Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija
G’azalda uch kishi tavridur ul nav’
Download 0.55 Mb.
|
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy nazmig’a boqsang, emastur, Bu uchning holidin har bayti xoli. Hamono ko`zgudurkim, aks solmish, Angga uch sho`x mahvashning jamoli.
G’azalda uch kishi tavridur ul nav’
Kim, andin yaxshi yo`q nazm ehtimoli. Biri mo`jazbayonlig’ sohiri hind Ki, ishq ahlini o`rtar so`z-u holi. Biri Iso nafaslik rindi Sheroz, Fano dayrida mast-u louboli. Biri qudsi asarlik orifi Jom Ki, jomi Jamdurur sing’an safoli. Navoiy nazmig’a boqsang, emastur, Bu uchning holidin har bayti xoli. Hamono ko`zgudurkim, aks solmish, Angga uch sho`x mahvashning jamoli. (6. 516) Alisher Navoiyning mazkur qit’asida Sharq adabiyotining uch ulug’ allomasi ulug’lunudi. Qizig’i shundaki, she’riy misralarda nom-u taxallusdan nishona yo`q. Alisher Navoiy ijodiyotidan yaxshi xabardor bo`lmagan kitobxon uchun ushbu misralardagi ishoralar jumboqligicha qolaveradi. Qit’aning boshida Amir Xusrav Dehlaviy tilga olinadi. Shoir uni «sohiri hind» tarzida tanishtiradi. Alisher Navoiyning boshqa asarlarida ham bu ishora tez-tez uchraydi. «Sohir – sehrgar, jodugar; ajoyib san’atkor, qiziq hunarlar ko`rsatuvchi» kabi talqinlarga ega. Hind – Hindiston. Shajara ildizi Shahrisabzdan boshlanadigan Amir Xusravning Hindistonda istiqomat qilganligiga ishora. Yakunga keladigan bo`lsak, Amir Xusrav Alisher Navoiy nazdida oddiy shoir emas. U so`z ma’no qirralarini teran kashf etgan va uni sehr – yuksak san’at maqomiga ko`targan ilohiy iste’dod egasidir. Ikkinchi ustoz – «Iso nafaslik», «rindi Sheroz», «mast-u louboli» «fano dayrida» (sohillarida) sayr qilish maqomidagi shaxs. Ayrimlari qayd etilgan fazilat – belgilar rindga daxldor. U – Sherozdan. Alisher Navoiy ma’naviy merosidan voqif kitobxonga manzara ancha oydinlashadi. Ma’no rishtalari Xoja Shamsuddin Hofiz Sheroziyga ulanadi. Majoziy va haqiqiy ishqni bir sho`x jilg’aga mastona oqizish uning qo`lidangina kelgan, xolos. Shuning uchun u mast va sho`xliklar qilishga haqli. U – rindona raftor qilish huquqiga ega. Rind – musulmon mintaqa adabiyotining faol timsollaridan biri. Sho`ro zamonida rind dahriylik ramzi bo`lib keldi. Aslida unday emas. «Ziyrak», «hushyor», «erkin fikrli», «sho`x», «beparvo», «ishratga berilgan», «mayxo`r» kabi ma’nolarga ega rind tasavvuf olamiga daxldordir. Maslak, oyin (tariqat) maqomida esa Xoja Hofiz she’riyatida ustuvor o`rnashgan. Shundan bo`lsa kerak, rind Hofiz taxallusining sinonimi ma’nosida tushuniladi. Rind so`zi talqinidagi «may», «ishrat», «mayxo`rlik», «beparvolik» va hokazolar majoziy ma’nodadir. Aksariyat belgilariga ko`ra, rind-u rindlik malomatiya tariqatiga tortib qoladi. Yana biri – orifi jom. Undan poklik nuri yog’iladi. Uning qo`lidagi singan safol – afsonaviy Jamshid jomidan ham afzaldir. Jom-u may – oriflar nasibasi – ma’rifat nuridir. Bunday dovruqli orif naqshbandiya sulukining Xurosondagi peshvosi Nuriddin Abdurahmon Jomiyning sifatlovchisi. Har uchala ustoz qalbi va asarlarini birlashtiradigan yagona g’oya va fazilat – ishqdir. Uning oxirgi bekati poklanish, oriflik rutbasi. Alisher Navoiy uchun ham bu bekat – orzu, intilish nuqtasidir... Ulug’ shoir Sharq mumtoz adabiyotining asrlar davomida vujudga kelgan boy an’analarini mufassal o`rganib, Amir Xusrav Dehlaviyga xos so`zning ma’no qirralarini teran kashf etgan holda uni yuksak san’at maqomiga ko`tarish, Hofiz Sheroziyga xos majoziy va ilohiy ishqni bir o`zanga birlashtirib tarannum etish, Abdurahmon Jomiyga xos poklik va ma’naviy yetuklikni ulug’lash singari fazilatlarni o`z ijodida birlashtirdi. Shuningdek, Mavlono Lutfiy va Mavlono Sakkokiy singari qalamkashlar ijodidan adabiy ta’sirlandi. Taniqli adib va navoiyshunos olim M.Shayxzoda «Alisher Navoiy lirikasining ba’zi bir poetik usullari haqida»9 nomli maqolasida shoir g’azaliyotiga xos yetakchi to`rt uslubiy jilo haqida fikr yuritadi. Ularning ikkitasi bevosita tadrij badiiy san’atiga murojaat etish bilan (yakpora yoki voqeaband, musalsal) vujudga keladi. Alisher Navoiy she’riy ijodiga xos bo`lgan g’azallarda baytlarni ma’nan, fikran va shaklan bog’lash orqali ma’lum voqea yaratish yoki mantiqiy izchillikka asoslangan fikrlarni vujudga keltirish bilan ma’lum xulosani bayon etish, shuningdek, baytlar silsilasida obrazning tadrijiy yetiluvi, takomilini ta’minlash shular jumlasidandir. Tadrij san’atiga murojaat etish vositasida g’azal tuzilishi jihatidan musalsallik yoki ma’lum voqea asosida vujudga kelishiga ko`ra voqeabandlik kasb etadi. Ma’lumki, Sharq g’azalchiligi tarixida bunday g’azallar uchrab tursa-da, baytlararo mantiqiy bog’liqlik g’azalga xos yetakchi xususiyat maqomini olgan emas edi. Mumtoz adabiyot’da davom etib kelayotgan an’anaga ko`ra, g’azallar mohiyatan ko`p mavzuli (parokanda) edi. Mustaqil baytlardan tuzilgan bunday g’azallarda mavzular mantiqan bir-biri bilan izchil bog’lanmagan (ayni ta’kid nisbiy mohiyat kasb etadi) baytlarda yoritilardi. Ularda kompozitsion butunlikni vazn, qofiya, radif singari badiiy unsurlar va she’r qahramonining ichki dunyosi tasviri, shuningdek, muallifning hayotga, ishqqa, zamon va ahli zamonga munosabatini ta’minlab turadi. Alisher Navoiy ijodida kompozitsion tuzilishiga ko`ra har ikkala turga oid g’azallar uchrasa-da, ularning aksariyati mohiyatan musalsallik kasb etadi. Fikrimizni quyidagi g’azal bilan asoslashga harakat qilamiz: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling