Alisher navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
Download 59.41 Kb.
|
Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
2. Ko‘ngul va dog‘i: «Ko‘nguldin dog‘i so‘z durri nutq sharafiga sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish ko‘rguzur» [1. 4].
3. Emdi: «Emdi kelduk so‘z bayonig‘a va kalom dostonig‘a» [1. 6]. 4. Igirmak, ishanmoq, qimirdamoq, yolinmoq, indamamak, tomshimoq, sipqormoq, sizg‘urmoq, jiyjaymoq, jurkanmak, jirg‘amoq, suqlatmoq [1. 9]. Ushbu fe’l shakllari qipchoq shevalarida hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi. Uluq: «...va uluq qardosh va kichik qardosh...» [1. 16]. «Muhokamat ul-lug‘atayn»da qipchoq lahjasiga oid bir qancha leksik birliklarni uchratishimiz mumkin. Ushbu parchaga e’tibor qarataylik: «Va uluq qardosh va kichik qardoshni ikkalasin “barodar” derlar va turklar ulug‘ni – “og‘a” va kichikni “ ini “ derlar. Va alar ulug‘, kichik qiz qardoshni ham “xohar” derlar: Va bular ulug‘ni “egachi” va kichikni “singil” derlar. Va bular otaning og‘a-inisini “ abog‘a” derlar. Va onaning og‘a-inisin “tag‘oyi” derlar... » [1. 16]. Navoiy bu yerda turkiy va forsiy tillardagi qarindoshlikni bildiruvchi otlarni o‘zaro qiyoslaydi. Bilamizki, fors tilida akaga ham va ukaga ham nisbatan برادر ( barodar), opa yoki singilga nisbatan bir xilda خواهر (xohar) so‘zi ishlatiladi. O‘zbek tilida esa qarindosh-urug‘ni bildirish uchun har biriga alohida leksemadan foydalaniladi. Ahamiyat bersak, o‘zbek tilidagi qarindosh-urug‘chilikni bildiruvchi so‘zlarning asosiy qismini shevaga xos birliklar tashkil etadi. Yuqoridagi misolda ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. Eski o‘zbek tilida og‘a va ini so‘zlari adabiy me’yor hisoblangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa og‘a o‘rniga aka, ini o‘rniga uka leksemalari me’yor deb qaraladi. Biroq og‘a so‘zi o‘g‘uz guruhiga mansub shevalarda, ini so‘zi esa qipchoq guruhiga mansub shevalarda faol ishlatiladi. Bundan tashqari, tag‘oyi, egachi so‘zlari ham qipchoq lahjasiga xos. Obog‘a so‘zi esa qarluq va qisman qipchoq shevalarida ayrim o‘zgarishlar bilan obog‘dada shaklida uchraydi. «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida hayvon nomlarining berilishida ham shevaga oid leksik birliklarni kuzatamiz: «Dag‘i turk o‘rdakning erkagin “so‘na va tishisin “bo‘rchin“ derlar» [1. 17]; «Va otning yoshin dag‘i ko‘prakni turkcha ayturlar. Bir qulunni “kurra“ derlar» [1. 17]. Bu misollardagi so‘na, kurra birliklari qipchoq lahjasi tipidagi shevalarda hanuzgacha saqlanib qolgan. Bulardan tashqari, asarda quyidagi qipchoq shevasiga xos so‘zlar mavjud. Bosh kiyim turi: to‘ppi, qalpoq (qarluq va qipchoq lahjalarida) [1. 17]. Ot anjomlari: eyar, jibilgir, to‘qum [1. 17]. Taom nomlari: qatlama, qurut [1. 17]. Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘atlariga ham e’tibor qaratsak, shevaga xos birliklarning bir qanchasini uchratamiz: Download 59.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling