Alisher Navoiy lirikasi modulini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija


Necha dedim ul sanamg’a bormag’in


Download 0.55 Mb.
bet16/17
Sana26.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1688172
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Alisher navoiy hayoti va ijodini otish

Necha dedim ul sanamg’a bormag’in,
Qilmadi ul tark oxir bormog’in.
Munchalik xudrrylik ko`rgazdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab barmog’in. ( 5. 519)
Tuyuqning ilk bayti she’r qahramoni va uning sevgilisi orasidagi o`zaro bahslashuv, kelishmovchilikka o`xshash bir mayl tasviri asosida qurilgan. Unda oshiqning maslahat-u fikrlariga qaysarlik bilan munosabatda bo`luvchi ma’shuqa sarkashlik xususiyatlari badiiy tajassumini topgan. Dastlabki misra ishqda sobir, sadoqatli oshiqning o`tinch-u pandlari ifodasidan iborat: «Necha dedim ul sanamg’a bormag’in». She’rxonda haqli bir savol paydo bo`ladi: Ma’shuqa qayerga bormoqchi-yu, rashk olovida yongan oshiq uni o`sha yo`ldan to`xtatmoqchi? Misra tajohuli orif san’ati asosida qurilgan. Go`yo ma’shuqa ag’yorga peshvoz chiqmoqchi, biroq uning bunday niyati, tabiiyki, oshiqqa ma’qul emas va shu bois u yuragini qon qilib, sevgilisini o`sha harakatdan qaytarishga urinib ko`radi. Biroq ma’shuqa uning pandlarini nazarga ilmaydi, oshiqning mahbubasi o`jarligidan shikoyati keyingi misrada oshkora aytiladi: «Qilmadi ul tark oxir bomag’in». Tuyuqning keyingi baytida aql timsolidan juda o`rinli istifoda etilganligiga guvoh bo`lamiz. Seviklining bunchalik o`jarlik qilganini ko`rgan «aql hayratdan barmog’ini tishlaydi.» So`nggi misradagi qofiyadosh so`z «barmog’ini» ma’nosini ifodalab kelgan. Ayni paytda ushbu satrdagi «barmog’ini tishlab» iborasi kuchli hayratlanish ma’nosini anglatadi. Ayni qayroqi iboraning aql bilan yonma-yon tutilishi va aql timsolining jonlantirish badiiy tasviriy vositasini hosil qilishi misralarda go`zal manzaralarning gavdalanishi uchun zamin hozirlagan. Yuqorida zikri o`tgan adabiy san’atlar qatoriga iyhomning qo`shilishi she’r nazokatini shoyon qilish va muallif yuksak mahoratini ko`rsatishga xizmat qilgan. Shunday qilib, ulug’ shoir tuyuq ijod etishda faqatgina tajnisli so`zlarning turli ma’no qirralaridan foydalanibgina qolmay, bunday janrdagi asarlarida nihoyatda topqirlik bilan qo`llangan tamsil-u iboralarning mazmun-mohiyatiga tayanib, mazkur adabiy shaklning mumtoz namunalarini ijod etdi, desa mubolag’a bo`lmaydi.
Xulosa
Ta’im jarayonida keng qo’llanilib, o`zining samaradorligi bilan muhim ahamiyat kasb etuvchi interfaol metodlardan Alisher Navoiy hayoti va ijodini o`tishda ham o`rinli foydalanish mashg`ulotlarning talabalar xotirasida uzoq vaqt muhrlanib qolishiga omil bo`ladi. Bunday metodlarning puxta o`ylab o`rnida qo`llanilishi o`qituvchi va talabalar hamkorligini davomli yo`lga qo`yilishini ta’minlaydi. Ayni choqda bu hamkorlik o`qituvchi va talabalar o`rtasida samimiy munosabatlarni ham shakllantiradi. Shuningdek, o`qituvchining ijodkorligi bilan to`g`ri qo`llangan interfaol metodlar talabalarni bir xil davom etadigan zerikarli muhitdan qutqarib, ularni mavzuga oid nazariy ma’lumotlarni o`rganishning ishtirokchisiga aylantiradi. Buning uchun o`qituvchi talabalarning o`rta va o`rta maxsus ta’lim muassasalarida o`tilayotgan mavzuga oid qanchalik nazariy ma’lumotlarga ega ekanligini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’ruza mashg’ulotlarida o`qituvchi ko`proq guruh bilan birga ishlashini inobatga olsak, “BBB” grafik organayzeri yoki “Insert” grafik organayzeri bilan ma’ruzadan kelib chiqib ishlashni tavsiya etishning o`ziyoq ularni mavzuga bo`lgan iliq munosabatlarini hosil qiladi. Negaki, bu metodlar talaba shaxsining hurmat qilinishini sezdirib turadi. Xuddi shunday “Navoiy lirik merosining manbalari”, “Xazoyin ul-maoniy”dagi lirik janrlar bilan bog’liq “Klaster” organayzerini hosil qilish bilan bog`liq topshiriqlar guruh bo`lib ishlash nuqtayi nazaridan ham, kichik guruh yoki juftliklarga bo’linib ishlash nuqtayi nazaridan ham ahamiyatlidir.
Modul bilan aloqador nazariy ma’lumotlarni o`rganishda “Nilifar guli” organayzeri, “Venn” diagrammasi ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. “Nilufar guli”ning asos qismiga bog’lanib turgan 9 “gulbarg”i shu son va undan ikki-uchta kata bo’lgan sonlar bilan aloqador nazariy ma’lumotlarni mantiqqa tayanib, eslashga sababchi bo’ladi. Shuningdek, Navoiy ijodidagi ma’rifiy timsollar tizmasini teran o`rganishga olib boruvchi muhim metod sanaladi. “Venn diagrammasi” esa lirik tur janrlarini qiyoslash imkonini hosil qiladi.
Bunday metodlardan o`rinli foydalanish samaradorlikning asosi sanaladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling