Alisher navoiy (1441–1501) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 7-mavzu
Sanoe’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen
Download 3.32 Mb.
|
alisher-navoiy-10-sinf-7-mavzu
Sanoe’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen». Biz Navoiyning aruz ilmini Darvesh Mansurdan o‘rganganligini yaxshi bilamiz. Darvesh Mansur esa Yahyo Sebakdan tahsil olgan. Bu yerda mana shu «vosita» nazarga olingan.
Asarda Navoiyning shaxsiy hayotiga, tarjimayi holiga aloqador ko‘plab fakt va voqealar ham aks etgan. Jumladan, ikkinchi majlisda Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy haqida gapirib turib, o‘zi bilan bevosita bog‘liq bir hodisani ham qayd etadi. Taqdir taqozosi bilan (Xurosondagi nomunosib shart-sharoit tufayli) Alisherlarning oilasi ham o‘z yaqinlari bilan Iroqqa yo‘l olishadi. Ular Taft shahrida bir muddat dam olish uchun to‘xtashadi. Bu shaharda mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashar erdi. Tasodifan, jamoa shu olim yashaydigan joy yaqinida to‘xtagan ekan. U kishi o‘ynab yurgan bolalardan birini chaqiradi. Bu bola yosh Alisher edi. «Faqir alar sari borurg‘a muvaffaq bo‘ldum. Har neki so‘radilar javob ayttim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dag‘i so‘rdilarkim, maktabg‘a boribmusen? Dedimkim: boribmen. Dedilarki, ne yergacha o‘qibsen? Dedimkim, «taborak» surasig‘acha. Dedilarkim: bu jamoa atfoli (bolalari)din biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno bo‘ldung. Sening uchun fotiha o‘quli (o‘qiylik) deb o‘z fotihalarig‘a musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi (otasi) va ul xayl ulug‘lari kelib, Mavlono xizmatida anvoyi niyozmandlig‘lar (iltijo va iltifotlar) qilg‘ondin so‘ngra, faqirg‘a andoq shuur hosil bo‘ldi angakim, «ne kishi erkandurlar». Navoiy aruz ilmiga bag‘ishlab «Mezon ul-avzon» degan asar ham yozgan. Unda aruz vazning mohiyati, tuzilishi, bu vaznning turlari, juzv va ruknlari, bahrlari haqida ma’lumot beradi. Bu asarida tuyuq, qo‘shiq, chinga (yor-yor), muhabbatnoma, aruzvoriy, turkiy singari she’riy shakl va janrlar haqida ham ma’lumot beradi. Xondamir qayd etganiday: «Haqiqatan, ul hazratning she’r nozikliklari to‘g‘risida mahoratlarining ko‘pligi bu risoladan anglanadi. Chunki o‘tmishdagi shoirlar sezgilarining nuri tushmagan bir qancha maqbul bahrni aruz doirasiga qo‘shganlarki, u qimmatli nusxa mutolaa qilinsa, bu nukta ma’lum bo‘ladi». Navoiy muammo haqida « Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling