Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyotini o’qitish universiteti


Download 1.11 Mb.
bet2/7
Sana16.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1095159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-sinf o\'quvchilari uchun dunyo tillari haqida ma\'lumot

Alifboning shakllanishi

  • XX asrgacha musulmon Sharq xalqlarining deyarli barchasi arab yozuvidan foydalanib keldi va ushbu asrning boshiga kelib xoh Rossiyada, xoh undan tashqarida bo'lsin, musulmonlarning ilmiy-texnologik taraqqiyotda orqada qolishini bartaraf etish uchun bu yozuvni boshqa tipdagi yozuvlar bilan almashtirish zarurligi g'oyasi faol tashviq etildi. Asta-sekin bu g'oya amaliy harakatga aylandi. Shu munosabat bilan quyidagi savollarni qo'yish hamda unga javob izlash maqsadga muvofiqdir. Shu paytgacha o'z yozuvlarini bir marta (masalan, Turkiya) va bir necha marta ( Vetnam, Mongoliya) o'zgartirgan mamlakatlar yozuv islohotiga kirisishganlarida nimani maqsad qilib qo'yishgan edi va bu maqsadlarga erishildimi, ana shu masalalarga e'tibor qaratish lozim. Turkiyada XX asrning birinci yarmida boshlangan til-yozuv-imlo islohotlaridan (yozuv islohoti, 1928-yil, til islohotining boshlanishi, 1932-yil) kutilgan pirovard maqsad – mamlakatning G'arb siyosiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy taraqqiyot modellarini tezroq o'zlashtirish edi. Turk yozuv islohotining tashabbuskori Mustafo Kamol (Atatürk, Mustafa Kemal) Usmonli saltanatining birinchi jahon urushi yillaridagi muvaffaqiyatsizligining sof harbiy sabablaridan biri bu mamlakat qo'shinlarida G'arb armiyalaridagi kabi axborot va buyruqlarni tez, yashirin yetkazuvchi tizimning (telex, teletayp) mavjud emasligida hamda bu yetishmovchilikning kaliti amaldagi arab alifbosida deb deb hisoblagan.

Fonografik yozuv insoniyatning yozish madaniyatida erishgan yutuqlarining barchasini o'zida jamlaydi va ushu grafik sistemaning mohiyatida til tovushlarini maksimum ifodalashga intilish yotadi. Bu yozuv o'rganish va o'rgatishga qulayligi, asosiy nashriyot, axborot va informatsion texnologiyalari shu yozuv tipini qo'llovchi (ishlatuvchi) tillar vositasida yaratilgani tufayli bugungi kunda xalqaro jamoatchilik tarafidan "eng qulay" yozuv turi sifatida qabul qilinadi. Bu psixologik taassurot, albatta bu yozuvlar tizimida ham juda eski ildizlarga ega muammolar borligini inkor etmaydi.

  • Fonografik yozuv insoniyatning yozish madaniyatida erishgan yutuqlarining barchasini o'zida jamlaydi va ushu grafik sistemaning mohiyatida til tovushlarini maksimum ifodalashga intilish yotadi. Bu yozuv o'rganish va o'rgatishga qulayligi, asosiy nashriyot, axborot va informatsion texnologiyalari shu yozuv tipini qo'llovchi (ishlatuvchi) tillar vositasida yaratilgani tufayli bugungi kunda xalqaro jamoatchilik tarafidan "eng qulay" yozuv turi sifatida qabul qilinadi. Bu psixologik taassurot, albatta bu yozuvlar tizimida ham juda eski ildizlarga ega muammolar borligini inkor etmaydi.
  • Jumladan, fonografik yozuv juda konservativdir. Ma'lum bir davrda so'zning fonetik "qiyofasiga" qarab shaklga solingan grafik so'zshakl bu so'zning talaffuzi mutlaqo o'zgarganda ham eskisidagiday saqlanib qolaverishi kabi hollarning mavjudligi masalasini ko'rib o'taylik. Ingliz tilidagi "daughter" (qiz) so'zining o'rta asrlardagi talaffuzi "dauhtar" bo'lgani uchun u o'sh zamonda yuqoridagi shaklda grafik ifodalangandi, bugungi kunda bu so'z "do:te" sifatida talaffuz qilinadi, ammo so'zning grafik ifodasi o'zgarmadi. Tildagi tovushlar tizimi abadiy, o'zgarmas emas. Til tovushlari ham paydo bo'ladi, yashaydi va "o'ladi" – iste'moldan chiqib ketadi, yozuv bu hodisalarni kamdan-kam hollarda inobatga oladi, unda sobitlik tamoyili ustundir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling