Magarkim o`zga do`zax, o`zga o`t, o`zga azob bo`lg’ay.
(5. 504-506)
Xuddi shunday qismatdan shikoyat g’oyalari bilan sug’orilgan ruboiylarni Alisher Navoiy she’riyatida na juda ko`plab uchratish mumkin:
Ollimda tabibi chorasozim ham yo`q,
Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo`q.
Tegramda anisi jongudozim ham yo`q,
Boshimda shahi bandanavozim ham yo`q. (3. 577)
Mazkur she’rda shoir o`zining tanholigini nafaqat mahbuba bilan bog’liq holda tasvirlaydi, balki u qismatidagi bu holatni ifodalash uchun «tabibi chorasoz» - she’r qahramonini shunday holatdan xalos etuvchi, dardiga davo topuvchi tabibning, «rafiqi dilnavoz» - kerakli paytda jonini qiynovchi, unga ozor beruvchi yaqin kishining hamda «shohi bandanavoz» boshini silovchi, bechoraparvar shohning mavjud emasligidan shikoyat qiladi. Tabiiyki, aytilgan sifatlar ma’lum ma’noda ma’shuqaning fazilatlariga ham tegishlidir. Biroq asarda ifodalangan shoir holatidagi yakkalikning sabablaridan yana biri mavjud hayotiy voqelikdir. Ko`rinadiki, shoir o`z hasbi holi bilan aloqador fikrlarni zamon va ahli zamon bilan bog’liq tarzda tasvirlaydi. Bu tabiiy hol, chunki she’r qahramoni ham o`sha mavjud ijtimoiy hayot bilan birga nafas oladi, birga o`sha ijtimoiy-maishiy muhitda shaydi. Ruboiyning o`ziga xos ohangdorligi uning tarse’ badiiy san’atiga asoslanganligida namoyon bo`ladi. Asarning har bir misrasi boshidagi ilk so`zlari «ollimda», «yonimda», «tegramda», «boshimda» bo`g’in jihatidan teng bo`lib, o`zaro qofiyadoshlik hosil qilgan. Xuddi shunday holatni muayyan tartib asosida satrlarda joylashgan keyingi so`zlarda ham mavjudligini kuzatish mumkin. e’tibor qilinsa, birinchi misradagi so`zlar miqdori bilan keyingi qatordagi so`zlar miqdori ham o`sha tartibga (bo`g’inlar tengligi va qofidoshlik) qat’iy amal qilgani bois teng bo`lib qolgan. Natijada «ipga marjon tizmoq» ma’nosini anglatuvchi tarse’ badiiy san’ati vujudga kelib, ruboiyning o`ziga xos ohangdorlik kasb etishini ta’min etgan.
7-ilova
Shoirning «Bormag’in» tajnisli so`zlarining qofiyalanishidan hosil bo`lgan tuyug’ining ijod etilishida oshiq va ma’shuqaning o`zaro munosabatlari, mahbubaning o`jar-u qaysarligi mavzu sifatida tanlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |