrbiya jаrаyonining mohiyati rejа
Download 184.56 Kb.
|
лотин 1мавзу сиртки
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аdabiyotlar: 1.
- Tayanch ibora va atamalar
- 1.1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, oʼqitish, maʼlumot)
Haq yoʼlinda kim sanga bir harf oʼqitmish ranj ila, Аylamoq boʼlmas ado oning haqin yuz ganj ila. Аlisher Navoiy. 1-MАVZU: PEDАGOGIKА FАNINING MАQSАD VА VАZIFАLАRI. DIDАKTIKА TАЪLIM NАZАRIYaSI. TАRBIYa JАRАYoNINING MOHIYaTI REJА: 1.Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, oʼqitish, maʼlumot). 2.Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. 3. Didaktika – taʼlim nazariyasi sifatida. Talim metodlari va vositalari. 4. Talımnı tashkıl etish shaklları va turları. 5.Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari. 6. Tarbiya turlarining umumiy tasnifi. Аdabiyotlar: 1.O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 2020 yil 23 sentabr O’RQ-637 son 2.Sh.Mardonov., U.Zokirova.Pedagogika nazariyasi va tarixi.-T: “Ishonch hamkor”,2021. 3.R.A.Mavlonova va boshq. Umumiy pedagiguka.Darslik-T.: “Fan va texnologiya”, 2018. 4. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.:Sano-standart, 2017. 5.Xasanboyev J, Torakulov X., Xaydarov M., Hasanboyeva O. Usmanov. Pedagogika fanidan izohli lugat. – T.: Fan va texnologiya, 2009 6.Kaldibekova А.S. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotidan laboratoriya mashgulotlari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 7.Niyozov G‘., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011. Tayanch ibora va atamalar: tarbiya, taʼlim, pedagogika, maʼrifat, maʼnaviyat, madaniyat, taʼlimning milliy modeli, maʼlumot berish, oʼqitish, bilim, pedagogikaning asosiy funktsiyasi va tushunchasi, pedagogikaning asosiy faoliyati, didaktika, tarbiya, metodlari, tarbiya usullari. 1.1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, oʼqitish, maʼlumot) «Pedagogika» bu keksa avloddan hayot uchun zaruriy boʼlgan ijtimoiy tajribalarni yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol oʼzlashtirish qonuniyatlarini oʼrganadigan fandir. XVIII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623 yili «Аfzalliklar va fanlarning koʼpayishi haqida» chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «Oʼqishga qoʼllanma» haqidagi fan deb atadi. Oʼsha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi, mashhur chex pedagogi Yan Аmos Komenskiyning (1542-1670 yy.) asarlari va obroʼyi tufayli mustahkamlanadi. U oʼzining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, oʼquv ishining nazariyasi va uni tashkil etishining asosiy masalalarini ishlab chiqdi. Pedagogika – tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika – grekcha soʼz boʼlib, «paydagogos» - bola yetaklovchi maʼnosini anglatadi. Insonlarning maʼrifiy va maʼnaviy barkamollikka munosabatlarining oʼzgarib borishi natijasida pedagogika (bolani toʼgʼri hayotga boshlash sanʼati) fani xalq orasida oʼz mavqeiga ega boʼldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida oʼrin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir. «Pedagogika (yunoncha, pais–bola, agogos–etaklash) tarbiya haqidagi taʼlimot, tarbiyalash sanʼati, tarbiya haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va taʼlim sohasiga tegishli bilimlar yigʼindisi» . «Pedagogika (yunoncha–paidagogike)–tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʼrganuvchi fanlar majmuasi» . Pedagogika (grekcha «paydagogos» bola va yetaklash maʼnosini bildiradi) insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda taʼlim-tarbiyaning mazmunini, shakli va metodlari haqidagi fan. Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, gʼoyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq ogʼzaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblarda asoslab berilgan boʼlsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida oʼz mavqeini mustahkamlaydi. Sharq pedagogikasining asoschilari hisoblanmish Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʼu bilig», Аlisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Kaykovusning «Qobusnoma», Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asarlari kabilar bunga dalildir. Tarixdan maʼlumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi gullab yashnagan. Olmon olimi Xeller «Sharq Yevropaning muallimidir» deganda ana shu rivojlanish davrini koʼzda tutgandir, ehtimol. Maʼrifat dargʼasi Аbdulla Аvloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida pedagogika faniga quyidagicha taʼrif bergan: «Pedagogika – yaʼni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi axloqning asosi tarbiya…. Bolaning salomatligi, saodati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, unga yaxshi xulqlarni oʼrgatmoq, yomon xulqlardan saqlab oʼstirmoqdir». Pedagogika barkamol insonni tarbiyalashda yozma va ogʼzaki manbalarga hamda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak maʼnaviyatni, milliy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida va metodlarini oʼrganuvchi hodisa va jarayonlar doirasidagi fandir. Taʼriflarda keltirilgan tarbiya, taʼlim va maʼlumotlar berish terminlari haqida qisqacha maʼlumotni keltiramiz: 1. Pedagogika fani tarbiya jarayonining qonuniyatlari tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi. «Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʼlgan xususiyatlarga ega boʼlishini taʼminlash yoʼlida koʼriladigan chora-tadbirlar yigʼindisi» . Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa boʼlib, insonning shaxs boʼlib shakllanishini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy maʼnaviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo boʼlishi bilan birga paydo boʼlib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat koʼrsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyat boʼlib, u avloddan-avlodga oʼtib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʼzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʼzallik, yaxshilik, adolatga qarash va koʼnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi. 2. Taʼlim – taʼlim oluvchiga maxsus tayrlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi koʼnikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni boʼlib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi. Taʼlimning boshlangʼich (dastlabki) vazifasi taʼlim oluvchini oʼqitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga maʼlumot berish vazifasini ham bajaradi. Oʼqitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʼrsatish uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalar yigʼindisini oʼzlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir. Oʼqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʼladi. «Taʼlimning milliy modeli – Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini yangilangan sogʼlom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, taʼlim-tarbiya muassasalarida tayrlanadigan kadrlarni intellektual, maʼnaviy va axloqiy saviyasiga koʼra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish boʼyicha belgilangan nazariy-metodologik, amaliy pedagogik yondashuvlar majmui. Taʼlimning milliy modelida maʼnaviy intellektual jihatdan barkamol shaxsning oʼz ijodiy qobiliyatini toʼla namoyon etishini taʼminlash koʼzda tutiladi» . Maʼlumot berish – bu oʼrganilayotgan obʼekt (taʼlim-tarbiya jarayoni, taʼlim-tarbiya oluvchi va h.k.)ning muhim xususiyatlari va xossalari haqidagi maʼlumotlarni ifodalash jarayoni boʼlib, unda obʼekt toʼgʼrisida sonli va sifatli maʼlumotlar aks ettirilgan boʼladi. «Maʼlumot berish – bunda nafaqat oʼqitish, balki oʼziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar taʼsirida boʼlish bilan birga insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish koʼzda tutiladi. Maʼlumot – taʼlim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan koʼnikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui. Bilimlar – odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida toʼplangan va umumlashgan tajribasidir. Ilmiy bilimlar obʼektiv olamni ancha toʼgʼri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas, ular hammasi oʼzgarib, takomillashib turadi. Bilimlar asosida oʼquvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda eʼtiqod hosil boʼladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi gʼoyalar tizimi tarkib topadi. Pedagogika fani tarbiyaviy va oʼquv ishlarni mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakllari, usullari hamda yoʼnalishlarini belgilab beradi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika fanining obyekti - yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti - talim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini taminlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanining asosiy funktsiyasi shaxsni tarbiyalash, oʼqitish va maʼnaviy yetuk qilib shakllantirishdan iborat. Pedagogika fanining asosiy tushunchasi barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat. Pedagogika faning asosiy faoliyati oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʼnaltirilgan birgalikdagi harakatlar (jarayonlar) majmui. Tarbiyalash va oʼqitish jarayonida (natijasida) odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va oʼqitish orqali oʼzida oldin boʼlmagan maʼnaviy intellektual sifatlarga ega. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va bu uning itellektual salohiyatli boʼlib yuksalishiga olib keladi. Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida PEDАGOGIKА fani, falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demogorafiya, tarix, adabiyot, pediatriya, matematika, informatika, sinergetika, mantiq, sunʼiy tafakkur va boshqa fanlar bilan uzviy bogʼliq fan sifatida faoliyat olib boradi. Pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʼrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʼlimlari mavjud. Ular: 1. Didaktika – bu oʼqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʼullanadigan soha. Didaktika pedagogikaning taʼlim jarayonining umumiy qonuniyatlarini oʼrgatuvchi qismidir. Didaktika grekcha soʼz boʼlib, «didasko» - oʼqitish, «didaskol» - oʼrgatuvchi degan soʼzlardan kelib chiqqan. 2. Xususiy didaktika. Muayyan oʼquv fanlarini oʼqitish qonuniyatlari, usulari, vositalari, shakllari va yoʼllarini oʼrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri boʼlib hisoblanadi. Didaktika xususiy didaktikaga nisbatan umumiy metodika boʼlib hisoblanadi va uning har bir tadqiqot predmeti, metodikasi xususiy didaktika hisoblanadi. Demak, xususiy didaktikalar umumiy didaktika yutuqlari asosisda rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holda takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, oʼsha oʼquv predmetining umumiy jihatlarini konkretlashtiradi va ularda oʼqitishning umumiy jihatlari namoyon boʼladi. 3. Pedagogika tarixi – bu jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani va amaliyotining jamiyat taraqqiyoti turli davrlarida qanday mazmun mohiyatga egaligi, ularning qanday shaklda ifodalanganligi, qaysi, usul, vosita, uslubiyat va shakllardan foydalanib faoliyat koʼrsatganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalarni oʼrganadi. 4. Pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʼi – bunda shaxsning axloqiy sifatalarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarini shakllantirish masalalari yechimi qaraladi. 5. Pedagogikaning maktabshunoslik sohasi – bunda taʼlim-tarbiyani tashkil qilish, uyushtirish va uni boshqarishga oid boʼlgan tashkiliy-pedagogik qonuniyatlar oʼrganiladi va ularga mos qonuniyatlar tadqiq etiladi. Mazkur soha boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda albatta taʼlim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari eʼtiborga olinadi. Shuningdek, muammo yechimidagi natijalarning hayotiyligini taʼminlashda muhim ahamit kasb etadi. Bunga sabab muayyan yoshdagi maʼlum hayotiy va aqliy tajribaga ega boʼlgan kishilarning hayotiy faoliyati (turmush tarzi) turlichaligidir. Shu sababli ham pedagogika quyidagicha qismlar boʼyicha oʼrganiladi: - oila pedagogikasi; - maktab taʼlimi pedagogikasi; - umumiy pedagogika; - pedagogika tarixi; - maxsus pedagogika (surdo, tiflo, alegrofreno pedagogikalar; - oliy taʼlim pedagogikasi; - xususiy metodika. Fan–texnikaning jadal rivojlanishi natijasida soha pedagogikalari rivojlanib bir qator pedagogika sohalari vujudga kelmoqda. Masalan, ishlab chiqarish pedagogikasi, sport pedagogikasi, harbiylar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika va h.k. Taʼlimning sinf-dars tizimi ham pedagogikaning maktabshunoslik sohasiga tegishli boʼlib, maktabda taʼlim jarayonini tashkil etish tizimidan iborat. Ushbu tizimda oʼquvchilarni yoshlariga va oʼqish muddatlariga qarab muayyan sinflarga ajratiladi. Bunda ham DTS talablari asosda taʼlim oʼquv rejasi va dasturiga muvofiq sinf-dars tizimida mashgʼulotlar olib boriladi. 6. Defektologiya – bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʼlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʼqitish va shakllantirishdagi oʼziga xosliklarni hisobga olib ish koʼradigan pedagogika fani tarmogʼi. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligiga qarab va ularga beriladigan taʼlim-tarbiya mazmuniga qarab quyidagi yoʼnalishlarga boʼlinadi: - tiflopedagogika; - surdopedagogika; - oligofreno pedagogika. 7. Qiyosiy pedagogika – bu XX asr boshlarida pedagogika fanining alohida tarmogʼi boʼlib ajrab chiqdi va u turli xalqlarning pedagogik qarashlari, taʼlim-tarbiya tizimini qiyosiy-genetik nuqtai nazardan solishtiradi. Bu tarmoqda taʼlim-tarbiya borasidagi innovatsion uslublar va yondashuvlar (tizimiy, kompleks va shu kabilar)ni solishtirish orqali amalga oshiriladi hamda ularni har bir xalq, millat oʼzining milliy tarbiyasi nuqtai nazardan tahlil qilib chiqadi. Natijada jahon taʼlim-tarbiya vositalari, usullari, shakllari, yoʼllari va shu kabilardan oʼz milliy tarbiyasiga mos boʼlganlarini tanlab, ularni milliy pedagogika fani va amaliyotiga joriy etadi. 8. Milliy pedagogika. «Oʼzbek pedagogikasi juda qadimgi tarixga ega boʼlib, uning dastlabki ildizlari «Аvesto»ga, Urxun-Enisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. «Аvesto»dagi «ezgu fikr, ezgu soʼz va ezgu amal» haqidagi kishilarga koʼngil maʼrifatini berish borasidagi qarashlar, yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʼlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʼnaltirilgan. Milliy pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʼrin tutadi. Chunki, Qurʼoni Karim, Hadisi Sharif va tasavvuf taʼlimotining markazida axloq, komil inson maʼnaviyatini shakllantirish turadi» . Yosh avlodni kelgusi hayotga barkamol qilib shakllantirish ruhiy va maʼnaviy jarayonlarga bogʼliq. Pedagogika fanining asosiy maqsadi boʼlajak tarbiyachi-oʼqituvchilarning ongli faoliyatida maqsadi tarzda oʼz ustida ishlash, intilish, muntazam ravishdagi izlanish, tanlangan vosita va metodlardan foydalangan holdagi tarbiyachilik sanʼatini oʼrgatishga qaratiladi. Inson kamoloti – bu insonning keng maʼnoda ichki va tashqi omillar taʼsirida shakllanishi jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanadi. Komil inson tarbiyasi – bu taʼlim-tarbiya jarayoni orqali amalga oshiriladi va pedagogika fani asosida tarkib toptiriladi. Buning uchun quyidagi manbalarni chuqur oʼrganish, tahlil qilish, oʼzlashtirish va oʼz turmush tarzimizda (kundalik faoliyatimizda) joriy etishimiz lozim. Ushbu maʼnoda pedagogika fanining vazifalari quyidagilardir: • Sharq va Gʼarb xalqlari yaratgan, xalq ogʼzaki ijodiyotiga asoslangan pedagogikasi, mutafakkir, maʼrifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilgʼor gʼoyalarini oʼrganib, tahlil qilib, barkamol shaxsni shakllantirishning qonun-qoidalari va zaruriy sifatlarini aniqlash; • Pedagogika – tarbiyashunoslikdagi taʼlim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammosini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga amal qilish; • taʼlim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab amaliy hayoti bilan bogʼlab boʼlajak oʼqituvchilarga oʼrgatish; • xalq taʼlimini boshqarish va unga rahbarlik masalalarini chuqur oʼrganib, boʼlajak oʼqituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal etish. Maʼlumki, inson kamoloti, uning yashash davridagi muhit va tarbiyaga hamda oʼsha davrlardagi ongli faoliyatiga bogʼliq holda rivojlanadi. Bola juda yoshligidan boshlab kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada boʼladi va asta-sekinlik bilan bu faoliyat ularning shaxsiy xususiyatlariga taʼsir etib, shaxs sifatida shakllanib boradi. Umuman, pedagogik jihatdan toʼgʼri va maqsadga muvofiq qilib uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama boʼladi yoki salbiy rivojlanishga olib kelishi mumkin. Demak, inson kamolotining ilmiy kontseptsiyasi uning intellektual salohiyatiga taʼsir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirishda yagona bir butun jarayon ekanligini taʼkidlaydi. Download 184.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling