Mundarija kirish kirish


Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid so’zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo’llangan


Download 53.44 Kb.
bet4/5
Sana29.04.2023
Hajmi53.44 Kb.
#1401406
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishidan maqsad shuki

Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid so’zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo’llangan:


-lig’/-lig,-luq/-lug’,-lүk/-lүk. Ushbu affiks variant­lari­ning ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p bo’g’inli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi: ag’izliq, yazliq, bag’lig’, tatliq, yashliq, qanliq, biliglig, qorg’anliq, atliq, yarag’lig’, evlik, yamag’liq, kechәlik.
Lablangan unlili bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inda lablangan unlisi bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shiladi.
Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq o’zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi.
Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm konuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilgan: kendli, otli, yag’li, tatli, meңizli, kerәkli, biligli, yarali, yaqalig’ kabi. Lablangan -lu/-lү variantlarining qo’llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir bo’g’inli yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p bo’g’inli kattiq negizlarga affiksning orqa kator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shilishi kerak bo’lgani holda, bu qonuniyatga mos ishlatilish siyrak kuzatiladi: otlu, tug’lu, kөzlү, yuzlu, kөrүklү kabi misollar kam uchraydi. Ko’p hollarda lablangan unlisi bo’lmagan so’zlarga affiksning lablangan variantlari, aksincha, lablangan unlili so’zlarga affiksning lablanmagan variantlari qo’shilib keladi: g’amlu, namlu, bag’lu, yollig’, qoyli, tug’li, kөkli kөzli kabi.
gi/-g’i, -qi/-ki affiksi qadimiy mahsuldor morfemalardan bo’lib, O’rxun-enisey, qadimgi uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar tilida ham ancha keng ko’llangan: Bayaqi yolg’a tegdilәr (QR). Javhar balchiqqa tushsa, burung’i bikin nafis turur (SS). Astindaqi azaqlarina qara qushlarni bag’ladi (QR). Bu elkindәki narsalar ne turur(NF).
-dag’i/-dәgi, -daqi/-dәki. Bu affiks asosan otlarga qo’shilib, o’ringa va paytga mansublik ma’nosidagi sifat yasaydi: misol?
-siz/-siz. Bu affiks asosan otlarga qo’shilib o’zakdan anglashilgan narsaga, holatga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Vasl noshi dunyāda bolmas, Atāyi nishsiz(Atoiy). Qapug’in eshiki yarag’siz turur.
Eski o’zbek tilida fors-tojik tilidan o’zlashgan quyidagi affikslar ham faol qo’llangan:
-iy. Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi:
SHah qilib xil’atini rayhāniy,
Rāst andaq ki sarvi bostaniy
(Xamsa)
-nāk. Otdan muayyan belgiga ega bo’lgan sifat yasaydi: ... la’li ātashnāk (Mahb.q), ... kөңlүm g’amidin ul g’amnāk (Mahb.q).
-gүn. Rang bildiruvchi sifat yasaydi:
Subhidam kim sipehri mināgүn
Yerni bayzādin etti bayzāgүn.
(Xamsa).
-vash. O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:... shahzādayi parivash... (Mah.q.), ... māhvash sāqiy... (Mah.q.).
-vār. O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi: buzurgvār, umidvār. ... durri shāhvār үzүlүp yergә tүshti (Mah.q.).
Bu affikslardan tashqari, -in, -fām, -āniy sifat yasovchi affikslari ham qo’llangan. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar unchalik ko’p emas. Ulardan faqat birgina affiks sermahsul bo’lib, qolganlari kammahsul va o’ta kammahsul affikslardir.
Ular quyidagilar:-g/-g’,-q/-k(ig’/-ig,-iq/-ik,-ug/-үg’,-uq/-үk).Affiks variantla- rining ko’pligi singarmonizm qonuni amalda bo’lganligidan dalolat beradi. Biroq yumshoqlik-qattiqlik va lab garmoniyasi qoidasining bir qadar buzilishi kuzatiladi, jarangli va jarangsiz undoshli variantlar ishlatilishida muayan qonuniyat va fonetik sharoitni belgilash qiyin. CHunki ayrim manbalarda asosan jarangsiz undoshli variantlar ishlatilsa, ularning ko’pchiligida (hatto bir so’z doirasida ham) har ikkala variant baravar qo’llanaveradi. Lekin umumiy nisbatiga ko’ra jarangsiz unlili variantlar aksariyatni tashkil qiladi.
Fe’dan sifat yasashda eng sermahsul bo’lgan bu affiks yordamida yasalgan sifatlarda o’zakdan anglashilgan ma’no bilan bog’liq belgi-xususiyatga egalik tushunchasi ifodalanadi: Demasun qorqaq . Bu rud quruq ruddur, munda hargez suv bolmas .
-n(-in -in,-un,-үn,-an,-әn). Qadimiy vosita kelishigining bu affiksi o’zining birgalik ma’nosi asosida so’ngroq so’z yasash funktsiyasini ham kasb etgan. U o’zakdan anglashilgan belgiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasagan: Nedin tolun ay yuzuң ilә husn talashur (Atoiy). Qiyamat azabindin yaqinmu turur (TF).
l(-il/-il). Bu affiks ayrim fe’llardan o’zakdan anglashilgan harakat yoki holat belgisiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Dunyaniң tugal malini bersaң (NF).
SHu bilan birga, -ir / -ur, -ri / -ri (Quyi egriligi chindur) qo’shimchalari bilan ham sifat yasalgan.
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa turkumlarga mansub so’zlarning bir-biri bilan turli kombinatsion vositalar yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil bo’lgan. Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga ko’ra qo’shma va murakkab sifat yasaladi.
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turg’un bo’lmaydi va u ko’proq uslubiy vazifa bajaradi.

Download 53.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling