Alisher navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
Download 59.41 Kb.
|
Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
Ki, Dorog‘a chun yett borg‘on rasul ,
Skandar qazoyosig‘a berdi tul [ 2 . 174]. Sifatdoshning o‘tgan zamon shakllari -g‘an/-gan//-qan/-kan eski o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llanilgan. Bu qo‘shimchalarning tilda kuzatilishi XI asrga borib taqaladi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devoni lug‘atit-turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlarida ushbu affikslarning dastlabki namunalari uchraydi. Navoiy ijodida bu shakllarning barchasi qo‘llanilgan. Shu bilan birgalikda -g‘an affiksining sheva varianti -g‘on ham uchraydi. - g‘on o‘tgan zamon sifatdoshi qipchoq shevalarida bugungi kunda ko‘p hollarda uchraydi. Shoir bu qo‘shimchadan asosan singarmonizm talabiga javob berish maqsadida foydalangan. 2. Harakat nomining -maq va -mak shaklining qo‘llanilishi. Bu affikslar tilimizda eng qadimgi davrlardan buyon qo‘llanilib kelingan. Ayniqsa, O‘rxun- Enasoy yodgorlklarida juda faol uchraydi. Keyingi davrlarda uning foydalanish doirasi yanada kengayadi. Faqatgina bugungi kunga kelib ushbu qo‘shimchalarning qo‘llanilishi ayrim shevalar bilangina chegaralangan. Navoiy ijodida -maq, -mak, -moq shakllari singarmonizm hodisasini yuzaga keltirish uchun ishlatilganining guvohi bo‘lamiz. Bunda -maq hamda -moq shakllari unlilarning til orqa variantlari bilan, -mak shakli esa til oldi variantlari bilan qo‘llaniladi. Quyidagi misollar fikrimizni asoslaydi: Nechukkim el ollig‘a bo‘lg‘ay samon , Yetishmak hamonu – sovurmoq hamon [2. 181]. Yoki: Aning chiqmog‘i bo‘yla bevahmu pos, Anduv haylig‘a soldi behad haros [2.181]. 3. Ravishdoshning -ib affiksining -up tarzida qo‘llanilishi: «Va lekin tillarida kamol va nuqson haysiyatidin fohish tafovutlardurki, alfoz va iborat vaz qilurda turk sortqa foyiq kelibdur va o‘z alfozida ishorat, iboratig‘a maziyatlar ko‘rguzupturki, o‘z mahalida inshoollo mazkur bo‘lg‘ay» [1. 8]. 4. Ravishdoshning -guncha affiksi -gincha shaklida qo‘llanilishi:«...bu kunga degincha hech kishi haqiqatig‘a mulohaza qilmag‘on jihatdin bu yashurun qolibdur» [1. 20]. Ravishdoshning -incha shakli o‘zbek tili tarixida XV asrga qadar keng qo‘llanilgan. Payt, qiyoslash, daraja-miqdor ma’nolarini ifodalagan. U bizgacha bir tomondan badiiy asarlar tili va ikkinchi tomondan shevalar orqali yetib kelgan. Samarqand viloyatning ayrim tumanlari shevasida hanuzga qadar so‘zlashuvda qo‘llaniladi. 5. Jo‘nalish kelishigi -ga ning -g‘a varianti: Yo‘q ulkim qochib, shahg‘a bedod etib Ki, borib aduvsig‘a imdod etib [2. 222]. Eski o‘zbek adabiy tilida jo‘nalish kelishigining -g‘a shakli -ga/-qa/-ka affikslari qatorida asosiy hisoblangan. -g‘a shakli unli hamda jarangli undosh bilan tugagan, yumshoq o‘zakli so‘zlarga qo‘shilgan. Hozir ham qishloq tipidagi shevalarda uyg‘a bormoq, bozorg‘a tushmoq, tovg‘a chig‘moq kabi birikmalar tarkibida uchraydi. Demak, hozirgi adabiy til uchun tarixiy variant sanalgan -g‘a shakli shevalarimiz tarkibida hamon saqlanib kelmoqda va uning o‘ziga xos jihati sifatida qaralmoqda. O‘rin-payt kelishigi -da ning -ta varianti: Har ishta zamon ahlining foyiqi Ki, to bo‘lg‘ay ul shohlig‘ loyiqi. [2.116] Ushbu shakl jarangsiz undosh bilan tugagan so‘z asoslariga qo‘shilgan. Qipchoq lahjasiga mansub shevalardagi faol qo‘shimchalardan biri hisoblanadi. 7. Chiqish kelishigining -tin shakli: Shah ollig‘a chobuksuvori daler, Yetib, sekribon ottin andoqki sher [2. 495]. Bilamizki, chiqish kelishigi turkiy tillar kelishiklari taraqqiyotida nisbatan keyingi davrlarda shakllangan. Uning o‘rnida o‘rin-payt kelishigi iste’molda bo‘lgan. -tin shakli XV-XVII asrlar davomida faol qo‘llangan. Bu shakl jarangsiz undoshdan keyin qo‘shilgan hamda so‘zda singarmonizmni hosil qilgan. Qipchoq shevalarida hozirda juda faol. 8. Sifatning orttirma darajasini hosil qiluvchi shakllar:«Va yana bir rang yo bir sifatning humuli holig‘a mubolag‘a uchun aning avvalida, avval harfig‘a bir «p» yo «mim» izofa qilib, ul shay’g‘a zond qilurlar: «p» misoli: оp-оq, qоp-qоrа, qip-qizil, sap-sarig‘, yup-yumaloq, yap-yassi, оp-оchug‘, chup-chuqur, bu nav’ xili ham topilur; «mim» misoli: ko‘m-ko‘k, yam-yashil, bo‘m-bo‘z» [1.19]. Bugungi kunda nafaqat shevalarda, balki hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham sifatning orttirma darajasi shu tarzda hosil qilinadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘rtasida shevalar bir ko‘prik vazfasini bajaradi. 9. Qiyosiy daraja shakli -raq hamda -rak: «Va she’rning bino va madori ishqqa evrulur va oshiqlikda yig‘lamoqdin kulliyraq va doimiyroq amr yo‘qtur...» [1.10]. Boridin itikrak xiromi aning, Vale tegmayin yerga gomi aning [2. 8]. 10. Bilan ko‘makchisining bila shaklida kelishi: Vujud ahlining komi judung bila, Kelib jud qoyim vujudung bila [2. 2]. Ushbu sof ko‘makchi eski o‘zbek adabiy tilida birlan, bilan shakllarida ham qo‘llangan. Bugungi kunda qipchoq shevalarida ushbu ko‘makchi bila, billa shaklida uchraydi. 11. Sari ko‘makchisining sori shakli: Chu Mahdum topti duo sori yo‘l, Yana ochtilar borcha oming‘a qo‘l. [2.657] Sari ko‘makchisining sori tarzida qo‘llanilishi aruz vazni bilan bog‘liqdir. Ushbu baytda cho‘ziq bo‘g‘in hosil qilish maqsadida sari shakli sori tarzida kelgan. Aytish mumkinki, shevaga xos so‘zlarning imkoniyati shu qadar kengki, ulardan she’riyatda ham unumli foydalansa bo‘ladi. 12. Dog‘i bog‘lovchisi: Kerak ul nasihat dog‘i narmro‘y Ki, to mustami’ bo‘lmag‘ay tundxo‘y [2. 173]. 13. III shaxs birlikdagi kishilik olmoshining ul varianti: Kim, ul yog‘dirib abri ehsonini, Eramdek qilib mulk bo‘stonini [2. 116]. Kishilik olmoshining birlikdagi ushbu shakli eski o‘zbek adabiy tiliga aynan shevadan o‘tganligi haqida ko‘pchilik tilshunoslar taxmin qiladilar. Xususan, til tarixi sohasida faoliyat olib borgan Sh. Shukurov shunday fikrlarni bildiradi: «Kishilik olmoshining III shaxs birligi eski o‘zbek tilida alif-u vov-u lom orqali اول shaklida yozilgan. Bu olmosh ol tarzida yoki ayrim shevalarda ul , ayrimlarida ol tarzida talaffuz qilingan bo‘lishi ham mumkin. Lekin bu haqda aniq ma’lumotga ega emasmiz. Shuning uchun bu olmoshni ba’zi tadqiqotchilar ol, boshqalari ul tarzida transkripsiya qiladilar»3. Kishilik olmoshi ul ning hozir ham o‘zbek shevalarida mavjudligini hisobga olsak, uning eski o‘zbek tilidagi shakli ham shevalardan olinganligiga amin bo‘lamiz. 14. -la so‘z yasovchi affiksining -da varianti qo‘llanilishi: « ...,qimirdamoq,... »[1. 9]. -la affiksi fe’l yasovchi affiks sifatida qipchoq dialektida -da shaklida ham kuzatiladi. Aynan shu qo‘shimcha orqali shevada bidirdama, tipirdama kabi shakllar hosil qilingan. Alisher Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos morfologik elementlar ana shulardan iborat edi. Albatta, bu hammasi emas. Tadqiqot asosiga ikkitagina asar olindi, xolos. Holbuki, Navoiy ijodiy merosida shunday asarlar borki, ularning til xususiyatlarini o‘rganish har bir tilshunosga olam-olam ma’no va zavq ulashadi. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari leksikasini o‘rganish jarayonida shevaga xos so‘zlarni ko‘plab uchratamiz. So‘z mulkining sultoni turkiy tilning nihoyatda rang-barangligi, imkoniyat doirasi cheksizligini shu yo‘sinda ifodalashni lozim topgandir, ehtimol. Chunki xalq shevalari millatimizning ma’naviy boyliklaridan biridir. Unda tariximiz, o‘zligimiz, an’analarimiz va bugunimiz tom ma’noda aks etadi. Til taraqqiyotida ham sheva elementlari ichki boyish manbayi hisoblanadi. Shoir asarda fors tilida muqobili bo‘lmagan 100 ta turkiy tildagi fe’lni keltiradi. Ana shu fe’llardan 30 tasi shevaga xos fe’l shakllaridir. Shuning o‘ziyoq fikrlarimiz rostligini dalillaydi. Quyida Navoiy ijodidagi qipchoq lahjasiga oid leksik elementlarni tahlil qilish jarayonida bunga yana bir bor amin bo‘lamiz. «Muhokamat ul-lug‘atayn»da Navoiy kasb, narsa-buyum nomlari, hayvon nomlari, harakat va holat fe’llarini ifodalashda shevaga xos birliklarga murojaat qiladi. Bilamizki, shevaga xos so‘zlar adabiy tildan fonetik va leksik jihatdan farqlanadi. Asarda ham xuddi shunday holni kuzatamiz. Dastlab qipchoq lahjasi fonetikasiga mos ravishda aytiluvchi leksik birliklarga misol keltiramiz. 1. Bila: «...bu tashrif bila borisidan imtiyoz topti» [1. 3]. Download 59.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling