Alisher navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
Download 59.41 Kb.
|
Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ключевые слова: кипчакский диалект, фонетический анализ, гласный строй, сингармонизм, лексический анализ, морфологические формы.
KIRISH Alisher Navoiy ijodi shoir hayot bo‘lgan chog‘laridayoq zamondoshlari tomonidan jiddiy o‘rganilgan. Bugungi kunga qadar uning deyarli barcha asarlari mukammal ravishda tadqiq etilgan. Ayniqsa, XX asrga kelib bu boradagi ishlar o‘z cho‘qqisiga yetdi. Biroq so‘z ustasi Alisher Navoiyning ijodiga xos bo‘lgan dialektologik xususiyatlar ko‘p ham yoritilmagan. Bu boradagi tadqiqotlar taniqli tilshunos, dialektolog olim Xudoyberdi Doniyorov tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida ma’lum izlanishlar olib borilgan edi. «Eski o‘zbek adabiy tili va qipchoq dialektlari» monografiyasida Alisher Navoiy ijodiga xos qipchoq lahjasi elementlarini yoritib shunday fikrlarni bildiradi: «Alisher Navoiy asarlarining tilida qipchoq elementlari ko‘plab uchraydi. Bu hol qipchoq shevalarining eski o‘zbek adabiy tilida keng ishtirok etganligini yanada yaqqolroq va yanada to‘laroq qilib isbotlaydi. Navoiy asarlari tilini sinchiklab kuzatish shuni ko‘rsatadiki, qipchoq elementlari Alisher Navoiy asarlari tilining fonetikasida ham, leksikasida ham, grammatik xususiyatlarida ham va stilistikasida ham ko‘plab uchraydi»1. Alisher Navoiy yashagan davrda o‘g‘uz, qipchoq, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjalariga oid bo‘lgan shevalarda so‘zlashilgan. Navoiy ijodida ham ushbu shevalarga oid unsurlar ko‘plab uchraydi. Shunisi e’tiborliki, tadqiqotlar natijasida biz bu lahjalarning eski o‘zbek adabiy tili bilan juda yaqin munosabatda bo‘lganligini ko‘ramiz. Demak, o‘sha davr adabiy tilining takomili uchun xuddi hozirgi kundagidek shevalar muhim ahamiyat kasb etgan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Alisher Navoiy ijodiga xos qipchoq lahjasi elementlarini aniqlashda shoirning «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Saddi Iskandariy» asarlaridan foydalanildi va bu asarlardagi qipchoq lahjasi elementlari hozirgi davr qipchoq lahjasi elementlari bilan qiyoslanildi. Qo‘shimcha tarzda, shoirning asarlari lug‘atlariga ham murojaat qilindi hamda ulardagi sheva so‘zlari aniqlandi. Download 59.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling