Alisher navoiy (1441–1501) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 7-mavzu
Download 3.32 Mb.
|
alisher-navoiy-10-sinf-7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xamsa
- Majolis un-nafois
- Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko‘p ulum va fununda mohir erdi.
Alisher Navoiy maqbarasi (Hirot)
Bu davrda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ijodi jahon adabiyotining eng porloq namunalari sifatida e’tirof etildi. Badiiy ijodning ikki tilda yaratilishi ham shu davrning muhim xususiyatlaridan edi. Navoiy, Bobur mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo (1451–1494) singari ijodkorlar ikki tilda she’rlar yaratgan. Zullisonaynlik an’anasi ham Navoiy timsolida o‘zining oliy cho‘qqisiga ko‘tarildi. Alisher Navoiy boshchiligidagi adabiy harakat turkiy til mavqeyi uchun qattiq kurash olib bordi va bu borada olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Alisher Navoiy faqat o‘zbek emas, balki butun turkey xalqlar adabiyoti, jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub bo‘lgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ularning mazmun va yuksak badiiyatiga ko‘ra ham tengsiz adibdir. Navoiyning kichik zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan: «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi «Xamsa» javobida, yana biri «Mantiq ut-tayr» vaznida «Lison ut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot devoni tartib qilibtur: «G‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoyi ul-vasat», «Favoyid ul-kibar» otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana «Mezon ul-avzon» otliq aruz bitibtur... Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur. Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur». Navoiy adabiyotshunos sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab ilmiy asarlar muallifdir. Xususan, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvc hi, ijodkor haqidagi ma’lumotlar jamlangan. «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi», – deb bildiradi Xondamir. Asar 8 majlisdan iborat: dastlabki majlislar xronologik tartibda, ya’ni vaqtning qadimdan shoirning zamonasigacha bo‘lgan yo‘nal ishi qamrovida olingan. Keyingi majlislarda ijodkorlarning yashash joylariga ko‘ra tuzilgan, ya’ni bunda min taqaviy (geografik) tamoyil amal qilgan. Yettinchi majlis Temur va temuriylarga, sakkizinchi majlis esa birgina Husayn Boyqaroga atalgan. Asar faqat adiblarning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan cheklanib qolmagan. Unda adabiyot nazariyasi, she’r san’atlari, madaniy hayot voqealari ham o‘ziga xos tarzda aks etgan. Ayrim maqolalarda adiblarning shaxsiy fazilatlari, alohida xususiyatlari ham ochib berilgan. Masalan, mashhur shoir Yahyo Sebak haqida shunday deydi: «Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko‘p ulum va fununda mohir erdi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling