Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/118
Sana26.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1725151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
adabiyotshunoslik nazariyasi

MavzuAdabiyotshunoslik - fan 
Reja: 
1. Fan, san’at, adabiyot
2. Adabiyot – so’z san’ati 
3. Adabiyot “Insonshunoslik”dir, ruhshunoslikdir 
4. Adabiyot - tuyg’ular tarbiyachisi 
Inson o’z hayoti davomida hayotni-tabiat, jamiyat, insonni bilishga intiladi, ularning mohiyati, 
qonuniyatlari va xususiyatlarini tadqiq qiladi. Ayni paytda inson dunyoni va o’zini bilish bilan 
cheklanmaydi, balki to’plagan bilimlariga suyanib u jamiyatni, o’zining ruhiy-ma’naviy dunyosini 
boyitib, o’zgartirib boradi. Ong-borliqning inson miyasidagi oliy in’ikos (aks etish) shakli ekan, u 
ijtimoiylik kasb etadi. Inson ongi (ruhiy va aqliy qobiliyati) jamiyatdagi hayoti davomida tarkib topadi, 
ijtimoiy muhit ta’sirida reallashadi, faollashadi, ijod qiladi. 
Ijtimoiy ong shakllari (siyosat, huquq, ahloq, din, fan, san’at, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va 
h.)ning barchasi-hayotni o’rganadi, biroq har biri o’ziga xos predmetiga asosan ob’ektiv borliqni 
in’ikos etadi, o’rganadi va o’rgatadi. 
Jumladan, ilmiy ijod-insonning tabiat, jamiyat va o’z tafakkurida amal qiladigan qonun va 
qonuniyatlarni kashf etish, bilish va o’rganish bilan shug’ullansa, badiiy ijod-tabiat, jamiyat va 
insonning nafosat qonunlari va tamoyillari asosida badiiy ifodalash sirlarini ochadi. Boshqacha aytsak, 
ilmiy tafakkur barcha fanlarni, badiiy tafakkur san’at va uning shakllarini o’zida birlashtiradi. Ikkalasi 
ham real borliq (hayot)ni, bizdan tashqaridagi olamni o’rganadi. Biri-hayot (tabiat, jamiyat, inson 
tafakkuri)ning ob’ektiv qonunlarini ochish, tushuntirish bilan shug’ullansa, ikkinchisi-hayot(tabiat, 
jamiyat, inson)ning badiiy (obrazli) kashfini tahlil va tadqiq qiladi. Ilmiy tafakkur borliqni ilmiy 
tushunchalar, g’oyalar, kategoriyalar, prinsiplar, muammolar, gipotezalar, hukmlar, xulosalar, 
nazariyalar, qonunlarda ifodalasa, badiiy tafakkur borliqni obrazlarda aks ettiradi. Ha, shuning uchun 
ham, “Agar fanlar va san’atlar bo’lmaganda, inson va inson hayoti ham bo’lmasdi” (L.N.Tolstoy). 
“Filosof sillogizmlar orqali fikr yuritsa, shoir-obrazlar va kartinalar vositasida gapiradi va 
ularning ikkalasi ham ayni bir narsani aytadi. Siyosiy iqtisodchi statistik raqamlar bilan qurollanib, o’z 
o’quvchi yoxud tinglovchilarining zehniga ta’sir etib, jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon 
sabablarga ko’ra ko’p yaxshilangani yoxud ko’p yomonlashganini isbotlaydi. Shoir voqyelikning jonli 
va yorqin tasviri bilan qurollanib, o’z o’quvchilarining fantaziyasiga ta’sir etib jamiyatdagi falon 
sinfning ahvoli falon-falon sabablarga binoan haqiqatdan ham ko’p yaxshilangani yoxud 
yomonlashganini haqiqiy kartinalarda ko’rsatadi. Biri isbotlaydi, ikkinchisi ko’rsatadi-ikkalasi ham 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling