Mundarija kirish kirish


Kurs ishidan maqsad shuki


Download 53.44 Kb.
bet2/5
Sana29.04.2023
Hajmi53.44 Kb.
#1401406
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishidan maqsad shuki

Kurs ishidan maqsad shuki, o‘zbek tilining bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasini kuzatish, eski o‘zbek yozuvi, tarixiy grammatika, davrlar osha yetib kelgan qo‘yozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi ashyoviy materiallarga suyangan holda morfologik xususiyatlari haqida bilim berishdir.
Kurs ishi vazifasi: Eski o'zbek tili morfologik tuzilishidagi o'zgarishlar bo‘yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash, eski o‘zbek adabiy tili yodgorliklari fonetikasi, morfologiyasi, leksikasi va gap qurilishi haqida bilim berishdan iborat.


I.BOB.
Hozirgi oʻzbek tilida boʻlganidek, eski oʻzbek tilida ham soʻz turkumlarining yirik uch guruhi qayd qilinadi. Bular mustaqil soʻzlar, yordamchi soʻzlar va undovlar. Lekin bu soʻz turkumlarining ichki kategoriyalari uzoq davrlar mobaynida oʻziga xos ravishda taraqqiy etib keldi. Professor Sh.Shukurov bu tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi:
Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha boʻlgan davr tashkil etadi. Bu davr eski oʻzbek adabiy tilining shakllanish arafasi boʻlib, bu davr tilida qadimgi turkiy tilga oid koʻpgina formalar yangi formalar bilan parallel qoʻllanib kelgan hamda yozma yodgorliklarda dialektal hodisalar koʻplab aks etgan. Shuningdek, bu davr tilida boshqa turkiy tillarga oid boʻlgan soʻz formalari ham iste’molda boʻlgan.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiri va XIX asrning 2-yarmigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda eski oʻzbek adabiy tili vujudga keldi va ma’lum darajada adabiy me’yorga ega boʻldi.
Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi. Uning xarakterli xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo boʻlishi, vaqtli matbuotning vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til bilan xalq soʻzlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, oʻzbek adabiy tili xalq jonli soʻzlashuv tili hisobiga boyib bordi.Ot va uning ichki kategoriyalari.
Ma’lumki, ot predmet va predmetlik tushunchasini ifodalaydigan soʻz turkumi boʻlib, u kelishik, grammatik son va egalik kategoriyalariga ega boʻladi.
Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan soʻzning fe’lga, ba’zan boshqa soʻz turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski oʻzbek tilida hozirgi oʻzbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli boʻlgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qoʻllangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qoʻllanishi ancha chegaralangan boʻlib, oʻzining grammatik xususiyatini yoʻqotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste’moldan chiqqan. Shu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qoʻllangan soʻzlar ravish kategoriyasiga oʻtgan yoki oʻtish jarayonida boʻlib, payt, holat kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etoʻr-men sensizin \\ bu vujudimdin qalibtur yalg’uz µn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qilg’ay fig’ān (Atoiy).

Download 53.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling