Alisher Navoiy nmkidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 3-bosqich talabasi Sabina Abduhakimovaning “Chet tillarini o’qitishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi maqolasiga


Download 14.6 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi14.6 Kb.
#1286598
Bog'liq
Taqriz. Xolida


Alisher Navoiy nmkidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 3-bosqich talabasi Sabina Abduhakimovaning “Chet tillarini o’qitishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi maqolasiga
TAQRIZ
Har bir soha vakilining chet tilini bilishi bugungi globallashuv jarayonining talabi hisoblanadi. Shu boisdan chet tilini o’rganish va o’rgatish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, chet tillarini o’qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish ushbu jarayonning qulay va samarali bo’lishiga yordamlashadi.
Ushbu maqola kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar kabi ichki tuzilishga ega. Maqolaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi yoritilgan.
Maqolaning asosiy qismida chet tillarini o’rganish bugungi kunda qanchalik ahamiyat kasb etishi, chet tilini o’rganishda qanday omillarga e’tibor berish kerakligi, ushbu jarayonda qaysi metodlardan foydalanish kutilgan natijani berishi borasida fikr bildirilgan. Chet tilini ona tilidagi bilimlar asosida o’rganish, bunda talaffuzga alohida ahamiyat berilishi va mexanik mashqlardan ko’ra ko’proq nutqiy mashqlarga murojaat etilishi jarayondagi eng muhim masalalar sanaladi. Chet tilini o’qitishda o’quvchilar salohiyati va yoshidan kelib chiqqan holda bosqichlarga bo’lish muammoni hal etishning bir usulidir. Bundan tashqari, maqolada chet tilini o’rganishdagi to’rtta aspekt haqida gapirilib, har birining kundalik hayotimizdagi ahamiyati ochib berilgan.
Xulosa qismida fikrlarni umumiylashtirgan holda chet tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish kutilgan natija berishi haqida aytib o’tiladi. Ta’lim jarayonida chet tilini o’qitishda o’qituvchilar bilan bir qatorda o’quvchilarga ham mas’uliyat yuklanadi. Ulardan o’z vazifasi borasida mas’uliyatli va bilimli bo’lishlari talab etiladi.
Maqola muallifining yutuqlari o’laroq mavzuni keng ko’lamda yoritganligini keltirish mumkin. Shu bilan birgalikda, muallifning ko’plab olimlar ishlari bilan tanishib chiqqani ham ko’zga tashlanadi.
Maqola bir qancha kamchiliklardan xoli emas. Xususan, ko’plab imloviy va punktuatsion xatoliklarga yo’l qo’yilgan va, hatto, ba’zi o’rinlarda uslubiy xatoliklar ham nazardan chetda qolmaydi. Bundan tashqari, muallif o’z fikridan ko’ra ko’proq olimlar fikriga urg’u bergan, foydalanilgan adabiyotlar qismi ham noto’g’ri shakllantirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, Sabina Abduhakimovaning “Chet tillarini o’qitishda innovatsion yondashuv” nomli maqolasini muallifning ilmiy ishlari ichidagi dastlabki qadam sifatida qabul qilishimiz to’g’ri bo’ladi va men ushbu maqolani qoniqarli baholayman.


Taqrizchi 305-guruh talabasi Kushaliyeva Xolida
Download 14.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling