Alisher navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar


Download 59.41 Kb.
bet3/8
Sana22.02.2023
Hajmi59.41 Kb.
#1222824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Alisher Navoiy o‘z asarlarini yaratishda so‘zga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Har bir so‘zning qadr-qimmatini chuqur anglaydi. Navoiy uchun so‘z fikrlarni ifodalash vositasigina emas, balki inson ko‘nglini zabt etuvchi, juda katta qudratga ega quroldir. U «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida so‘zga shunday ta’rif beradi:
So‘z gavharedurki, rutbasining
Sharhidadur ahli nutq ojiz,
Andinki erur xasis muhlik
Ko‘rg‘azguchadur Masih mo‘jiz [1. 5 ].
Ya’nikim, so‘z bir gavhardir. Biroq uning bahosini nutq egalari berurga ojizdirlar. U shu qadar qudratliki, yomoni halok qilishi, yaxshisi Masih kabi mo‘jizalar ko‘rsatishi mumkin. Darhaqiqat, Navoiy asarlarida biz so‘zning ana shunday go‘zal mo‘jizalar ko‘rsatganligining guvohi bo‘lamiz.
Navoiy ijodi va qipchoq lahjasi haqida so‘z yuritganda, shuni ta’kidlash joizki, shoir o‘z davridagi qipchoq lahjasini shu bilan bir qatorda, o‘g‘uz, qarluq lahjalarini ham puxta bilgan. Nafaqat bilgan, balki ularga adabiy tilni boyituvchi manba sifatida qaragan. Asarlarida ulardan keng foydalangan. Chunki xalq shevalari faqatgina millatning o‘ziga xosligini, milliyligini aks ettiribgina qolmasdan, adabiy tilda mavjud bo‘lmagan, ijodkor uchun nihoyatda muhim bo‘lgan xususiyatlarni-da ifodalagan. Quyida bu fikrimizga dalil bo‘luvchi misollarni ko‘rib o‘tamiz.
Navoiy ilmiy merosida qipchoq dialektining fonetik xususiyatlariga oid elementlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu borada birinchi navbatda unlilar tizimi diqqatimizni tortadi. Ma’lumki, eski o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimidan farq qiladi. Eski o‘zbek tilida unlilar soni singarmonizm qonuniyati talabi bilan old va orqa qator variantlarda jami 9 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich qipchoq lahjasidagi unlilar soni bilan bir xil. Eski o‘zbek tilida til oldi lablanmagan unlilar i, e, ӓ til orqa lablanmagan unlilar ı, a; til oldi lablangan unlilar ű, ө va til orqa lablangan unlilar u, o sanaladi. Bu esa qipchoq lahjasi unlilar tizimi bilan umumiylikni ifodalaydi. Ya’ni, qipchoq lahjasida ham til oldi lablanmagan unlilar i, e, ӓ, til orqa lablanmagan unlilar ı, a; til oldi lablangan unlilar ű, ө va til orqa lablangan unlilar u, o. Navoiy qo‘llagan unlilar esa 11 tani tashkil etadi. Demak, Navoiy qo‘llagan unlilar tizimi ham eski adabiy tilning talablariga to‘la javob bergan, ham o‘z davrining dialektlariga xos xususiyatlarni aks ettirgan. Undan tashqari, qo‘shimcha imkoniyatlarga ham ega bo‘lgan. Ya’ni o‘g‘uz, qipchoq, qarluq lahjasi vakillari shoir ijodini o‘z talaffuz tizimlariga moslab o‘qiy olganlar. Shu bilan birgalikda bu tizimdagi unlilardan foydalanish tildagi bir qancha muammolarga barham bergan.
11 talik unlilar tizimidan foydalanish qipchoq lahjasi, umuman olganda, turkiy tillar oilasiga xos bo‘lgan singarmonizm hodisasining ifodalanishiga ham sabab bo‘lgan. Singarmonizm hodisasi so‘z tarkibida unlilar tizimining uyg‘unlashuvidir. Ba’zan undoshlarda ham bu hodisa kuzatiladi. Bu hodisa qadimgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan. Hozirda ham singarmonizm hodisasiga turkiy tillarning asosiy qismida qat’iy amal qiladi. Ayniqsa, qirg‘iz tilida. Biroq hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyati deyarli uchramaydi. Biz bunga asosan xalq shevalarida duch kelamiz. Dialektolog olim S.Ashirboyev bu hodisani quyidagicha izohlaydi: «Singarmonizm qonuni ikki sifat ko‘rinishiga ega:
1.Lingval yoki palatal (tanglay) singarmonizmi. Bu qonuniyatga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator unlilar qatnashgan bo‘lsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator unlilar ishtirok etadi, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida orqa qator unlilar ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham orqa qator unlilar qatnashadi.
2. Labial singarmonizm. Bu qonuniyatga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator lablangan unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator lablangan unli qatnashadi, aksincha, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida lablangan orqa qator unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham orqa qator lablangan unli qatnashadi»2.
Navoiy asarlari tilida singarmonizmning har ikki turini ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, «Saddi Iskandariy» dostonidagi baytlarda:
Karama aylab iki qo‘lum qo‘ldangiz,
So‘z iqlimi sori meni yo‘ldangiz [ 2. 33].
Yoki:
Bu vodiy aro Xizri rohim bo‘lung,
Qayon yuz ketursam panohim bo‘lung [2. 33].
Birinchi baytdagi qo‘lum so‘zida tanglay singarmonizmi kuzatilgan. Bunda so‘z boshida kelgan chuqur til orqa tovushi q ta’sirida o‘ unlisining asos va qo‘shimcha tarkibida orqa qator varianti ishlatilgan. 2-baytdagi bo‘lung birligida esa labial singarmonizmni kuzatamiz. So‘zning birinchi bo‘g‘inida ham, ikkinchi bo‘g‘inida ham til orqa lablangan o‘ unlisi ishtirok etgan.
Unlilarning bu tarzda qo‘llanishi so‘zlardagi ma’no farqlanishiga ham asos bo‘lgan. Misol uchun xuddi shu dostondagi quyidagi misralarga e’tibor qarataylik:
Jamolingki mehri jahontob o‘lub,
Xafo pardasi ichra noyob o‘lub [ 2. 3].
Va:
Manga chu nasib o‘ldi mayxonaye ,
Sumur sen dog‘i paymonaye [2. 5].
Yoki :
O‘lukni birov nutqi etsa tirik,
Agar haqdur, ul nukta bordur irik [ 2. 655].
Yuqoridagi baytlarda o‘lmoq fe’lining ikki xil ma’no anglatib kelganligining guvohi bo‘lamiz. Dastlabki baytlarda til orqa o unlisi bilan kelgan birliklar bo‘lmoq ma’nosini anglatgan. So‘nggi baytdagi o‘luk so‘zidagi til oldi ө unlisi o‘lik, vafot etgan ma’nosini ifodalash uchun qo‘llangan. Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, Alisher Navoiy eski o‘zbek adabiy tilidagi unlilarning orqa va old qator variantlar bilan qo‘llanilishining nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi anglagan. Unlilarning bu tarzdagi variantlari eski o‘zbek adabiy tilida, albatta, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan. Ular asrlar davomida turli sheva dialektlarining ta’siri natijasida vujudga kelgan.
Quyidagi baytlarda ham singarmonizm hodisasini kuzatamiz:
Gar ul fitna ya’jujig‘a chekti sad

Download 59.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling