Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyotini o’qitish universiteti


Dunyodagi yo’qolib ketayotgan tillar


Download 1.11 Mb.
bet5/7
Sana16.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1095159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-sinf o\'quvchilari uchun dunyo tillari haqida ma\'lumot

Dunyodagi yo’qolib ketayotgan tillar

  • Jahonda keng iste’moldan chiqib ketgan hamda butunlay yo‘qolib ketgan tillar benihoya ko‘p. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar ya’ni, yozma nutqqa ega bo‘lgan «o‘lik» tillar hamda faqat og‘zaki shakli bor «o‘lik» tillar. Og‘zaki nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i deyarli yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, biroq hozir amalda mavjud bo‘lmagan qadimiy tillar ham talaygina. Tilshunoslik fanida bu kabi tillarni «o‘lik tillar» deb ataydilar.
  • O’lik tillarning eng buyuklaridan ikkitasi fan olamida juda mashhur hisoblanadi. Ulardan biri Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari keng qo’llaydigan lotin tili hisoblanadi.
  • O’lik tillar ro‘yxatiga qadimiy xitoy va ingliz tillarini kiritsa ham hech xato bo‘lmaydi. Chunki zamonamiz kishilari ana shu ikki tilda bitilgan tarixiy asarlarda muhrlanib qolgan mumtoz so‘zlarni tushunishlari amrimaxoldir. Ko‘hna xitoy tilidagi manbalarni tushunmaslik o‘z-o‘zidan ma’lumki, ular eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biroq XVI asrning oxirlari XVII asrning o‘rtalaridagina yashab o‘tgan buyuk ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tilini bugungi kun inglizlari asl manbadan o‘qib mutlaqo tushunmasliklari ilmiy isbotlangan voqeadir.

TAMOYILLAR

  • Hozirda amalda bo'lgan hamda o'zi ifodalagan til bilan birgalikda o'lik yozuvga aylangan yozuvlarni qo'shib hisoblaganda insoniyat uchta yozuv tipidan foydalanib kelmoqda. Ular:
  • 1. logografiya (ideografiya, piktografiya): tamoyil - "rasmda, belgida so'zni, fikrni ifodalash";
  • 2. sillabografiya (bo'g'inli yozuv): tamoyil – "harfda bo'g'inni ifodalash";
  • 3. Fonografiya (tovush-harfli yozuv): tamoyil: - "harfda tovushni ifodalash".
  • Logografik yozuvda bir rasm (belgi)ning bir so'z (logos, fikr)ga teng bo'lishi bu yozuvni xalq orasida keng ommalashuvini qiyinlashtiradi, mazkur yozuv tipida faqat keng ommaga yaqindan tanish bo'lgan tushunchalar ifodalanishi mumkin. Jumladan, Qadimgi Misrda ushbu yozuvda xalq uchun tanish lavhalar (aytaylik yaqinda o'lgan fir'avnning hayoti tarixi) bitilgan. Bugungi elektron aloqa va informatsion tizimlar mazkur yozuvlarning ushbu ijobiy va salbiy taraflarini birdek ifodalagan holda mazkur grafik tizimlarini global informatsiya tarmog'iga olib kirdi hamda jahon internet tarmog’ida ularning nufuzi yildan-yilga oshib bormoqda.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling