Alisher navoiy (1441 1501) « Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir»


Download 46.14 Kb.
bet2/7
Sana27.01.2023
Hajmi46.14 Kb.
#1132235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ALISHER NAVOIY

Navoiy she’riyati haqida

Navoiy o‘z ijodida Sharq she’riyatining 16 xil janridan (Navoiy ularni «sinflar» deb atagan) foydalangan. U shoirlarni uch guruhga ajratgan: 1. «Haqiqat asrori shavqida» qalam tutganlar, ya’ni haqiqiy-ilohiy ishqni kuylovchi shoirlar 2. «Majoz suvratiga shaydolar», ya’ni dunyoviy ishqning kuychilari 3. Har ikki olam muhabbatini kuylovchi shoirlar.

Alisher Navoiy g‘azalnavislikda Husrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiylarni ustoz deb bilgan.

Navoiyning barcha devonlari janr jihatdan rang-barangdir. Shoirning sakkizta devoni mavjud. Shulardan 7 tasini o‘zi tuzgan, bittasini zamondoshlari tuzishgan. Ular quyidagilar:


1. Ilk devon (zamondoshlari tomonidan tuzilgan bu devon shoirning 24 - 25 yoshlik davrida xattotlar sultoni Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan, ilmda unga shartli ravishda shunday deb nom berishgan)
2. «Badoe ul-bidoya» (1472-76 yil, o‘zi tartib qilgan birinchi devoni. Unda «eti-sakizimdin she’r tartib berish shavqi rag‘bati xayolimni band etdi». – deb yozgan edi).
3. «Navodir un-nihoya» (1476-83, o‘zi tartib qilgan ikkinchi devoni)
4. «Xazoyin ul-maoniy» («Chor devon», 1492-98 yillarda tartib berilgan turkiy tildagi 4 devondan iborat bo‘lib, ularning har biriga baravar – 650 tadan g‘azal kiritilgan. Bu devonlar quyidagilar:
a) «G’aroyib us- sig‘ar» («Yoshlik g‘aroyibotlari», 7-8 yoshdan 20 yoshgacha, bahor)
b) «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari», 20 yoshdan 35 yoshgacha, yoz)
v) «Badoe’ ul-vasat» («O’rta yosh go‘zalliklari», 35 yoshdan 45 yoshgacha, kuz)
g) «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari», 45-60 yoshlar, qish, unda 86 ta fard mavjud)
5. «Devoni Foniy» (1491-1498, unga fors-tojik tilidagi 600 ta g‘azal kiritilgan).

Navoiyiing «Xamsa»si haqida
Navoiy «Xamsa»si XV asrdagi xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi bo‘lib, unda o‘sha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan. Bo‘lajak shoirning sevib o‘qigan shoirlari Nizomiy Ganjaviy va Husrav Dehlaviy edi:

Kichik erkonimdin bo‘lib qoshima, 
Ulug‘ muddao soldingiz boshima,

- deb yozadi shoir o‘zining "Xamsa" sida.


Jami 54 ming misradan iborat Navoiyning «Xamsa» si 1483-1485 yillarda yozijan bo‘lib, besh dostondan iborat. Ular quyidagilar:


Download 46.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling