Alisher navoiy (1441 1501) « Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir»


Download 46.14 Kb.
bet7/7
Sana27.01.2023
Hajmi46.14 Kb.
#1132235
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ALISHER NAVOIY

«Lison ut-tayr» asari haqida

Bu asar 1499 yili yozib tugatilgan bo‘lnb, u 176 kichik bobdan iborat. Bu asar turkiy tilda bo‘lsa-da, Navoiy o‘zining «Foniy» taxallusini qo‘llagan. Asar qushlarning suhbatga to‘planishidan va adolatli podshohni izlash qarori bilan boshlanadi. Hudhud Semurg‘ni izlashga undaydi, uni ta’riflab: «Semurg‘ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar ekan, nogoh yo‘li Chin shahridan o‘tib qoldi. U bir silkinganda mamlakat nurga g‘arq bo‘ldi. Patidan bittasi tushib qolgan ekan, ogoh bo‘lganlar aqlu shuurini yo‘qotdilar» - deb hikoya qiladi. Qushlar yo‘lga otlanishib, «talab», «ishq», «ma’rifat», «istig‘no», «tavhid», «hayrat», «fano» nomli 7 vodiyni kezadilar va o‘zlarining Semurg‘ ekanligini anglab yetadilar. Asarda juda ko‘p hikoyatlar keltirilgan. 

Shulardan biri Qaqnus degan qush hikoyatidir. Unda shunday hikoya qilinadi: «Qaqnusning har bir pati bir rangda bo‘lib, o‘zi yakka yashar ekan. Bir kuni Faysog‘urs (Pifagor) uning yonidan o‘tib ovoznni eshitib qolib, musiqani kashf etibdi. Bu qush umr bo‘yi o‘tin yig‘arkan. Unri poyonida yiqqan o‘tini ustiga chiqib, shunday bir g‘amgin, lekin dilkash sayrar ekanki, barcha qushlar va vahshiy hayvonlar jam bo‘lar va ko‘pi halok bo‘larkan. So‘ngida bu qush g‘oyat dardli bir nola tortarkan va undan xirmonga o‘t ketarkan, qushning o‘zi ham o‘tinga qo‘shilib yonarkan. Uning kulidan ja yangi «Qaqnusbacha» bosh ko‘tarib, o‘tin yig‘ishga tushar ekan». Buyuk shoir Farididdin Attorni ota Qaqnusga, o‘zini esa u yoqqan va yongan olov kulidan chiqqan «Qaqnusbacha»ga qiyos qilgan edi.

Asarda «Ko‘rlar va fil hnkoyati» ham berilgan bo‘lib, unda ko‘rlar siymosida chalamullalar va asli hindistonlik donishmand siymosida ma’naviy barkamol odam gavdalantirilgan. Yoshligida shoir Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») asarini sevib o‘qigan edi, Qushlar xayoli Alisherga bir umr hamroh bo‘lib. umrining so‘ngida ushbu «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarini yozdi.



Alisher Navoiy Hayoti va ijodiNING QisQacha solnomasi

1. 1441 yil 9 fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan sana.


2. Hirot — Alisher Navoiy tavallud topgan shahar. Xuroson davlatining poytaxti.
3. G‘iyosiddin Bahodir (Kichkina) — Alisher Navoiyning otasi, Temuriylar xonadoniga yaqin amaldorlardan.
4. Onasining ismi hech bir tarixiy manbalarda uchramaydi. Ammo, otasi va onasi o‘z davrining ma’rifatli kishilaridan bo‘lgan, Temuriylar saroyida xizmat qilgan:
Otam bu ostonning xokbezi,
Onam ham bu sara bo‘ston kanizi (“Badoyiul-bidoya”).
5. Mirsaid Qobuliy, Muhammad Ali G‘aribiy — Alisher Navoiyning tog‘alari, o‘z davrining ma’rifatli kishilari, shoirlari.
6. 1445 yil. 4 yoshli Alisher Navoiy oliy nasab oilalarning farzandlari ta’lim oladigan maktabga boradi, shu paytdan yozish, o‘qishni o‘rganadi.
7. Qur’oni karim, Sa’diy Sheroziyning “Bo‘ston”, “Guliston”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonlari — Alisher Navoiyning ilk marotaba o‘qigan kitoblari, “Mantiq ut-tayr”ni to‘liq yod olgan.
8. Husayn Boyqaro — Alisher Navoiyning maktabdosh do‘sti, keyinchalik (1469-1506) Xuroson davlati hukmdori. 
9. 1447 yil. Navoiylar oilasi Iroqqa ko‘chib ketadi. Iroqning Taft shahrida mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy va yosh Alisher Navoiyning tarixiy uchrashuvi yuz beradi. Alloma yosh Alisherni — “Umring uzoq, boshing omon bo‘lsin. Olim, fozil bo‘lib, yaxshi obro‘ga erishgaysan”, – deb bashoratomuz duo qiladi. 
10. 1450 yil. Navoiylar oilasi yana Hirotga qaytadi. Otasi G‘iyosiddin Bahodir Sabzavor viloyati hokimi etib tayinlanadi. 
11. 1452 yil. Navoiylar oilasi Hirotga qaytib keldi.
12. Xoja Yusuf Burhon — o‘z zamonasining mashhur musiqashunosi. Alisher Navoiyga musiqa sirlarini o‘rgatgan ilk ustozlardan. 
13. Mirshohiy — Alisher Navoiy 10-12 yoshlarida bu keksa shoir bilan she’riy yozishmalar qilib turgan. 
14. Lutfiy — Alisher Navoiyning ustozi, 
“Orazin yopg‘och ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh”, deb boshlanadigan yosh Alisher Navoiy g‘azaliga, agar iloji bo‘lsa, o‘zining o‘n-o‘n ikki ming turkiy va forsiyda yozgan she’rlarini almashtirmoqchi bo‘lgan shoir.
15. “Navoiy” (“Navo” so‘zidan) — o‘zbek tilidagi she’rlari taxallusi.
“Foniy” (“Fano” so‘zidan) — Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi she’rlari va “Lison ut-tayr” dostonida qo‘llagan taxallusi.
16. 1457 yil. Alisher Navoiy 16 yoshida otasi G‘iyosiddin Kichkina vafot etadi. Shu yil Abulqosim Bobur xizmatiga kiradi. Mashhad shahrida o‘qishni davom ettiradi. Sayyid Hasan Ardasher, Komil Turbatiy singari mashhur shoirlar bilan tanishadi, yaqindan do‘stlashadi. 
17. 1459 yil. Temuriylardan Abusaid Xuroson taxtini egallaydi, Alisher Navoiy va uning yaqin qarindoshlari ta’qibga uchraydi, xususan, tog‘alari Mir Sayid (taxallusi Kobuliy) va Muhammad Ali (taxallusi G‘aribiy)lar qatl qilinadi. 
18. 1465 yil. Alisher Navoiy Samarqandga keladi, Movaraunnahrning ijtimoiy-siyosiy, jug‘rofiy holati bilan tanishadi. 
19.Fazlulloh Abulays Samarqandiy, Aloyi Shoshiy — Alisher Navoiyga Samarqandda tahsil bergan mashhur olimlar.
20.Mirzo hoji So‘g‘diy, Sayyid Qutb Samarqandiy, Yusuf Safoiy, Shayxim Suhayliy — Alisher Navoiy tanishgan va muloqotda bo‘lgan samarqandlik shoirlar.
20.1469 yil. Hirot taxtini Sulton Husayn Boyqaro egallaydi, Alisher Navoiy Hirotga qaytadi, muhrdor lavozimiga tayinlanadi, keyinchalik amirlik (1472 yilda) martabasiga ko‘tariladi. 
21.1476 yil. Alisher Navoiy — buyuk mutafakkir, shoir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashadi, uni o‘ziga ustoz va pir deb biladi. 
22.XV asrning 70-yillari o‘rtalarida o‘zining birinchi devoni — “Badoyi’ ul-bidoya”ni tuzdi. 
23.1476-1483 yillar orasida ikkinchi devoni — “Navodir un-nihoya” yaratildi.
24.1483-1485 yillar o‘zining 51 ming 230 misradan iborat mashhur “Xamsa”sini yaratdi. 
25.1487 yil. Alisher Navoiy Astrobod viloyati hokimi etib tayinlandi. 
26.1482-1489 yillar orasida o‘zining “Vaqfiya”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki Ajam” singari asarlarini yozdi. 
27.1490 yil. “Holati Sayyid Hasan Ardasher” asari yaratildi. 
28. 1491 yil. “Risolai muammo” asarini va “Majolis un-nafois”ni yozib tugalladi va keyinchalik qayta to‘ldirdi.
29.1492-1494 yillar oralig‘ida Abdurahmon Jomiy haqida “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”) asarini yaratdi. 
30.1492-1498 yillar oralig‘ida “Munshaot”, “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”), “Holati Pahlavon Muhammad”, “Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabadasi”) asarlarini yozib tugatdi. 
31.1491-1498 yillar orasida “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”), “Devoni Foniy”ni tuzdi. 
32.1498-1499 yillarda “Lison ut-tayr” falsafiy dostonini, “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til haqida muhokama”)ni yozdi. 
33.1500 yil so‘nggi yirik asari — “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) asarini yozdi. 
34.1501 yil 3 yanvarda Alisher Navoiy vafot etdi. ("Ma'rifat" gaz

Alisher Navoiyning barhayot merosi


Download 46.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling