Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija


II BOB. ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O`QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI


Download 0.55 Mb.
bet10/17
Sana26.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1688172
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish

II BOB. ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O`QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI

2.1. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o`qitishga doir interfaol metodlar
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri - bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o`quvchi va o`qituvchining birgalikdagi faoliyati bo`lib, asosan o`quvchilarni fikrlashga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o`zini tahlil qilishni va amaliyotda qo`llashni o`rgatadi. Bu metodlar qo`llanganda o`qituvchining asosiy vazifasi bu - o`quvchilarga yo`l ko`rsatish, yo`nalish berish, eng to`g’ri xulosani aytishdan iborat.
Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o`qituvchi o`quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to`g’ri xulosani aytib o`tib ketadi. Natijada o`quvchi xatosini o`zi tushunib oladi. Bu esa ularda kuzatiladigan tushkunlikka tushish, fikrlashdan tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o`quvchi va o`qituvchi o`rtasidagi o`zaro hurmatga asoslanadi. O`qituvchi qanday bo`lmasin o`quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o`quvchilarni bir-birlarini tinglashga o`rgatadi. E’tirozlar, qo`shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo`shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so`zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o`quvchi o`zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Shunigdek, u boshqalarni ham hurmat qilishga o`rganadi.
Interaktiv metodlar o`quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi.
O`quvchilar dars davomida bo`sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo`ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi.
Interaktiv meiodlardan samarali foydalanish uchun o`qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyihalash uchun esa o`qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo`lishi lozim.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o`quvchilarning o`quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo`llash borasida boy tajriba to`plagan bo`lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o`ziga xos ahamiyatga egadir.
Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo`lib, hozirda uning yarim kalkalsh asosida qilingan tarjimasi ko`p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha “interaktiv” so`zidan olingan bo`lib, “o`zaro ta`sirlashish” ma`nosini bildiradi va biror faoliyat yoki metodda o`zaro bahs munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjihatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o`quv qo`llanmalarini varaqlaganimizda “o`qitishning interaktiv metodlari” termini qo`llanishini ham guvohi bo`ldik. Ta`lim berish jarayoni bevosita o`qitish metodi bilan uzviy bog’liqdir. Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganinggiz emas, balki sizning ta`limingiz qanday tashkil etilishidadir.
Boshqacha qilib aytganda, o`qitish metodi ta`lim oluvchi va o`qituvchining o`qitish jarayonidagi o`zaro aloqa shaklidir. O`qituvchi va o`quvchi orasidagi jarayon aslida o`quvchini u yoki bu bilim ko`nikma va malakalarini o`zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko`rsatib turadi. Agar keng ko`lamda oladigan bo`lsak, o`qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o`qituvchi va o`quvchi orasidagi keng ma`noda uch xil bog’lanish shakllangan bo`lib, u o`z tasdig’ini topgan.
Interaktiv (“inter”-vzaimniy, “akt”-deystvie-“o`zaro ta`sir” ma`nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o`quvchilar bilish va o`rganish jarayoniga butunlay sho`ng’ib ketadilar, ular o`zlari bilgan va o`ylayotganlari xususida bahslashishilari ham mumkin. Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun yetarli zamin yaratiladi. O`qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo`yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o`quvchi o`zlashtirayotgan material bilan o`zaro bog’liq bo`ladi). O`quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi.
Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o`rganilgan material nafaqat mustahkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi. Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo`ljallangan bo`lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to`plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz:

  1. Ijodiy topshiriq.

  2. Kichik guruhlar bilan ishlash.

  3. Ta`limiy o`yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o`yinlar).

  4. Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar).

  5. Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta`lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, fil’mlar, sahna asarlari, qo`shiq va ertaklar).

  6. Razminka.

  7. Yangi materialni o`rganish va mustahkamlash (interfaol ma`ruza, ko`rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, “o`quvchi-o`qituvchi rolida”, “har bir kishi har bir kishiga o`rgatadi”), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish, buqrotli diolog).

  8. Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni yechish (“fikr maktabi”, “pozitsiyani egalla”, “POPS” loyihalashtirilgan texnikalar, “bir o`zing, ikki kishi birgalikda”, “pozitsiyani o`zgartir”, “karrusel’”, “televizion tok shou uslubida munozara”, debatlar, simpozium).

  9. Muammo-yechim (“yechimli daraxt”, “aqliy hujum”, “kazuslar tahlili”, “kelishuvlar va mediatsiya”) va hokozo.

Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab etiladi. Chunki, berilgan topshiriqlar katta yoki kichik hajmdagi o`rganilmagan elementga, qoidaga ko`ra bir necha yondashuvni talab etadi.
Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta`lim sohasida ham tub o`zgarishlar sodir bo`lishi tabiiiydir. Bu ta`limda sifat va samaradorlikka erishishning bosh omilidir.
Interfaol-insonning komp’yuter bilan o`zaro bog’lanib ishlashiga, inson mashina o`rtasida diologgga o`xshash sifat. Bunday bog’lanish va diologda interaktiv fikrlash va o`quv materialining interaktivligi deyiladi. Ikkinchi inson bilan ommaviy kommunikatsiya vositasi o`rtasida o`zaro bog’lanib ishlashni amalga oshiruvchi sifat masalan, interaktiv muzey (seyt). Bu muzeyga onleyn rejimda borish mumkin.
Interaktiv o`qitish metodi deganda muammoli vaziyatni hal etish uchun o`quvchilar o`rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini tashkil etish “aqliy hujum texnologiyasidan” foydalanish mumkin. Kichik guruhlarga o`qitish va umumman o`quvchilar bir-birlarini o`qitadi printsipida dars olib borishni ham tushunish mumkin.
Demak interfaol usullarni qo`llash natijasida o`quvchilar hozirjavoblikka o`rganadi, ularning lug’at boyligi ko`payadi, ilmiy-nazariy bilimi yanada mustahkamlanadi va darsga qiziqishini orttiradi va intilishga olib keladi.
O`quvchilarni, talabalarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ta`lim tizimining eng muhim sifat ko`rsatkichlaridan biri bo`lib e`tirof etilmoqda. Chunki bu o`zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan shaxsgina o`z muammolarini o`zi mustaqil hal qila oladi. O`zi uchun ham oila uchun ham foydali bo`lib hisoblanadi, hamma jamiyatda o`z mavqeiga ega bo`ladi. Bunday qobiliyat, albatta, dastlab oilada, keyinchalik esa ta`lim muassasalarida shakllanadi. Yoxud mamlakatimizning biinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek: “Agar bolalar erkin fikrlashga o`rganmasa, ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar. Albatta, bu bilim ham kerak. Ammo bilim o`z yo`liga mustaqil fikrlash ham katta boylik”.
Pedagogik adabiyotlarda ta`kidlanganidek, talabalarning bilish jarayonidagi faolligini oshiruvchi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi metod interfaol metod deb ataladi. O`qitishning interfaol metodi ikki ko`rinishda o`zini namoyon qiladi.

  1. Talabalarning o`quv materialini komp’yuter yordamida mustaqil o`zlashtirishini ta`minlash. Bunda talaba komp’yuterda tovush, animtsiya va boshqa imkoniyatlaridan (interfaol muhit) keng foydalangan holda o`qituvchi dasturi bo`yicha o`quv materialini mustaqil o`zlashtiradi. U inter’net tarmog’idan ham kerakli axborotni olib o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

  2. O`qituvchi-talaba munosabatlarini ularning jonli muloqotini faollashtirish. Bunda odatdagi o`qituvchi monologini mumkin qadar kamaytirib, talabalarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvuchi strategiyalardan foydalanish, o`qituvchining mashg’ulotdagi hukmronligidan voz kechib, uni talabalarning mustaqil o`zlashtirishlariga yordam va maslahat beruvchi, ularga mustaqil faoliyat uchun sharoit yaratuvchi maqsadga yo`llovchi shaxs bo`lishga erishishi nazarda tutiladi. Chunki ilmiy-tadqiqotlarda ta`kidlanganidek, mustaqil bilish faoliyati ijodiy tafakkurni rivojlantirishning asosi bo`lib hisoblanadi

Talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda J Stil’, K Meridis va Sh.Templarning fikrlashni rivojlapntirish uchun katta hissa qo`shgan “o`qish, yozish va fikrlashni rivojlantirish uchun xalqaro dastur”ining ahamiyatini alohida ta`kidlash lozim. U jahondagi 30 ga yaqin mamalakatlar ta`lim tizimida yuqori samara bermoqda.
Bu dasturni Toshkent zamonaviy axborot texnologiyalari markazi hamda oliy va o`rta maxsus maktab muammolari instituti maxsus seminarlar va malaka oshirish kurslarini o`tkazish bilan mamlakatimiz o`quv yurtlarida targ’ibot qilib kelmoqda.
Interfaol metodlar xususida inson fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi 60 dan ziyod interfaol strategiya (usul)lar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, O`.X.Muhammedov, M.N.Usmonboyeva, S.S.Rustamovlar tomonidan “Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar” nomli o`quv-uslubiy tavsiyalarda ularning 30 dan ortig’ini qo`llash tavsiya etiladi.10 O`quv-uslubiy tavsiyanomada quyida nomlari keltirilgan interfaol metodlarning mohiyati, ularni qo’llashga oid tavsiyalar ancha muxtasar,tushunarli uslubda o`z ifodasini topgan:
1. “Aqliy hujum”
2. “Baliq skeleti” grafik organayzeri
3. “Bahs-munozara” strategiyasi
4. “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) grafik organayzeri
5. “Blits – so’rov” metodi
6. “Bumerang” strategiyasi
7. “Venn diagrammasi” grafik organayzeri
8. “Video topishmoq” strategiyasi
9. “Yagona davra” strategiyasi
10. “Debat” metodi
11. “Yozma ish” strategiyasi
12. “Jadval” grafik organayzeri
13. “Insert” grafik organayzeri
14. “Keys-stadi” metodi
15. “Besh minutli esse” strategiyasi
16. “Klaster” grafik organayzeri
17. “Konseptual jadval” grafik organayzeri
18. “Kundalik” strategiyasi
19. “Modellashtirish” metodi
20. “Muammoli vaziyat” strategiyasi
21. “Muammo” strategiyasi
22. “Nilufar guli” texnologiyasi
23. “Savol-javob” metodi
24. “Suhbat” metodi
25 “CWOT - TAHLIL” strategiyasi
26. “Sxema” strategiyasi
27. “Taqdimot” strategiyasi
28. “Test” texnoligiyasi
29. “T - jadval” grafik organayzeri
30. “Charxpalak” strategiyasi
31. “Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) strategiyasi.

Bu strategiyalar o`zining soddaligi, o`ta ommaviyligi va o`qitish samaradorligi hamda talabalar fikrlash qobiliyatini benihoya rivojlantirishi bilan ahamiyatlidir. Shundan kelib chiqib, biz “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`qitishda ulardan ayrimlarining afzalliklari xususida fikr yuritmoqchimiz.


Oliy ta’limda talaba o`qituvchi hamkorligida ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorlikka yetaklovchi muhim yo`l sanaladi. Mashg`ulotlar jarayonida interfaol metodlarning o`rni bilan qo`llanishi ana shunday samaradorlikka omil bo`ladi. Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, oliy o`quv yurtlarida ma’ruza mashg`ulotlari, asosan, an’anaviy usulda tashkil etiladi. Bunda o`qituvchi faolligi, talabalarning esa nofaol tinglovchga aylanib qolishi kuzatiladi. Ma’ruza mashg`ulotlarida ham o`rni bilan interfaol metodlardan foydalanish talabalarning fikrini bir joyga jamlash, ularning o`rganilayotgan mavzuga nisbatan hushyor munosabatda bo`lishga bois bo`ladi. Buning uchun ta’limda uzviylikka e’tibor qaratish, ya’ni o`rganilishi rejalashtirilgan mavzuga oid bugungi talaba o`rta va o`ta maxsus ta’lim jarayonida nimalarni o`rganganligini e’tibordan soqit qilmaslik muhimdir. Masalaning ayni jihatlaridan kelib chiqib, “Alisher Navoiy lirikasi” mavzusiga oid ma’ruza mashg`ulotida, shuningdek, ko`proq amaliy mashg`ulot va seminarlarda “Savol-javob” metodi, “Klaster” grafik organayzeri, “Insert” grafik organayzeri, “Debat” metodi, “Yagona davra” strategiyasi, “Venn diagrammasi” grafik organayzeri, “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) grafik organayzeri, “Bahs-munozara” strategiyasi, “Aqliy hujum”metodi kabilardan foydalanish mashg`ulot samaradorligining oshishiga zamin yaratadi.
Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) organayzeri talabalarga muayyan mavzu bo`yicha bilimlar darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo`llashda talabalar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg`ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.
Guruhlar faoliyati quyidagi ko`rinishlarda tashkil etiladi:
Har bir guruh umumiy sxema asosida o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi; mashg`ulot yakunida loyiha bandlari bo`yicha guruhlarning munosabatlari umumlashtiriladi.
Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib, g`oyalarni umumlashtirishadi.
O`quv faoliyati yozuv taxtasi yoki ish qog`ozida aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi va namunasi ko`rsatilganidek, talabalarning fikrlari bilan to`ldirilgan jadvallar mashg`ulot so`ngida o`qituvchiga taqdim etiladi:



Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Navoiy 16 ta lirik janrda ijod qilgan

Navoiyning Lutfiy va Sakkokiydan ta’sirlanga-niga dalil bo`luvchi baytlar

“Ilk devon”dagi lirik janrlar

“Xazoyin ul-maoniy”ni tartib berishda umrning 4 faslga bo`lgan

Mug’bacha obrazining estetik mohiyati

“Badoye’ ul-bidoya”da “Ilk devon” haqida keltirilgan ma’lumotlar

Devonlari 8 ta bo`lib, ulardan biri muxlislari tomonidan tuzilgan

Navoiy g`azaliyotidagi rindona uslub

“Badoye’ ul-bidoya”dagi devon tartib berish tamo-yillarning mohiyati

Shoir tadrij uslubida g`zallar yozgan

Samoviy timsollarning ma’no-mohiyati

“Xazoyin ul-maoniy”da hamd g`azallar salmog`i-ning ancha ko`pligi

Grafik organayzerdan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi.


1. Talabalarning o`rganilishi rejalashtirilgan mavzu bo`yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi;
2. Talabalarning mavzu bo`yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo`lgan ehtiyojlari o`rganiladi;
3. Talabalar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.
BBB organayzerining shartlari “Alisher Navoiy liriakasi”ga bag`ishlangan ma’ruzaning tashkiliy qismida talabalar hukmiga havola etilib, o`qituvchi jamoa bilan ishlashni nazarda tutsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun har bir talabaga BBB organayzeri sxemasi o`qituvchi tomonidan tarqatiladi. O`qituvchi talabalarga mavzuga oid ma’ruza jarayonida aytilgan nazariy ma’lumotlardan o’zlariga tanish bo`lganini sxemaning birinchi ustunida ketma-ketlik asosida, shunday ma’lumotlardan bilishni xohlaganlarini ikkinchi hamda ma’ruza jarayonida bilib olganlarini uchinchi ustunda belgilangan tartib asosida yozib borishlarini so`raydi. Ayni choqda talabalar tomondan bildirilgan fikrlar o`rganilib chiqilishi hamda amaliy va seminar mashg`ulotlarida ularning asqotishi ta’kidlanadi.
Talabalar hukmiga havola etilgan sxema birinchi navbatda o`qituvchining ularga bo`lgan samimiy munosabatini, ularga bo`lgan hurmatini ifodalaydi. Ayni choqda bu sxema talabalarning mashg`ulotga bo`lgan munosabatlarini jiddiylashtiradi. Ular ma’ruza jarayonida sxemada ko`zda tutilgan bandlarni to`ldirish bilan asnosida mavzuga oid ko`plab ma’lumotlarni o`zlashtirishga muvaffaq bo`lishadi.
BBB organayzerini amaliy va seminar mashg`ulotlatda qo`llaganda guruhni kichik guruhlarga (deylik 25 ta lalabadan iborat guruhni 5 ta kichik gurugga) bo`lish bilan amalga oshirish mumkin. Bunda Alisher Navoiyning ruboiy, qit’a, tuyuq singari kichik she’riy janrlarda namunalar har bir kichik guruhga bittadan beriladi va uni g`oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish asnosida guruhlarning bilganlari, bilishni xohlaganlari va bilib olganlari qayd etib boriladi. Mashg`ulot yakunida o`qituvchi bildirilgan mulohazalarni umumlashtiradi. Bunda talaba o`qituvchidan va talabadan o`rganishi kuzatiladi.
Insert” grafik organayzeri ham talabalarning ma’ruza jarayonida mavzuni o`rganishda mas’uliyatli bo`lishlarida zamin hozirlaydi. Insert grafik oragayzer metodi yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Insert – samarali o`qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o`qib-o`rganishga ham yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan vazifa qilib beriladi. Talabalar berilgan vazifani o`qib chiqib, “V, +, - , ?” belgilari orqali o`z fikrlarini ifodalaydilar.
Matnni belgilash tizimi quyidagicha:
(V) – men bilgan narsani tasdiqlaydi;
(+) – yangi ma’lumot;
(-) – men bilgan narsaga zid;
(?) – Meni o`ylantirdi. Bu borada menga qo`shimcha ma’lumot zarur.
“Alisher Navoiy lirikasi” modelining ma’ruza mashg`ulotida darsning tashkiliy qismi o`tkazilgandan so`ng talabalarning har biriga quyida ko`rsatilgan tartibda jadval beriladi. O`qituvchi mashg`ulot yakunida unda namuna sifatida quyida ko`rsatilgan talabalarning o`tilgan mavzuga oid ularning munosabatlari ifodalangan jadvalga ega bo`ladi:

Tushunchalar

V

+

-

?

“Badoye’ ul-bidoya” devonida “Ilk devon” haqida muallif tomonidan keltirilgan ma’lumotlar




+







“Xazoyin ul-maoniy”da lirik turning 16 janriga oid nazm namunalarining mavjudligi

V










“Rindi Sheroz” ifodasi bilan Hofiz Sheroziyning nazarda tutilishi










?

“G`aroyib us-sig`ar”da “shabob”, “vasad”, “kibar” davrida yozilgan g`azllarning va boshqa janrda yozilgan she’rlarning kiritilganligi







-




Mashg`ulot oxirida talabalar tomonidan mana shunday tahliliy fikrlarning berilishi o`qituvchining bularga munosbatini bildirihiga bois bo`ladi, ayni choqda bu mulohazalar keyingi amaliy, seminar mashg`ulotlarini tashkil etish, ularning qiziqarli va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan mulohazalar ularning qiziqishlarini ham o`zida ifodalagan bo`lib, o`qituvchi mulohazalardan kelib chiqib, ularga shu modul bilan aloqador mustaqil ta’lim mavzu va topshiriqlarini tavsiya etishi mumkin bo`ladi.
Klaster” (g`uncha, to`plam, bog`lam) organayzeri puxta o`ylangan strategiya bo`lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda qo`llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g`oyalarni umumlashtirish, ular o`trasidagi aloqalarni toppish imkonini yaratadi.
Mazkur grafik organayzerdan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
- nimani o`ylagan bo`lsangiz uni qog`ozga yozing,Fikringizning sifati haqida o`ylab ham o`tirmang, shunchaki yozib boring!
- yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang;
- belgilangan vaqt nihoyasiga yetgunicha yozishdan to`xtamang! Agar ma’lum muddat o`ylay olmasangiz, uholda qog`ozga biror narsaning rasmini chizaboshlang! Bu harakatniyangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring!
- muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari suring,ular o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik, bog`liqlikni ko`rsating!
“Klaster” organayzeri keying davrlarda keying davrlarda ta’limda keng qo`llaniladigan interfaol metodlardan bo`lib, undan o`rinli foydalanish o`qituvchi va talaba hamkorligini, shuningdek, talaba va talaba hamkorlogini yaxshi yo`lga qo`yishga imkon yaratadi. Bu metod markazda turuvchi g`oya bilan bog`liq bo`lgan qator tushunchalarni o`zaro bog`lashni talab etadi. Bu esa talabadan fikrlashni o`zaro bog`liqliklarni aniqlashni talab etadi. U juda qisqa muddatda mantiqiy fikrlay boshlaydi. “Klaster” organayzeri metodining bu talablari “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`tish jarayonida unga o`rni bilan tez-tez murojaat etishga bois bo`ladi. O`ituvchi ushbu metoddan ma`ruzajarayonida foydalanishga harakat qilsa, unda guruh bilan birga ishlagani maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda o`qituvchi “Klaster” organayzeri metodining shartlari bilan talabalarni tanishtirganidan so`ng, ularni g`oya atrofida birlashuvchi tushunchalarni tez-tez aytishni talab qiladi va o`zi talabalar tomonidan aytilgan g`oya bilan bog`liq tushunchalar bog`liqligini ko`rsatgan holda yozuv taxtasiga yozib boradi. Buning uchun talabalarning o`rta va o`rta maxsus ta’lim muassasalarida mavzuga aloqador nazariy bilimlarni o`rganganliklari asqotadi.
“Klaster” organayzeri metodidan ma’ruza jarayonida foydalanishni quyidagi misol bilan dalillashga harakat qilamiz:
O`qituvchi: - Hurmatli talabalar! Siz maktab, kollej va litseyda o`qish jarayonida ulug`o`zbek shoiri Alisher Navoiyning lirik merosi bilan imkon qadar tanishishga muvaffaq bo`ldingiz. Salohiyatli ijoodkor lirik turning 16 janrida ijod qilganini bilasiz, albatta. Oralaringizda shoiqning qaysi 16 janrda ijod qilganini to`liq biladiganlar, bu haqda qisman ma’lumotga ega bo`lganlar bo`lishi tabiiy. Keling, hozir sizlar mana shu lirik janrlarning zudlik bilan menga aytishga kirishasiz, men esa yozuv taxtasida ularni ifodalab boraman.
Talabalar zudlik bilan “g`azal”, “ruboiy”, “qit’a”, “tuyuq” deya tushunchalarni sanay boshlaydi, ular orasida Alisher Navoiy ijodida uchramaydigan lirik tur janrlari hambo`lishi mumkin. Biroq o`qituvchi bu holatga e’tiroz bildirmay, ular aytgan janrlarni yozishda davom etadi. Natijada Navoiy tomonidan ijod etilgan lirik tur janrlari biz ko`zlaganchalik 16 ta yoki undan kam yoki ko`p bo`lishi mumkin. Agar ular soni 16 ta bo’lsa-yu, ammao talabalar tomonidan aytilgan “murabba’” janri ham yozuv taxtasida ifodasiini topgan bo’lib, bu janr Navoiy ijodida uchramasligi o`qituvchiga sezilib qolsa, unda u buni o`quvchilarga ma`lum qilishi va bu janr nomini yozuv taxtasidan o`chirib, yana ularni o`ylab ko`rishga da’vat etishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Agar talabalar aytgan janrlar 16 tadan ko`p bo`lsa, unda qaysi janrlarni chiqarish kerakligini talabalarga o`ylab ko`rishni tavsiya etish lozim. Ehtimolki, bu vazifa o`qituvchi ko`magida bajarilgach, yana Navoiy ijodiga mansub janrlar miqdori 16 tadan kamayib qolishi mumkin. Ana shunday vaziyatda o`qituvchi ko`magida bunga aniqlik kiritiladi. Natijada yozuv taxtasida quyidagi shakldagi klaster namunasi vujudga keladi:

O`qituvchi klasterning bunday namunasini slaytda tayyorlab kelib, talabalar bilan hamkorlikda u yozuv taxtasida ishlab bo`lingunga qadar ko`rsatilmay, bu ish nihoyasiga yetkazilgandan so`ng AKT vositasida namoyish etilsa, bu janrlar talabalar xotirasida uzoq saqlanshiga sababchi bo`ladi. Ayni choqda qo`yilgan muammoning yechimi tugatilmay, yechimga borishga nihoyatda yaqin qolingan-u, biroq ularning qiynalayotgani sezilib turganida yuqoridagi klaster organayzer namunasi AKT vositasida o`quvchilar ko`z o`ngida namoyish etilsa, uning ta’siri yanada salmoqliroq bo`ladi.


Yuqorida tuzilgan klaster organayzerini o`qituvchi to`g`ridan to`g`ri AKT vositasida talabalarga namoyish etish bilan ma’ruzasini olib borganda ham u bilim berish vositasi vazifasini o`taydi. Seminar mashg`ulotida esa bu usulni qo`llash talabalarni kichik guruhlarga bo`lish yoki juftliklar tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda ularning nazariy ma`lumotlarni qanchalik o`zlashtirgani tezda ayonlashib qoladi.
Bunday klaster organayzerini “Alisher Navoiy lirikasining manbalarini aniqlash”, “Navoiy lirik merosining shakllanishiga ulug` shoir o`zi e’tirof etgan ustozlar nomini aniqlash” singari qator masalalarga oydinlik kiritish maqsadida qo`llash o`zining samarali natijalarini beradi, deb o`ylaymiz.
Aqliy hujum” metodi. Bu metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo`llaniladigan metod bo`lib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, hamda o`z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma`lum ko`nikma va malakalarni hosil qilishga yo`naltirilgan. Bu metod vositasida orginal yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. «Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma`lum qadriyatlarni aniqlab, ayni vaqtda ularga muqobil bo`lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Bu metodda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1. Ishtirokchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir o`quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirib boriladi va fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bildirilgan fikrlarni rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tug’ilishiga olib keladi.
3. Har bir talaba o`zining shaxsiy fikr yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o`zgartirishi mumkin. Oldin bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o`zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
4. Mashg’ulot paytida talabalarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo`l qo`yilmaydi. Agar ularni fikrlari baholanib boriladigan bo`lsa, talabalar o`z diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatida ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Bu metodni qo`llashdan ko`zlangan asosiy maqsad o`quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini e`tibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Bu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:

“AQLIY HUJUM” METODI






Oquvchilarga o`zini erkin his etishi uchun sharoit yaratib borish




зларини

O`quvchilar tomonidan bildirilganhar qanday g`oya baholanmaydi баҳоланмайди




G`oyalarni yozib boorish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlar tayyorlab qo`yish






O`quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi


Muammoni aniqlash

G`oyalarning turlicha va ko`p miqdorda bo`lishiga e’tibor qaratish

Mashg`ulot paytida amal qilinishi lozim bo`lgan shartlarni belgilash






Qog`oz varaqlari g`oyalar bilan to`lgandan keyin ularni yozuv taxtasiga osib qo`yish

Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash

Bildirilgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish





Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yani fikrlar bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o`quvchilar tomonidan sodir etilishia erishiladi



Boshqalarning fikrlari ustidan kulish, kinoya-li shartlarning bildirilishiga yo`l qo`ymaslik





Yangi g`oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona, to`g`ri yechimi-ni e’lon qilishga shoshilmaslik shoshilmaslikмаслик

“Aqliy hujum ” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt bo`yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va kostruktiv ishlab chiqish) ajratishdan iborat.


Dars jarayonida «Aqliy hujum” dan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. «Aqliy hujum”ni uyushtirish birmuncha sodda bo`lib, undan ta`lim mazmunini o`zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishda ham juda qo`l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo`yiladi. Bu muammo yechimi to`g’risida barcha igtirokchilar o`z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o`zga kishi g’oyalariga “xujum”qilishi yoki boholashga haqqi yo`q. Demak, «Aqliy hujum” yo`li bilan qisqa daqiqalarda o`nlab g’oyalarni yuzaga chiqarish imkoniyatlari mavjud bo`ladi. Aslini olganda g’oyalar sonini qo`lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo`ladi, xolos. Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta`sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo`lishi kerak. Bildirilgan g’oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.
Shunday qilib, “aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:
- olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
- ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g’oyalar qancha ko`p bo`lsa shuncha yaxshi;
- istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;
- muammo yechimidan uzoq g’oyalar ham qo`llab-quvvatlanadi;
- barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi (farazlari) qayd etish yo`li bilan yozib olinadi;
- “hujum”ni o`tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
- beriladigan savollarga qisqacha ( asoslanmagan) javoblar berish ko`zda tutilishi kerak.
“Aqliy hujum” metodi qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko`rish chegarasini kengaytirishga, fikrlar bir xilliligini yo`qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o`tiladi va guruh yanada jipslashadi.
Qo`llanish maqsadiga ko`ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o`qitish jarayonida (o`quv materiallarini tezkor o`zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o`z-o`zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.
“Aqliy hujum” metodining qo`llanish usuli quyidagicha: Bu metod ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlariga imkon yaratadi. Aytilgan fikrlar yozib borildi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
“Aqliy hujum” amerikacha ta’lim metodi bo`lib, yuqorida uning mohiyatini imkon qadar yoritishga harakat qildik. Yana bir mulohazamiz, inkor va ta`kid xususida. Aslini olganda, bu metod bizga unchalik begona emas. Hali Amerika kashf etilmagan bir davrda o`z aql mash`alasi bilan dunyoni yoritgan qomusiy olimlarimizni (Ahmad al Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa) olasizmi, yoki yetti iqlimni zabt etgan shoh-u sultonlarimizni olasizmi, ular o`z muammolarini yechishda ana shu metoddan keng foydalanishgan. Bobokalonlarimiz bu metodni boshqacha nomlashgan, ya`ni: “kengash”, “mashvarat”, “maslahat” deb atashgan. Misol uchun, Sohibqiron Amir Temur salatanat oldida turgan muammolarni yechishda mashvarat chaqirib barcha saroy ahlining, vazir-u ulamolarning, farzandlarining fikrlarini diqqat bilan eshitgan va ular asosida yagona hukm chiqargan. Bu holatlar ko`proq harbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratlarda namoyon bo`ladi. “Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo`lsam, urush-yarashdan o`rtaga so`z tashlab, amirlarimning bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so`z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko`rardim, agar urushga moyil bo`lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko`rardim, qaysi biri foydaliroq bo`lsa, shuni ixtiyor qilardim”, - deb yozadi Sohibqiron Amir Temur “Temur tuzuklari”da.
Yana bir mulohazani aytish bilan bu metoddan ulug` bobokalonlarimiz unumli foydalanganlarini dalillamoqchimiz. Badiiy adabiyotning sehri, uning zohiriy va botiniy ma’nolarini teran o`rganishga intilgan ajdodlarimiz hofizxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, bedilxonlik singari tadbirlarni tez-tez uyushtirib turishgan. Bunday kechalarda bir bayt yuzasidan nihoyatda xilma-xil fikrlar bayon etilgan. Biz talabalarimizda mana shunday ko`nikmani shakllantirsak, ularning mumtoz matn bilan ishlash kompitentligi oshadi. Bunday tajribani adabiyot o`qituvchilari orasida o`tkazish ham foydadan xoli emas. Shu mantiqdan kelib chiqadigan bo`lsak, universal metod sanalgan “Aqliy hujum” metodidan “Alisher Navoiy lirikasi” modulini o`tishda amaliy mashg`ulotlar davomida unumli foydalanish mumkin. Buning uchun o`qituvchitalabalarning fikrlashiga mos baytlarni topib, ular asosida “hujum” savolini ishlab chiqishi talab etiladi. Ulug`shoir baytlarini tahlil etish jarayonida “Aqliy hujum” metodidan quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiqdir:
O`qituvchi quyidagi fikrlarni aytib, talabalarni “Aqliy hujum” metodining shartlari bilan ularni tanishtiradi.
- Hurmatli talabalar! Alisher Navoiy g`azaliyotining yetakchi mavzusi ishq-muhabbat ekanligidan xabaringiz bor. Ulug` shoir ayni mavzuga murojaat etganida insonning ma’naviy kamoloti xususidagi o`zining muhim ijtimoiy-siyosiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy qarashlarini ham katta san’atkorlik mahorati bilan badiiylashtiradi. Ularda ilgari surilgan g`oyani teran anglash va shoirning san’atkorlik mahoratidan xabardor bo’lish she’rdan o`zgacha zavq olishga zamin hozirlaydi. Sizda na shunday ko`nikmani shakllantirish maqsadida hozirgi o`zbek adabiy tili nuqtayi nazaridan qaraganda tarkibida Siz uchun tushunarsiz so`zlari mavjud bo`lmagan bir baytga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana o`sha bayt:



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling