Mundarija kirish kirish


Download 53.44 Kb.
bet1/5
Sana29.04.2023
Hajmi53.44 Kb.
#1401406
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishidan maqsad shuki


MUNDARIJA
KIRISH

KIRISH
O'zbek tilining ko'p asrlik taraqqiyoti davomida uning morfologik qurilishi ham rivojlanib, takomillashib keldi: yangi grammatik shakllarning vujudga kelishi natijasida qadimdan faol iste'molda bo'lib kelgan shakllarning bir guruhi o'zining mavqeini yo'qota bordi, ayrimlari esa ma'lum davrlarga kelib iste'moldan chiqib qoldi; yonma-yon qo'llanib kelgan grammatik shakllar vazifasi jihatdan o'zaro farqlana bordi; ayrim grammatik shakllar shaklan o'zgarib, takomillasha bordi va hokazo. Yozma manbalarning ko'rsatishicha, o'zbek tilining morfolo-gik qurilishi taraqqiyotini uchta katta bosqichga bo'lish mumkin: Birinchi bosqichni XIV asrning oxirlarigacha bo'lgan davr tashkil etadi. Bu davr eski o'zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bo'lib, yonma-yon qo'llanuvchi vazifadosh shakllarning ko'pligi, qadimgi shakllarning keng qo'llanib kelishi, dialektal yoki boshqa turkiy tillarga mansub bo'lgan shakllarning ko'plab iste'molda bo'lishi kabi holatlar bilan izohlanadi. Ikkinchi bosqich XIV asr oxirlari-dan XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda eski o'zbek adabiy tili shakllangan bo'lib, uning grammatik qurilishi ma'lum darajada tartibga tushganligi ko'ri-nadi. O'zbek tilining morfologik qurilishi taraqqiyotidagi uchinchi bosqich XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda matbuot vujudga keldi va o'zbek tilida gazeta, jurnal, kitoblar nashr etila boshladi. Bu esa, o'z navbatida, adabiy til bilan so'zla-shuv tilining yanada yaqinlasha borishiga va adabiy tilning, xusu-san, uning morfologik qurilishining so'zlashuv tili hisobiga boyib borishiga zamin yaratdi.
Oʻzbek tilining dastlabki taraqqiyot bosqichidan to bizning hozirgacha boʻlgan davrdagi xususiyatlari toʻg’risida soʻz boradi. Bu fan oʻzbek tilining bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasini kuzatadi, davrlar osha yetib kelgan qoʻlyozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi faktik materiallarga suyangan holda fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik hamda sintaktik sathlarda sodir boʻlgan oʻzgarishlar va ularni yuzaga keltirgan lingvistik va ekstralingvistik omillar xususida bilim beradi. Ikkinchi bosqich X IV asr oxirlaridan X IX asming ikkinchi yarmiga qadar bolgan davmi o‘z ichiga oladi. Bu davrd a eski o ‘zbek adabiy tili shakllangan b o ‘lib, uning grammatik qurilishi ma’lum darajada tartibga tushganligi ko‘rinadi. 0‘zbek tilining morfologik qurilishi taraqqiyotidagi uchinchi bosqich X IX asming ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda matbuot vujudga keldi va o‘zbek tilida gazeta, jurnal, kitoblar nashr etila boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, adabiy til bilan so‘zlashuv tilining yanada y aqinlasha borishiga va adabiy tilning, xususan, uning morfologik qurilishining so'zlashuv tili hisobiga boyib borishiga zamin yaratdi. Adabiy til tarixida h a m so‘z turkumlari dastavval ikki katta guruhga bo’linadi: mustaqil so'zlar yordamchi so'zlar.
Mustaqil so‘zlar quyidagi uch guruhga bolinadi: ism,fe’l, ravish. Ism guruhidagi so‘zlar o‘z navbatida quyidagi turkumlarga bo’linadi: ot, sifat, son,olmosh. Bu turkumlar uchun so‘z o‘zgartuvchi kategoriyalar (kelishik, egalik va shu kabilar) umumiy bo'lib, bu jihatdan ular bir guruhga-ism guruhiga birlashadi. Lekin ularning har biri uchun maxsus so‘z yasovchi qo‘shimchalari bolishi va ma’nosi jihatdan har qaysisi mustaqil so‘z turkumini tashkil etadi.
Yordamchi so‘zlar sintaktik vazifalariga ko‘ra quyidagi uch turkumga bo‘linadi: ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar. Undovlarni ham shartli ravishda yordamchi so‘zlar guruhiga kiritish mum kin.

Download 53.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling