Lolagun bo`lmish surarda qatlima dildor tiyg’,
Yo balo tog’idin etmish lolazor izhor tiyg’.
Gul tani yuz chok o`lub bukim bo`yalmish qon aro,
Tegdi g’amzang xaylidin go`yo anga bisyor tiyg’.
Tiyg’ tortib yetkaz-o`q qildim fidosi jonikim,
Bo`lmag’ay ozurda qotil, ko`rmagay ozor tiyg’.
Jism paykoning bila to`ldi-yu jondur g’amdakim,
Aylasang qatlimg’a rag’bat bo`lmag’ay nokor tiyg’.
Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur,
Ya’ni ul sahro giyohi bor emish xunbor tiyg’.
Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu,
Yuzdin ol burqa’ni, qindin chekmagil zinhor tiyg’.
Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim,
Cheksa olamni olur shohi falak miqdor tiyg’. (3. 246-247)
Yetti baytdan tarkib topuvchi g’azalda «tiyg’» (qilich) radif bo`lib kelgan. «Dildor», «izhor», «bisyor», «ozor», «nokor», «xunbor», «zinhor», «miqdor» esa g’azalning qofiyadosh so`zlaridir. Radif va qofidosh so`zlar o`rtasida zich mantiqiy aloqadorlik mavjud. Shoir mustaqil baytlardan tuzilgan g’azallar «beradigan» imkoniyatdan mahorat bilan foydalangan. Mazkur g’azal g’oyavty yo`nalishiga ko`ra oshiqona. Boshdan aytib qo`yaylik, g’azaldagi ishq talqinida omextalik balandroq. Ba’zan majoziylik, gohida haqiqiy – ilohiylik ustun keladi. Satrlarda mantiq va manzaralarga murojaat nuqtayi nazaridan tez-tez yer-u samo bog’lanib turadi. Bunday jarayon tasvirlanayotgan voqealarning holati ruhiyasidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Shunday gapni misralarda ifodalangan ranglar jilosi tanosubi xususida ham aytish joizdir. Mazmun rishtasining bir uchi «lolagul va «lolazor»dan boshlanadi. Shunday misralarda lola tusi qizil rang va qon o`rin almashtirib turadi. Tazod san’ati she’r voqealari ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. She’rning tayanch qahramoni – oshiq. Barcha «sarguzashtlar» uning tilidan hikoya qilinadi. Matladayoq mubolag’a san’ati ishga solingan. Tiyg’ damidagi qon yuqi lola rangida. Uni oshiqning qon yoshlari bo`yagan. Oshiq talqinidagi manzara sal boshqacha tus oladi. Go`yo ma’shuqa oshiqni o`ldirmoq uchun tiyg’ ko`targan va qilich uning badaniga tegib ketishidan jarohat hosil bo`lib, dam (qilich) qonga bo`yalgan. Oshiq gumonlarini davom etadi: Yo`q, ko`p tiyg’lar ishga tushgan, balo tog’day yuksalgan va balanddan oqqan qon yer yuzini qoplaganki, u lolazorni eslatadi...Shu tariqa «ishq dashti» manzaralari xususiylikdan (juz’iydan) umumiylikka (kullga) o`sib boradi, yer-u osmonni bir-biriga ulaydi... xotimada kichik bir ishora bilan she’riyat va jamiyatdagi ko`rinishlar qiyoslanadi. Nazm dunyosida tiyg’ vazifasini til va tafakkur ado etadi. Ana o`sha bir-biriga uzviy aloqador omillar oqilona ishga solinsa olam guliston, kishvar sizning tasarrufingizda... Shohning yo`rig’i boshqacha, u kishvarni olish uchun son-sanoqsiz tiyg’larni ishga solishi muqarrar... Albatta, biz ayrimlarini bayon qilganimiz talqinlar she’riy qatorlarning zohiriy ma’nolari xols. Tabiiyki, har bir so`z, ishora, majoz-u tashbeh o`z tag ma’nolariga ega. Ularni uzoq sharhlashdan tiyilgani holda, aniq muddaoni dadil aytish mumkin. Til ham tiyg’, uning vazifasini «so`z lashkari» qonsiz uddalay oladi. Aql-u farosat ishga tushsa, olam tabiiy lolazor tusiga kirgusidir...
5-ilova
6-ilova
Alisher Navoiyning o`zi ham shu janrda yozilgan she’rlarining mavzular olamining kengligini quyidagicha e’tirof etadi:
Bu qit’a o`z qit’alari ta’rifidadurkim, bu ham alardin birdur va ta’rif bunga ham sodiq kelur
Do'stlaringiz bilan baham: |