Mundarija kirish kirish


Download 53.44 Kb.
bet5/5
Sana29.04.2023
Hajmi53.44 Kb.
#1401406
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishidan maqsad shuki

Sifat darajalari.

Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavjud.


Hozirgi va o’tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma darajalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. O’zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraja, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi.
Oddiy daraja. Boshqa darajalarning hosil bo’lishi uchun negiz vazifasini bajaradi va belgi neytral darajada bo’ladi. Bu shakl “nolь” shakl bo’lib, unda affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
-raq/-rәk.
Kim ki ulug’raq, aңa xidmat kerәk
Ul ki kichikrәk, aңa shafqat kerәk.
(Xamsa).
-mtul. Qizimtul, qaramtul, yashimtul (Maboinul-lug’at).
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavjudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi. Bu daraja sifatlarni to’liq va to’liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.
To’la takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabag’lari keң-keң (Navoiy). Ba’zan bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: Zāhirim avqāti yamandin-yaman (Navoiy).
To’liqsiz takror. Bunda birinchi bo’g’in p, m undoshlari ishtirokida takrorlanadi: ap-achig’, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil (Navoiy ML.).
Sifat oldidan ravish so’zlari keltiriladi: Bag’ayat biyik kishi (Navoiy), asru keң (Bobir).
Ta’kidlash zarurki, -raq/-rәk affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yo’q emas, balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir.
Sanoq sonlar. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanog’ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, o’nlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qo’llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, hind tillaridan o’zlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.
Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy o’zgarishga uchragan emas, lekin o’ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), alti elig (46), otuz artuqi uch (33) kabi murakkab sonlar qo’llanishdan chiqqan.
Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga ko’ra qattiq va yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha ko’rinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatila berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay .
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bir-birig’a namahram et (Uvaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. SHu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda alti soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi.
«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi qo’llangan, har narsaning to’qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi . Meңә g’amdin t o q u z-t o q u z tuhfa (Munis).
Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan.
Elik soni tarkibidagi -l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminatsiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: Elik, ellik .
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar o’zlashgan, o’zlashgan sanoq sonlar o’z formalarida qo’llangan
Hindcha lәk soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda qo’llangan: Yuz miңni l ә k derlәr (BN); miң lәk somni (Muqimiy).
«Boburnoma»da hindcha k ө r u r — (o’n million), arb (bir milliard), kөrb (yuz milliard), nayl (o’n trillion), padam (milli-trillion), saң (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qo’llangan.
Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funktsiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «SHayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –tә affiksi qo’shilib dona son hosil bo’lgan: birtә yarmag’ ikki bөlүb ; birtә өtmәkni iki bөlүb .

XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qo’llangan: Y e t i ag’zi aniң otlar sachib. Yүz miң bayti bar va bir qasida aytibdur.
Numerativ so’zlar. Numerativ so’zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ so’zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham numerativ so’zlar xarakteriga ko’ra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan so’zlar orasida qo’llanib, aniqlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini oshirgan. SHuningdek, numerativ so’zlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, to’da, o’lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan.
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq sonlarga affikslar qo’shilishi orqali hosil qilingan. Arab, fors-tojik tillaridan o’zlashgan sonlar leksik-semantik usul bilan ham tartib son ma’nosini anglatgan, ba’zan o’zlashgan tartib sonlar formasi ham qo’llangan.
-ьnchi,-inchi,-unchi,-unchi,-nchi,-nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar hosil qilish keng qo’llangan. -ьnchi, -inchi,-unchi, -үnchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli tovush bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi, -nchi affiksi varianti qo’shilgan: ikkinchi, yetinchi,үchүnchi, tөrtүnchi, altinchi, onunchi.
Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi birinchi fasl; birinchi maqalat.
-lanchi (la-\-nchi),-lәnchi(lә-\-nchi) affiksi sanoq sonlarning qattiq, yumshoqligiga ko’ra qo’shilib, tartib sonlar hosil qilingan, bu affiks bilan tartib son hosil qilish Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchi, -lәnchi affiksi orqali tartib son hosil qilish kengaygan: altilanchi fasl (MQ), sekizlәnchi fasl (MQ), yetilәnchi arqada (SH tar.), beshlәnchi oqli (SH. tar).
Avval so’zi birinchi tartib soni ma’nosida qo’llangan: Ul avval qildi Gul vasfini āg’āz (Lutfiy ), Avval ayag’ig’a tүshүb pәst bol (Navoiy HA).
Qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -nch, -inch, -inch, -unch, -үnch hamda -nti, -nti, -ndi, -ndi affiksi variantlari orqali ifodalangan; -nti, -ndi formasi ikki soniga qo’shilgan. Birinchi tartib soni o’rnida ilk, ilki/ iliki so’zi ham qo’llangan: Ilki sү: birinchi askar.
«Devonu lug’otit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan -nch, -inch, -inch, -unch, -үnch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan.
Jamlovchi sonlar. Jamlovchi sonlar o’ziga xos xususiyatlarga ega, shuningdek, jamlovchi sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -av,-әv,-la,-lә,-ala,-әlә,-avla,-әvlә,-avlan,-әvlәn, ba’zan -lay, -lәy; -ag’u, -әgү affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan.
-ag’u,-әgү/ әgүn affiksi orqali jamlovchi sonlar hosil qilish XIV asr yodgorliklarida faolroqdir: Bir anchalari aydilarkim, beshәgү tarur, altinchi it birlә. Ular yetәgү, men yalg’uz , ...үchәgүsi tүn sarig’a bardilar (O’N). Ikәgүn namāz qilalim.
-av/-әv(-әvlәn) affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar yozma obidalarida xarakterli bo’lgan: ikәv (Navoiy SS); uchәv .cherikdә bir ikәv (SHN); SHul ārzu: ikәvlәn qilsun ekәn tamāshā (Furqat).
-lәy(-lәgү/-layu/-lәy) affiksi «Sab’ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida ayrim o’rinlarda iki soniga qo’shilib, jamlovchi sonlar yasagan: bәribәn ul nuqudni ikәlәy (Navoiy SS); ikәlәy qorg’an yavig’ig’ә .
-ala,-әlә affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar yasagan: tөrtәlәsi, bu uchәlәsi.
-(ә)vlәn (әgүlәn}әvlәn) affiksi ba’zi sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar yasagan: ikәvlәn qachtilar (Lutfiy).
CHama sonlar. XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar analitik, sintaktik usullar bilan hosil qilingan.
-cha, -chә affiksi sanoq sonlarga qo’shilib, chama sonlar hosil qilingan: yuz iki yuzchә kishi (Navoiy HA); yana besh miңcha kishi .
Sanoq sonlarning juft holda qo’llanishi orqali ham chama sonlar hosil bo’lgan; kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin qo’llangan: yuz-yuz elik өzbәkni kishisi bilәn (BN); tөrt-besh miң kishi birlә .
Sanoq sonlardan keyin chag’liq, chag’li, chaqliq so’zlari qo’llanib, chama son ma’nosini anglatgan: on yig’ach chag’liq masāfat; yigirmә chag’liq kishilәri өldi.
Sanoq sonlar aycha, yilcha, yavuq, yaqin,artuq, artuqraq, ziyāda, kөprәk,azraq kabi so’zlar bilan kelib, chama son ma’nosini ifodalagan: otuz yilcha yaqin bar, iki yүzdin kөprәk uch yүzdin azraq bolg’ay edi.
Taqsim sonlar. Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rәr,-ar,-әr affiklari bilan hosil qilingan: Aylarda birәr-birәr kөrүnүr, Fusulni tөrtәr ay ta’yin qilibturlar, Yүzәr misqal kumush .
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qo’llanib, keyingi bir soniga -dәn,-din affiksi qo’shilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira). Bir chārdevar kәm bolsa, өtүz tishni bir birdin sindirur (Gulxaniy).
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik ko’rsatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan holda taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Neki kөrgүzdilәr saңa bir-bir, әgәr chun ikki-ikki qol tutub.
Kasr sonlar. Eski o’zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda surat sonlar asosida hosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda o’rin-payt kelishiklari affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik ko’rsatkichlarni ham qabul qilgan: Nechә өgsәm aytman miңda birin. Yүzdin biriki ma’rakaga yetib. Yurt maliniң ondin birini alur. Berүrmәn bolsa yүz jānimu miңdin bir hisāb әylәb.
Kasr son yasalishida ba’zan maxraj va surat son orasida ayrim bog’lovchilar qo’llangan, grammatik ko’rsatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan, ba’zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi: yuzdin g ә r birisigә yetsә.
Yarim so’zi ham kasr son ma’nosini anglatgan. SHuningdek, kelishik hamda egalik qo’shimchalarini ham qabul qilgan.
XVI — XIX asrlarga oid ba’zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan o’zlashgan nim, du nim, chahāryәk, chāryәk so’zlari kasr sonlar ma’nosida qo’llangan: ta’rif qilg’anniң yarimi balke charyekichә ashliq ; og’lanlarni nim qiyat tedilәr
Olmosh ot, sifat, son va ba’zan boshqa so’z turkumlari o’rnida qo’llanib, predmet va unga xos bo’lgan belgining mavжudligini ko’rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o’rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so’z turkumi hisblansa-da, konkret ma’noga ega bo’lmaydi.
Eski o’zbek tilidagi olmoshlar ma’no xususiyatlariga quyidagi guruhlarga bo’linadi: kishilik olmoshlari, o’zlik olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, so’roq olmoshlari, birgalik olmoshlari, belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum so’z kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga ko’ra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, ko’pchilik qismi hozirgi o’zbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi: men.
Ko’pchilik yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator o’rta keng e tovushi qo’llangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi iste’mol etilgan.
Olmoshlar uch xil semantik vazifa baжargan:

  1. Deyktik vazifa, ya’ni sof ko’rsatish ma’nosini anglatgan: Bu baytni oqubdur

  2. Anaforik vazifa, ya’ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni ko’rsatadi: Bu ham yaxshi bardi (Boburnoma).

  3. Preprativ vazifa, ya’ni keyin tilga olinadigan predmet va shaxslarni ko’rsatadi: Meni tanimaydur, sөrүptүrkim, bular qaysi sultāndur (Boburnoma).

Eski o’zbek tilida ikki guruh belgilash olmoshlari qo’llangan:
1. Yakkalikni ko’rsatuvchi belgilash olmoshlari.
2. To’dani, guruhni ko’rsatuvchi belgilash olmoshlari.
Yakkalikni aжratib ko’rsatuvchi belgilashьolmoshlariga har va uning ishtirokida hosil qilinganolmoshlar hamda eski o’zbek tilining dastlabki davrida faol qo’llangan, lekin XV asrdan keyin passiv qatlamga o’tib ketgan tekmә olmoshi taalluqlidir.
Eski o‘zbek tili morfologik xususiyatlari taraqqiyotidagi uch davr, so‘z turkumlari, ularning miqdori, ajratilishi tamoyillari grammatik kategoriyalari, ularning eski o‘zbek tilidagi o‘ziga xosligi. Ot. Otning ta’rifi, leksik-semantik, morfologik, sintaktik belgilari, uning ichki kategoriyalari.
Otlarda grammatik son kategoriyasi. Arabcha ko‘plik shakllarining eski o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lganligi, forscha ko‘plik shaklining barchauslublarida ham qo‘llanmaganligi. Otlarda kelishiklar. Qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilidagi kelishiklarning miqdor va sifat jihatdan o‘xshash va farqli tomonlari.
Otlarda modal forma hosil qilinishi, otlarning kichraytirish, erkalash, ta’kidlash kabi
ma’nolarni ifodalashi, bunday shakllarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar, ularning
fonetik variantlari.
Sifat. Sifatning ta’rifi, morfologik belgilari, asliy va nisbiy sifatlar, sifat
darajalarining morfologik-sintaktik va sintaktik usullar bilan hosil qilinishi, eski
o‘zbek tiliga xos xususiyatlari. Sifat yasalishi, otlar (ism)dan, fe’ldan sifat yasovchi
qo‘shimchalar.
Son. Sonning ta’rifi, unda so‘z yasalish tizimining yo‘qligi, sanoq va tartib
sonlar. Sanoq sonlarning sodda va murakkab turlarga bo‘linishi, murakkab sonlarning
hosil qilinish tartibida qadimgi turkiy tildan farqlanadigan o‘rinlari, o‘ziga xosligi.
Kasr sonlar ham murakkab sonlar hisoblanishi.
Olmosh. Olmoshning ta’rifi, boshqa so‘z turkumlaridan farqi, uning ma’no
turlari, sintaktik vazifasi.
Fe’l. Fe’lning funksional formalari. Harakat nomi va uning hosil qilinishi.
Sifatdosh, ularni hosil qiluvchi qo‘shimchalar. Ravishdosh, uning qadimgi turkiy til
va eski o‘zbek tilidagi shakllari, variantlari, eski o‘zbek tili uslublarida qo‘llanish
xususiyatlari.Fe’lning mayl va zamon shakllari. Tuslovchi qo‘shimchalarning qadimgi
turkiy, eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek tillaridagi xususiyatlari qiyosiy tahlili. Fe’lning
mayllari. Fe’l yasalishi, ularning asosan affiksatsiya usuli bilan yasalishi, fe’l yasovchi
affikslar, ularning variantlari, yasama fe’llarning semantik xususiyatlari.
Ravishning ta’rifi, ma’no (semantik) turlari, ravishlarda boshqa tillardan so‘z
o‘zlashtirish masalasi. Ravishlarning yasalishi, ravish yasovchi qo‘shimchalar.
Qadimgi turkiy tilda kelishik, sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi ayrim
qo‘shimchalarning eski o‘zbek tilidayoq ravish yasovchiga aylana boshlashi.
Ravishning kompozitsiya (sintaktik) usul bilan yasalishi.
Ko‘makchilar. Ko‘makchi yordamchi so‘z turkumi ekanligi. Tilda mustaqil
so‘z va yordamchi so‘zlar munosabati, yordamchi so‘zlarning mustaqil so‘zlardan
shakllanganligi va shu tufayli ham har bir tilda sof ko‘makchilar (yordamchi so‘zga
to‘la ko‘chim bo‘lgan so‘zlar) va funksional (amaliy) ko‘makchilarga (ma’nosi
yordamchi so‘zga ko‘cha boshlagan, ya’ni ko‘chim tugallanmagan) ajratilishi.
Bog‘lovchilar. Bog‘lovchilarning ta’rifi, uning teng va ergashtiruvchi semantik
guruhlari. Teng bog‘lovchilarning biriktiruvchi, zidlovchi, ayiruvchi, inkor turlari,
ularning turkiy va o‘zlashma leksik tarkibi, har bir bog‘lovchining ma’no
xususiyatlari, eski o‘zbek tilida qo‘llanish imkoniyatlari.
Yuklama va modal so‘zlar. Yuklamalarning ta’rifi, uning eski o‘zbek tilida
amal qilishi «affiks-yuklama», «so‘z-yuklama» tushunchalari izoùi, yuklamalarning ma’no turlari. Modal so‘z tushunchasi izohi, eski o‘zbek tilida qo‘llangan modal
so‘zlar va ularning mavzu guruhlari. Undov va taqlidiy so‘zlar. Undov so‘z ta’rifi, uning ma’no guruhlari. Turkiy va o‘zlashgan undovlar, ularning matnda qo‘llanish xususiyatlari. She’riy san’atdagi o‘rni. Taqlidiy so‘z ta’rifi, uning ma’no xususiyatlari, bu turkumda so‘z o‘zlashtirishning kamligi.
Til − millatni millat sifatida ajratib turadigan belgisi, bebaho boyligi,moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi, insoniylik jamiyatining asosi, davlat mustaqilligining muhim tamoyillaridan biri. Millat tarixi qancha uzoqqa borib taqalsa, til ham shuncha qadimiy. Til azaldan mavjud va millat bor ekan, u ham yashab qolaveradi. Qisqa muddatda dunyo xaritasida yangi davlatlar paydo bo‘lishi mumkin, ammo hech vaqt bir kun yoki bir asrda yangi bir til paydo bo‘lib qolmaydi. Insonni tiliga qarab qaysi millatga mansubligi, shevasiga qarab esa qaysi hududdan ekani aniqlanadi.
Tillarning morfologiyasiga oid birinchi tadqiqot ishlari Aristotel davrida
boshlangan. Aynan u o‘zining "Poetika" asarida nutq qismlari, ot turlari va tilga
alohida bo‘limlar bag‘ishlagan. Son-sanoqsiz murakkab nazariy masalalar
tadqiqi bilan mashg‘ul bo‘lgan “grammatika” terminining yunoncha “yozuv
san’ati” ma’nosini bildirishi ham aslida shu amaliy maqsadlar bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan.1
O‘zbek tilshunosligida morflogiya sohasi o‘zining munosib taraqqiyot
tarixiga egadir. Turkiy til morfologiyasi tavsifini bergan va Mahmud Koshg‘ariy
asaridan foydalanganligi taxmin etilayotgan o‘rta asr tilshunos-
turkiyshunosidan biri Asiruddin Abu Hayyondir (1256–1345). Abu Hayyonning
«Kitobul idrok lil-lisonil atrok», undan foydalanib XIV–XV asrda yozilgan va
muallifi haligacha muammo bo‘lib kelinayotgan «Attuhfatuz zakiya fil lug‘atit
turkiya» asarida o‘zbek tili morfologik xususiyatining ilk sistemaviy bayoni
beriladi. Har ikkala asar muallifi o‘z talqinida arab tilshunosligi grammatik
an’anasi va terminologiyasiga tayanadi, lekin turkiy tilning agglyutinativ
tabiatini – so‘z shakli yasash jarayonida o‘zak-negizning o‘zgarmasligini uqqan
va o‘z tavsifida uni ochib berishga intilgan. Ular o‘z davri turkiy tili so‘z
o‘zgartirish tizimi uchun xos bo‘lgan deyarli barcha shaklning – ot va olmoshda
ko‘plik va kelishik, egalik shakli, fe’l nisbati, harakat nomi va sifatdosh, bo‘lishli-
bo‘lishsiz shakli, mayli, zamoni va tuslanishi tavsifini, har birining arab tilida
muqobilini sinchkovlik bilan yoritgan. Shuning uchun XI–XIV asr arabzabon
turkiyshunosi o‘z asarida o‘sha davr turkiy tili morfologik tizimi va so‘z yasalish
xususiyatining deyarli to‘liq tavsifini bergan deb xulosa qilish mumkin. Qariyb 20.000 misralik nazmiy matnni o‘z ichiga olgan «Qutadg‘u bilig» va «Hibbatul
haqoyiq» yodgorligida qo‘llanilgan morfologik shaklning asosiy ko‘pchiligi sanab
o‘tilgan turkiyshunoslik ishida tavsiflanganligi buning yorqin dalili. Lekin
«Devon» qayd qilgan va sharhlagan qator shaklning (chunonchi, o‘tgan zamon
birinchi shaxs birlik sonning bardam shakli, faqat shaxs olmoshi ega vazifasida
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘tgan zamonning -duq/duk tuslanmaydigan
ko‘rinishi – men yoy qurduk, sen yoy qurduq, biz yoy qurduq) o‘zbek tili
yodgorligida qo‘llanilishi hali aniqlanmagan.2
Turkiy tilshunoslikda morfologiyaga kelsak, bu boradagi ilk qarashlar,
bahslar IX-XI asrlarda yuzaga kela boshlagan va bunda arab tilshunosligi turtki
bo‘lgan. Shunday qilib, Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan ishlab chiqilgan va
tuzilgan “Turkiy so‘zlar lug‘ati” turkiy turkumga kiruvchi o‘zbek tiliga xos
bo‘lgan morfologiya, so‘z yasalishi, jumladan, fe’lning ko‘plab shakllariga oid
jiddiy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi.
Buyuk shoir, adib va faylasuf Alisher Navoiy ham “Ikki til bahsi” asarida
turkiy (eski o‘zbek) tili leksik birliklarining graduonimiyasini ko‘rib chiqib, eski
o‘zbek tili morfologiyasini o‘rganishga katta e’tibor bergan. Alisher Navoiyning
morfologik qarashi uning «Muhokamat-ul lug‘atayn» asarida qisman o‘z
ifodasini topgan deyish mumkin. Alisher Navoiy turk (o‘zbek) tilining shuhratini
olamga yoyish bilan birga, umuman, tilshunoslikning eng muhim masalasiga
nisbatan o‘z fikrini ham aytib o‘tgan, o‘z munosabatini bildirgan.
Lekin o‘zbek tili sintaksisi va morfologiyasiga ilmiy nuqtai nazarni
shakllantirishda muhim rol o‘ynagan haqiqiy kashshof Samarqand tilshunoslik
maktabiga asos solgan olim Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitratdir. Aynan Fitrat ilk
bor o‘zbek tilidagi so‘zlarni semantik xususiyatlariga ko‘ra aniqlagan ot, fe’l, son
va sifatdosh, ergash gap va olmoshlarning xususiyatlarini tahlil qilgan. O‘zbek
tilining klassik grammatikasida fe’l shakllari harakat otlarini o‘z ichiga olgan
bo‘lsa-da, aslida gaplarda mustaqil ravishda ot vazifasini bajara oladi. Shuning
uchun ham o‘zbek tilining morfologik-semantik xususiyatlarini o‘rganuvchilar
keyingi yillarda mustaqil nutq birligi sifatida “o‘zgarish turkumi”ni ajratishni
qat’iy talab qilmoqdalar. Zamonaviy o‘zbek tili fanining shakllanishi va
taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan Abdurauf Fitratning ilmiy va ijtimoiy,
jumladan, lingvistik dunyoqarashi bizdan ancha oldin – XIX asr Yevropa fani va
madaniyati ta’sirini o‘ziga singdirgan Turkiyada o‘qigan yillarida (1909–1913)
shakllandi. Bu «Sarf» dagi ilmiy talqinda ham o‘z aksini topdi. Bunda u Yevropa
lingvistik tahlil tamoyilini sharqiy an’ana chig‘irig‘idan ma’lum darajada o‘tkazib o‘z tili qurilishini mana shunday – o‘ziga moslashtirgan zamonaviy talqin usuli
bilan tavsiflagan yosh turklar izidan bordi. Shuning uchun uning talqini, so‘z
turkumi, grammatik kategoriyanining tasnifi deyarli shu davrda nashr etilgan
Ye.Polivanov ning «Kratkaya grammatika uzbekskogo yazika3 dagi talqindan ancha farq qiladi. Har ikkala talqinning – Fitrat tavsifining ham, Polivanov tavsifning ham bosh manbayi rus tilshunosligida XIX asr o‘rtasida ishlab chiqilgan, tezda Yevropa tilshunosligida ham keng ommalashgan muosir tilning sinxronik tavsif metodi bo‘lgani holda, Fitrat bu metodni semantik, onomasiologik, mazmun-fikrdan → tilga tamoyili kuchli fransuz variantini o‘z an’ana va tiliga qisman muvofiqlashtirgan turklardan oldi, Polivanov esa shu metodning rus tilshunosligida ishlab chiqilgan va muosir turkiy til tavsifida sinalib, o‘zini to‘la-to‘kis oqlagan formal ko‘rinishda ishlab chiqilgan ilmiy tushuncha va grammatik talqin chizmasi asosida o‘zbek tili qurilishi tavsifini berishga va shu bilan quyiroqda qurib o‘tiladigan «Oltoy tili grammatikasi» modelini o‘zbek tilshunosligiga olib kirishga intilgan.
Fitrat o‘zbek tilshunosligining o‘sha davr uchun eng dolzarb bo‘lgan masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi, unga o‘z munosabatini bildirdi. Uning “Ishtirokiyun” gazetasidanashr qilingan “Tilimiz” maqolasining o‘zi ham bunga asos bo‘la oladi. Olimning “O‘zbek tili qoidasi to‘g‘risida bir tajriba; “Sarf“ asarida o‘zbek tilining fonetik tizimi chuqur tahlil qilingan. Fitratning sof morfologik qarashi uning “Sarf“ morfologiya asarida o‘z ifodasini topgan. Fitratning so‘zga jiddiy e’tibor berganligi, ayniqsa, so‘zga ham, avvalo, ma’no anglatish nuqtai nazaridan yondashganligi, birinchi o‘ringa mazmunni qo‘yganligi, ya’ni ma’nodan shaklga qarab borganligi muhim.4
Mofologiya sohasida N.Mahmudov, A.Nurmonov va boshqalar tomonidan
«Nazariy grammatika», R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, T.Boqiyeva va boshqalar
tomonidan substansial yo‘nalish asosida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Morfemika.
So‘z yasalishi. Morfologiya» qo‘llanmasi va boshqa darslik va qo‘llanmalarning
nashr etilganligi diqqatga sazovordir.

1 Bahriddinova B.M. “Ona tilimiz taraqqiyotida yangi bosqich: muammo va yechimlar” 23.10.2021

2 Замонавий ўзбек тили. I жилд. Морфология. (Муаллифлар жамоаси). -Т.:МУМТОЗ СЎЗ, 2008. 17-bet

3 Замонавий ўзбек тили. I жилд. Морфология. (Муаллифлар жамоаси). -Т.:МУМТОЗ СЎЗ, 2008. 17-bet

4 Nurmonov A.O'zbek tilshunosligi tarixi. –Т.: O‘zbekiston, 2002. –B. 145.


Download 53.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling